{"id":8332,"date":"2025-08-07T05:33:25","date_gmt":"2025-08-07T05:33:25","guid":{"rendered":"https:\/\/pivot.uz\/?p=8332"},"modified":"2025-08-07T05:40:34","modified_gmt":"2025-08-07T05:40:34","slug":"dilan-fild-universitetni-tashlashdan-milliard-dollarlik-ipogacha","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/dilan-fild-universitetni-tashlashdan-milliard-dollarlik-ipogacha\/","title":{"rendered":"Dilan Fild:\u00a0 Universitetni tashlashdan\u00a0 milliard dollarlik IPOgacha"},"content":{"rendered":"\n<p class=\"wp-block-paragraph\">2025-yil 31-iyul kuni Figma kompaniyasi Nyu-York fond birjasida IPO o\u2018tkazdi va aksiyalar narxi ilk kuniyoq 229 foizga oshdi. Kompaniya asoschisi va bosh direktori <strong>Dilan Fildning<\/strong> ulushi shu kuni taxminan <strong>6,6 milliard dollarga<\/strong> yetdi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Ammo bu yuksak natijaning ortida yillar davomida davom etgan mehnat, qat\u2019iyat va doimiy o\u2018zgarishga tayyorlik yotadi.<\/p>\n\n\n\n<h5 class=\"wp-block-heading\"><strong>Thiel stipendiyasi: Figma g\u2018oyasining boshlanishi<\/strong><\/h5>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Fild Brown universitetida o\u2018qiyotgan kezlarida, 2012-yilda o\u2018qishni tashlab, taniqli investor Peter Thiel tomonidan taqdim etilgan <strong>100 ming dollarlik Thiel\u00a0 stipendiyasi<\/strong>ni qo\u2018lga kiritdi. U bu mablag\u2018ni kursdosh dasturchi Evan Wallace bilan bo\u2018lishdi. Dastlab ular dronlar uchun dastur yaratishni rejalashtirgan edi, biroq tez orada brauzerda ishlaydigan dizayn vositasiga o\u2018tishdi. Bu g\u2018oya keyinchalik <strong>Figma<\/strong> deb nom olgan platformaga aylandi.<\/p>\n\n\n\n<h5 class=\"wp-block-heading\"><strong>Dastlabki qiyinchiliklar va muhim qaror<\/strong><\/h5>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Dastlabki versiyalar foydalanuvchilarda katta taassurot qoldirmadi. Investorlar ham loyihaga ishonch bilan qarashmadi. Greylock\u2019dan John Lilly Figma prototipini ko\u2018rib, texnik salohiyatini e\u2019tirof etsada, tijoriy jihatdan imkoniyatini past baholadi. Kompaniya ichida esa Fieldning boshqaruv uslubi noroziliklarga sabab bo\u2018ldi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Investorlar bilan ochiq suhbatdan so\u2018ng Fiyld tanqidni qabul qildi va o\u2018zgarishga qaror qildi \u2014 bu uning liderlik fazilatlaridan biri sifatida e\u2019tirof etiladi.<\/p>\n\n\n\n<h5 class=\"wp-block-heading\"><strong>Bozordagi burilish: haqiqiy Figma<\/strong><\/h5>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">2016-yilda Figma o\u2018zining ilk ommaviy mahsulotini taqdim etdi. <strong>Real vaqtli hamkorlik<\/strong> imkoniyati dizaynerlar dunyosida inqilobga sabab bo\u2018ldi. Microsoft, Uber va Coda kabi yirik kompaniyalar tez orada uni qabul qilishdi. Foydalanuvchilar uchun URL orqali hujjatlarni ulashish, versiyalar bilan bog\u2018liq muammolardan xalos bo\u2018lish kabi funksiyalar katta afzallik bo\u2018ldi.<\/p>\n\n\n\n<h5 class=\"wp-block-heading\"><strong>Pandemiya davrida kuchli o\u2018sish<\/strong><\/h5>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">2020-yilda pandemiya bilan masofaviy ish yangi norma bo\u2018lgach, Figma\u2019ning bulutga asoslangan tizimi ayni muddao bo\u2018ldi. Kompaniya yangi mahsuloti \u2014 <strong>FigJam<\/strong>ni ishga tushirdi. Bu vizual hamkorlik uchun mo\u2018ljallangan onlayn doska bo\u2018lib, jamoaviy ishni yengillashtirdi.