{"id":7798,"date":"2025-06-26T10:48:14","date_gmt":"2025-06-26T10:48:14","guid":{"rendered":"https:\/\/pivot.uz\/?p=7798"},"modified":"2025-06-26T10:48:21","modified_gmt":"2025-06-26T10:48:21","slug":"scale-aining-ommaviy-google-docs-hujjatlari-ai-loyihalarida-jiddiy-xavfsizlik-kamchiliklarini-fosh-etdi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/scale-aining-ommaviy-google-docs-hujjatlari-ai-loyihalarida-jiddiy-xavfsizlik-kamchiliklarini-fosh-etdi\/","title":{"rendered":"Scale AI\u2019ning ommaviy Google Docs hujjatlari AI loyihalarida jiddiy xavfsizlik kamchiliklarini fosh etdi"},"content":{"rendered":"\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Sun\u2019iy intellekt sohasida maxfiylik hal qiluvchi omilga aylangan bir paytda, Scale AI kompaniyasi o\u2018zining xavfsizlik siyosatlari yuzasidan keskin tanqid ostida qoldi. Meta, Google va Ilon Maskning xAI kabi yirik texnologik mijozlari bilan ishlovchi kompaniyaning minglab ichki hujjatlari internetda ochiq havola orqali erkin tarzda tarqalgan.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Sun\u2019iy intellektni o\u2018qitish loyihalariga oid minglab maxfiy hujjatlar hech qanday cheklovsiz onlayn tarzda mavjud bo\u2018lgan. Ba\u2019zi fayllar \u201cmaxfiy\u201d deb belgilangan bo\u2018lib, ularda asosiy mijozlarning sun\u2019iy intellekt tashabbuslari, ichki loyiha ko\u2018rsatmalari va hatto Scale AI xodimlarining shaxsiy ma\u2019lumotlari ham mavjud edi.<\/p>\n\n\n\n<h5 class=\"wp-block-heading\"><strong>Mijozlarning nozik loyihalari fosh qilindi<\/strong><strong><\/strong><\/h5>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Eng tashvishli topilmalar orasida Google\u2019ning Bard chatbotini takomillashtirish bo\u2018yicha ishlarining tafsilotlarini ko\u2018rsatuvchi hujjatlar bor edi. Sizib chiqqan hujjatlarda Scale frilans ishchilari uchun Bardning murakkab savollarga javob berish muammolarini bartaraf etishga yordam beruvchi bosqichma-bosqich ko\u2018rsatmalar mavjud edi. Shuningdek, maxfiy deb belgilangan boshqa Google fayllari ham ochiq holda topildi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">xAI kompaniyasining generativ sun\u2019iy intellekt loyihalariga oid ichki hujjatlar ham himoyasiz qoldirilgan. Ular orasida \u201cProject Xylophone\u201d nomli loyiha bo\u2018yicha materiallar ham mavjud bo\u2018lib, unda mashg\u2018ulot uchun ishlatilgan turli matnli topshiriqlar \u2013 zombi apokalipsislari haqidagi kundalik suhbatlardan tortib, santexnika kabi texnik mavzularigacha bo\u2018lgan namunalar keltirilgan. Meta\u2019ga tegishli, maxfiy deb belgilangan fayllar esa sun\u2019iy intellektni o\u2018qitish materiallari, audio fayl namunalari va Meta chat-botlarini yanada muloqotga moyil va hissiy jihatdan jalb qiluvchi qilish uchun ishlab chiqilgan ichki ko\u2018rsatmalarni o\u2018z ichiga olgan.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Mazkur loyihalarda ishlagan frilans ishchilar ta\u2019kidlashicha, ular qaysi mijoz uchun ish olib borayotganlarini aniq bilib olishlari ko\u2018pincha qiyin emas edi \u2013 hattoki mijoz nomlari yashirilgan hollarda ham. Ba\u2019zi hujjatlarda Google logotipi ochiq ko\u2018rinib turgan bo\u2018lsa, boshqa hollarda esa AI modellarini shunchaki savol berish orqali ularning asl mijoz kimligi fosh bo\u2018lgan.<\/p>\n\n\n\n<h5 class=\"wp-block-heading\"><strong>Ishchilar maxfiyligi xavf ostida<\/strong><strong><\/strong><\/h5>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Ma\u2019lumot sizib chiqishi faqat mijozlarga tegishli emas. Ochiq hujjatlar orasida minglab frilanserlarning ismlari, Gmail manzillari, ish faoliyati bo\u2018yicha reytinglar \u201cyuqori sifat\u201d, &laquo;firibgarlikda gumon qilingan\u201d va hatto ish haqi bilan bog\u2018liq bahsli eslatmalar ham mavjud bo\u2018lgan. \u201cMove all cheating taskers\u201d nomli jadvalda yuzlab shaxslar shubhali harakatlari uchun alohida ko\u2018rsatilgan.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Ba\u2019zi ishchilar ishlarini allaqachon yakunlagan bo\u2018lsa-da, hali ham eski fayllarga kirish imkoniga ega bo\u2018lganini, hatto hujjatlar yangilanib turganini bildirgan. &nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;<\/p>\n\n\n\n<h5 class=\"wp-block-heading\"><strong>Keng tarqalgan va uzoq yillik amaliyot<\/strong><strong><\/strong><\/h5>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Scale AI\u2019ning ommaviy Google Docs\u2019lardan foydalanishi bir martalik xatolik emasligi ayon bo\u2018ldi. Bir nechta ishchilar ta\u2019kidlashicha, bu kompaniyada odatiy hol bo\u2018lib, bunga sabab \u2013 Scale AI\u2019ning taxminan 240 ming kishilik ulkan frilans (vaqtinchalik) ishchilar bazasi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Ochiq havola orqali ko\u2018rsatmalarni mustaqil ishchilar orasida tez tarqatish qulay bo\u2018lgan bo\u2018lsa-da, bu yondashuv ichki ma\u2019lumotlarning yomon niyatli shaxslarga oshkor bo\u2018lish xavfini kuchaytirgan.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Kompaniyaning ichki platformasida ishchilar uchun shaxsni tasdiqlash bosqichlari mavjud bo\u2018lsa-da, muhim o\u2018quv hujjatlariga havolalar faqat URL orqali kirish mumkin bo\u2018lgan holda, hech qanday tasdiqlashsiz erkin qolgan.