{"id":7577,"date":"2025-06-18T07:05:55","date_gmt":"2025-06-18T07:05:55","guid":{"rendered":"https:\/\/pivot.uz\/?p=7577"},"modified":"2025-06-18T07:06:01","modified_gmt":"2025-06-18T07:06:01","slug":"mijozlarning-fikr-mulohazalari-qanday-qilib-sizning-osish-manbaingizga-aylanishi-mumkin","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/mijozlarning-fikr-mulohazalari-qanday-qilib-sizning-osish-manbaingizga-aylanishi-mumkin\/","title":{"rendered":"Mijozlarning fikr-mulohazalari qanday qilib sizning o\u2018sish manbaingizga aylanishi mumkin"},"content":{"rendered":"\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Bugungi raqamli iqtisodiyotda mijozlar shunchaki xaridorlar emas \u2013 ular sizning brendingiz hammualliflari hisoblanadi. Cheksiz tanlovlar birgina bosish narida turgan paytda, mijoz ovozini tinglaydigan va unga faol javob qaytaradigan kompaniyalar raqobatda oldinga chiqmoqda.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">So\u2018nggi tadqiqotlar shuni ko\u2018rsatadiki, iste\u2019molchilarning 70 foizi aynan o\u2018z fikri asosida takomillashgan mahsulotlarni tanlaydi. 67 foizi esa qarashlarini qadrlaydigan kompaniyalarga sodiqligini oshiradi. Ammo mijoz fikrlarini haqiqiy strategiyaga aylantirish uchun oddiy taklif qutisidan ko\u2018prog\u2018i kerak. Mana, qanday qilib startaplar va rivojlanayotgan brendlar o\u2018zaro aloqani haqiqiy impulsga aylantirishi mumkin.<\/p>\n\n\n\n<h5 class=\"wp-block-heading\"><strong>Tahlillarni maxsus takliflarga aylantiring <\/strong><strong><\/strong><\/h5>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Fikr-mulohazalar \u2014 faqat \u201cyoqdi\u201d yoki \u201cyoqmadi\u201d degan fikrlargina emas. Ular mijozning xarid odatlari, yechimsiz ehtiyojlari va xatti-harakat tendensiyalarini ham ochib beradi. Amazon bu borada ilg\u2018or tajribaga ega: ular foydalanuvchi izohlarini tahlil qilib, xaridorlarni segmentlarga ajratadi va ularga mos mahsulot tavsiyalari hamda reklamalarni taklif qiladi. Natija \u2014 shaxsiylashtirilgan tajriba va milliardlab qo\u2018shimcha daromad.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Startaplar ham xuddi shunday yo\u2018l tutishi mumkin. Xariddan keyingi so\u2018rovnomalar va CRM vositalaridan foydalanib, foydalanuvchi xatti-harakatlarini kuzating. Olingan ma\u2019lumotlarga asoslanib, guruhlarga yo\u2018naltirilgan marketing kampaniyalari, individual takliflar yoki maqsadli monitoringlarni ishga tushiring. Hatto mijozlarning javoblariga asoslangan oddiy A\/B sinovlari ham konversiyani sezilarli darajada oshirishi mumkin.<\/p>\n\n\n\n<h5 class=\"wp-block-heading\"><strong>Foydalanuvchi tajribasini yaxshilash uchun fikr-mulohazadan foydalaning<\/strong><strong><\/strong><\/h5>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Mijozlarning yarmi salbiy raqamli tajribadan so\u2018ng brenddan butunlay voz kechadi. Shu bilan birga, ulardan 66 foizi xizmatni yaxshilash maqsadida shaxsiy ma\u2019lumotlarini ulashishga tayyor.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">UX (foydalanuvchi tajribasi) ni haqiqiy fikr-mulohazalarga tayangan holda takomillashtirish mijozni saqlab qolish darajasini 42 foizgacha oshiradi. Masalan, Ryanair kompaniyasi kuniga 2 millionga yaqin tashrif buyuruvchilarining sayohat tajribasini tahlil qilish uchun ochiq so\u2018rovnomalardan foydalandi. Ushbu ma\u2019lumotlar muammoli nuqtalarni aniqlab, foydalanuvchi mamnuniyatini oshirishga xizmat qildi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Faqat reytinglar va yopiq so\u2018rovnomalar bilan cheklanib qolmang. Mijozlarga o\u2018z fikrini ochiq ifodalash imkonini bering \u2014 bu orqali aniqlanmagan tendensiyalar va muammolar yuzaga chiqadi. &nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;<\/p>\n\n\n\n<h5 class=\"wp-block-heading\"><strong>Mahsulot rivojini mijoz talabi asosida yo\u2018naltiring <\/strong><strong><\/strong><\/h5>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Mahsulot menejerlarining atigi 21 foizi mijozlarning fikr-mulohazalarini ustuvor vazifa deb biladi. Biroq, shunday qilganlar ko\u2018pincha daromadlilikda 30% gacha yuqori natijaga erishadilar. Buning sababi shundaki, mijozlar o\u2018zlari uchun nima muhimligini sizga to\u2018g\u2018ridan-to\u2018g\u2018ri aytib beradilar.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Yangi xususiyatlarni joriy etgandan so\u2018ng, qisqa so\u2018rovnomalar o\u2018tkazing. Sinov bosqichidagi funksiyalar bo\u2018yicha muntazam fikr-mulohaza oling. Ilovangiz yoki saytingizga \u201cG\u2018oya taklif qilish\u201d Sharhlar orqali ishonch qozoning va savdoni oshiringformalarini kiriting. Mahsulot rivojlanish rejalarini tuzishda eng sodiq foydalanuvchilaringiz bilan onlayn suhbatlar o\u2018tkazing.