<\/p>\n\n\n\n<h5 class=\"wp-block-heading\"><strong>Adobe bilan bitim va mustaqillikni saqlab qolish<\/strong><\/h5>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">2022-yilda Adobe Figma\u2019ni <strong>20 milliard dollarga<\/strong> xarid qilishni rejalashtirdi. Ammo Britaniya raqobat idoralari bitim raqobatga zarar yetkazishini bildirganidan so\u2018ng, 2023-yil oxirida kelishuv bekor qilindi. Adobe, bitim buzilgani uchun, Figma\u2019ga <strong>1 milliard dollarlik tovon puli<\/strong> to\u2018ladi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Fild kompaniya ichida xodimlar ishonchini saqlashga harakat qildi: ularga qo\u2018shimcha aksiyalar berildi, ketishni istaganlarga esa uch oylik kompensatsiya taklif etildi. Atigi 5% xodim bu imkoniyatdan foydalandi.<\/p>\n\n\n\n<h5 class=\"wp-block-heading\"><strong>AI asriga qadam: Figma Make<\/strong><\/h5>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">2025-yilda Figma yangi mahsulot \u2014 <strong>Figma Make<\/strong>ni taqdim etdi. Bu sun\u2019iy intellekt yordamida dizaynlarni interaktiv prototiplarga aylantiradigan vosita bo\u2018lib, foydalanuvchilar \u201cprompt\u201dlar orqali to\u2018liq ishlaydigan ilovalarni yaratishlari mumkin.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Field bu mahsulotni shaxsan taqdim etdi, foydalanuvchi fikrlariga doimiy javob berib bordi. Hattoki IPO kuni ham u ijtimoiy tarmoqlarda foydalanuvchilarning savollariga javob yozishda davom etdi.<\/p>\n\n\n\n<h5 class=\"wp-block-heading\"><strong>Figma bu \u2014 falsafa<\/strong><\/h5>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Dylan Field boshidanoq bir tamoyilga sodiq: <strong>\u201cHar kim ijodkor bo\u2018lishi mumkin\u201d<\/strong>. Figma nafaqat qulay dizayn vositasi, balki dizaynerlik va jamoaviy ijod sohalariga yangicha yondashuv olib kirdi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Bugun Field milliardlab dollarga ega bo\u2018lsa-da, u foydalanuvchilarning har bir fikriga e\u2019tiborli. Figma esa startaplar olamida texnologik yondashuv, ochiqlik va foydalanuvchiga sodiqlik timsoliga aylangan.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Figma \u2014 bu dizayndan ham ko\u2018proq: bu kuch, madaniyat va kelajak falsafasi<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-text-align-right wp-block-paragraph\">Tayyorladi: Laylo Xondamirovna<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>2025-yil 31-iyul kuni Figma kompaniyasi Nyu-York fond birjasida IPO o\u2018tkazdi va aksiyalar narxi ilk kuniyoq 229 foizga oshdi. Kompaniya asoschisi va bosh direktori Dilan Fildning ulushi shu kuni taxminan 6,6 milliard dollarga yetdi. Ammo bu yuksak natijaning ortida yillar davomida davom etgan mehnat, qat\u2019iyat va doimiy o\u2018zgarishga tayyorlik yotadi. Thiel stipendiyasi: Figma g\u2018oyasining boshlanishi Fild [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":3,"featured_media":8330,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"jnews-multi-image_gallery":[],"jnews_single_post":[],"jnews_primary_category":[],"jnews_override_bookmark_settings":[],"jnews_paywall_metabox":[],"jnews_override_counter":[],"jnews_podcast_option":[],"jnews_podcast_series":[],"footnotes":""},"categories":[116],"tags":[],"jnews-series":[],"class_list":["post-8332","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-startaplar"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8332","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/3"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=8332"}],"version-history":[{"count":3,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8332\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":8336,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8332\/revisions\/8336"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/8330"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=8332"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=8332"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=8332"},{"taxonomy":"jnews-series","embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/jnews-series?post=8332"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}