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">\u201cUmuman olganda, butun Google Docs tizimi doim g\u2018irt nosamimiy va ishonchsizdek tuyulardi,\u201d dedi sobiq ishchilardan biri.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Ba\u2019zi frilanserlar hatto ishlarini tugatganlaridan ancha vaqt o\u2018tib ham eski loyihalarga kirish imkoniyatiga ega bo\u2018lishganini, hatto ulardagi hujjatlar yangi mijoz ko\u2018rsatmalari bilan yangilanib turganini aytishdi.<\/p>\n\n\n\n<h5 class=\"wp-block-heading\"><strong>Kiberxavfsizlik bo\u2018yicha mutaxassis ogohlantirishlari<\/strong><strong><\/strong><\/h5>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Kiberxavfsizlik bo\u2018yicha mutaxassislar bunday amaliyotlarning xavflari aniq va jiddiy ekanini ta\u2019kidlamoqda. Kolumbiya Universiteti kiberxavfsizlik o\u2018qituvchisi Jozef Staynberg vaziyatni ochiqchasiga baholab: \u201cAlbatta, bu xavfli,\u201d dedi. Uning fikricha, pudratchilar ro\u2018yxatlarining ommaga ochiq bo\u2018lishi xakerlarga hujumlarini boshlash uchun qulay imkon yaratadi \u2013 ular xodim sifatida o\u2018zlarini ko\u2018rsatib, Scale AI tizimlariga chuqur kirish huquqini qo\u2018lga kiritishi mumkin.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Yana bir xavf esa \u2013 xakerlar tahrirlanadigan hujjatlarga zararli havolalar joylashtirishi ehtimoli. Trace3 kiberxavfsizlik kompaniyasi direktori Stefani Kurtz bunday fayllarni ommaga tahrirlash uchun ochiq qoldirish ayniqsa xavfli ekanini ta\u2019kidladi. \u201cFaylni shunchaki internetga qo\u2018yib, hech kim havolani ulashmaydi deb umid qilish \u2013 bu yaxshi strategiya emas,\u201d dedi u.<\/p>\n\n\n\n<h5 class=\"wp-block-heading\"><strong>Scale AI\u2019ning javobi<\/strong><strong><\/strong><\/h5>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Mazkur holatlar yuzasidan Scale AI allaqachon to\u2018liq surishtiruv boshlaganini va foydalanuvchilarning Scale tomonidan boshqariladigan tizimlardan hujjatlarni ommaga ulash imkoniyatini o\u2018chirib qo\u2018yganini ma\u2019lum qildi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">\u201cMaxfiy ma\u2019lumotlarni himoya qilish uchun kuchli texnik va siyosiy choralarni ko\u2018rishga sodiqmiz hamda amaliyotlarimizni yanada takomillashtirish ustida doimiy ishlayapmiz,\u201d dedi Scale AI vakili.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Meta izoh berishdan bosh tortdi, Google va xAI esa so\u2018rovnomalarga javob bermadi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Bu voqea Scale AI uchun nozik bir vaqtda sodir bo\u2018ldi. Yaqinda kompaniya Meta\u2019dan 14,3 milliard dollarlik sarmoya oldi va hozirda yirik texnologik mijozlariga neytral, xavfsiz va mustaqil hamkor ekanligini isbotlashga harakat qilmoqda. O\u2018tgan hafta Scale o\u2018z blogida mijozlarga \u201cishonchni ta\u2019minlash\u201d eng ustuvor vazifa ekanini va\u2019da qilgan edi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Biroq ushbu holatlar jiddiy xavotirlarni yuzaga keltirar ekan, endilikda Scale AI uchun asosiy sinov \u2013 bu kamchiliklarni keyingi zarar sodir bo\u2018lishidan oldin qanday tez va ochiq bartaraf eta olishidadir.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Tayyorladi: Navro\u2018zaxon Bo\u2018riyeva<\/strong><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Sun\u2019iy intellekt sohasida maxfiylik hal qiluvchi omilga aylangan bir paytda, Scale AI kompaniyasi o\u2018zining xavfsizlik siyosatlari yuzasidan keskin tanqid ostida qoldi. Meta, Google va Ilon Maskning xAI kabi yirik texnologik mijozlari bilan ishlovchi kompaniyaning minglab ichki hujjatlari internetda ochiq havola orqali erkin tarzda tarqalgan. Sun\u2019iy intellektni o\u2018qitish loyihalariga oid minglab maxfiy hujjatlar hech qanday cheklovsiz [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":3,"featured_media":7799,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"jnews-multi-image_gallery":[],"jnews_single_post":[],"jnews_primary_category":[],"jnews_override_bookmark_settings":[],"jnews_paywall_metabox":[],"jnews_override_counter":[],"jnews_podcast_option":[],"jnews_podcast_series":[],"footnotes":""},"categories":[115],"tags":[],"jnews-series":[],"class_list":["post-7798","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-yangiliklar"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7798","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/3"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=7798"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7798\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":7801,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7798\/revisions\/7801"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/7799"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=7798"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=7798"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=7798"},{"taxonomy":"jnews-series","embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/jnews-series?post=7798"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}