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Esda tuting: vaqt, xarajat yoki qiyinchilik bilan bog\u2018liq shikoyatlar ogohlantiruvchi signallardir. Bularni erta hal qilsangiz, mijozlarni yo\u2018qotishning oldini olasiz. Mahsulot, savdo va marketing bo\u2018limlari hamohang ishlashi uchun fikr-mulohazalarni nafaqat mijozlarni qo\u2018llab-quvvatlash bo\u2018limiga, balki barcha jamoalarga ko\u2018rinadigan qiling.<\/p>\n\n\n\n<h5 class=\"wp-block-heading\"><strong>Sharhlar orqali ishonch qozoning va savdoni oshiring <\/strong><strong><\/strong><\/h5>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Ijtimoiy dalillar kuchli ta\u2019sirga ega. Mahsulot sahifasida real mijoz sharhlarini ko\u2018rsatish konversiyani 34% gacha, umumiy savdoni esa 270% gacha oshiradi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">\u201cDomino\u2018s Pizza\u201d misolini ko\u2018rib chiqaylik. Obro\u2018siga putur yetganidan so\u2018ng, ular mijozlarning haqiqiy tanqidini ommaga e\u2019lon qilishdi, o\u2018z retseptlarini yangilashdi va raqamli vositalarga sarmoya kiritishdi. Natijada, mijozlar fikr-mulohazalari asosida to\u2018liq brend o\u2018zgarishi yuz berdi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Xariddan keyingi eslatmalar, ijtimoiy tarmoqlardagi targ\u2018ibotlar yoki ilova ichidagi so\u2018rovlar orqali sharhlarni rag\u2018batlantiring. Harakatga undovchi tugmalar yonida ijobiy sharhlarni ko\u2018rsating. Salbiy sharhlarni ham e\u2019tiborsiz qoldirmang &#8211; tanqidga munosabatingiz maqtovdan ko\u2018ra ko\u2018proq ishonch uyg\u2018otishi mumkin.<\/p>\n\n\n\n<h5 class=\"wp-block-heading\"><strong>Sharhlar orqali tabiiy o\u2018sishga erishing<\/strong><strong><\/strong><\/h5>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Foydalanuvchilar tomonidan yaratilgan kontent, jumladan sharhlar, yangi va kalit so\u2018zlarga boy ma\u2019lumotlarni qo\u2018shish orqali SEO ko\u2018rsatkichlarini yaxshilaydi. Sharhlar mavjud bo\u2018lgan sahifalar trafigining 45% gacha oshishi kuzatiladi. 10 tadan ortiq Google sharhlariga ega bo\u2018lgan korxonalar qidiruv natijalarida 15-20% ko\u2018proq ko\u2018rinish imkoniyatiga ega bo\u2018ladi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Sharhlarni doimiy kuzatib boring, ularga izchil javob yozing va eng ijobiylarini ijtimoiy tarmoqlar, bloglar yoki ochilish sahifalarida namoyish qiling. Mijozlar o\u2018z fikr-mulohazalari sizning faoliyatingizga ta\u2019sir qilayotganini ko\u2018rsa, ular siz bilan uzoq hamkorlik qilishga intiladi.<\/p>\n\n\n\n<h5 class=\"wp-block-heading\"><strong>Xulosa<\/strong><strong><\/strong><\/h5>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Mijozlarning fikr-mulohazalari \u2014 bu shunchaki fon shovqini emas, balki o\u2018sishning eng kuchli signalidir. UX ni yaxshilashdan tortib mahsulot strategiyasigacha, brendga bo\u2018lgan ishonchni mustahkamlashdan SEO\u2019ni kuchaytirishgacha \u2014 hammasi mijoz ovozini eshitishdan boshlanadi. Tinglaydigan va tezkor harakat qiladigan kompaniyalar esa nafaqat mijozlariga xizmat qiladi, balki ular bilan birgalikda o\u2018sadi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Tayyorladi: Navro\u2018zaxon Bo\u2018riyeva<\/strong><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Bugungi raqamli iqtisodiyotda mijozlar shunchaki xaridorlar emas \u2013 ular sizning brendingiz hammualliflari hisoblanadi. Cheksiz tanlovlar birgina bosish narida turgan paytda, mijoz ovozini tinglaydigan va unga faol javob qaytaradigan kompaniyalar raqobatda oldinga chiqmoqda. So\u2018nggi tadqiqotlar shuni ko\u2018rsatadiki, iste\u2019molchilarning 70 foizi aynan o\u2018z fikri asosida takomillashgan mahsulotlarni tanlaydi. 67 foizi esa qarashlarini qadrlaydigan kompaniyalarga sodiqligini oshiradi. Ammo [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":3,"featured_media":7578,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"jnews-multi-image_gallery":[],"jnews_single_post":[],"jnews_primary_category":[],"jnews_override_bookmark_settings":[],"jnews_paywall_metabox":[],"jnews_override_counter":[],"jnews_podcast_option":[],"jnews_podcast_series":[],"footnotes":""},"categories":[116],"tags":[],"jnews-series":[],"class_list":["post-7577","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-startaplar"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7577","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/3"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=7577"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7577\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":7580,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7577\/revisions\/7580"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/7578"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=7577"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=7577"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=7577"},{"taxonomy":"jnews-series","embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/jnews-series?post=7577"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}