{"id":9877,"date":"2025-12-03T11:49:31","date_gmt":"2025-12-03T06:49:31","guid":{"rendered":"https:\/\/pivot.uz\/?p=9877"},"modified":"2025-12-03T18:06:52","modified_gmt":"2025-12-03T13:06:52","slug":"qanday-qilib-ozbek-yigit-silikon-vodiysida-humanoid-robotlar-kelajagini-barpo-etib-millionlab-investitsiya-jalb-qilmoqda","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/qanday-qilib-ozbek-yigit-silikon-vodiysida-humanoid-robotlar-kelajagini-barpo-etib-millionlab-investitsiya-jalb-qilmoqda\/","title":{"rendered":"Qanday qilib o\u2018zbek yigit Silikon vodiysida humanoid robotlar kelajagini barpo etib, millionlab investitsiya jalb qilmoqda"},"content":{"rendered":"\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Sanjar Atamurodov jahon robototexnikasidagi eng ambitsiyali platformalardan birini \u2014 <strong>Humanola<\/strong> startapini yaratmoqda. Silikon vodiysida tashkil etilgan ushbu kompaniya telepresence texnologiyasini jismoniy sun\u2019iy intellekt (Physical AI) uchun asosga aylantirmoqda. Platforma dunyoning istalgan nuqtasidan turib humanoid robotlarni minimal kechikish bilan boshqarish imkonini beradi, har bir operator harakati esa kelajakdagi jismoniy AGI uchun qimmatli o\u2018quv ma\u2019lumotiga aylanadi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">IT Park Uzbekistan va The Tech hamkorligida Sanjar Samarkand osmoni ostida qo\u2018y boqib yurgan bolalik davridan tortib, Silicon Valleyda jahon robototexnikasi uchun poydevor yaratishga qaratilgan startap asoschisi bo\u2018lib, $2,5 million investitsiya jalb qilgungacha bo\u2018lgan yo\u2018li qanday kechgani haqida so\u2018zlab berdi.<\/p>\n\n\n\n<h4 class=\"wp-block-heading\"><strong>Men haqimda<\/strong><\/h4>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Men Samarqandda tug\u2018ilganman \u2014 bolalik cheksiz yulduzlar ostida o\u2018tadigan, orzular esa negadir yaqinroq tuyuladigan shaharda. Juda erta yoshimdan texnikaga qiziqardim: qo\u2018limga tushgan har qanday narsani sochib, mexanizmlar qanday ishlashini tushunishga harakat qilardim. Keyinchalik bu qiziqish kompyuterlar va robotlarga bo\u2018lgan muhabbatga aylandi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Maktabni tugatgach, Janubiy Koreyaga ko\u2018chib, KAIST \u2014 muhandislik va robototexnika bo\u2018yicha dunyoning yetakchi universitetlaridan birida tahsil oldim. U yerda kompyuter fanlarini robototexnikaga ixtisoslashgan yo\u2018nalishda o\u2018rgandim, avtonom tizimlar va dronlar yaratdim. Aynan shu tajriba hayotimdagi muhim burilish nuqtasiga aylandi: men butun umr humanoid robotlar va sun\u2019iy intellekt bilan shug\u2018ullanishni xohlashimni angladim.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">KAIST\u2019dagi ta\u2019lim jarayonida asosiy e\u2019tiborimni sun\u2019iy intellekt va robototexnikaga qaratdim. Akademik semestrlarda nazariya bilan chuqur shug\u2018ullandim, ta\u2019til paytlarida esa turli kompaniyalarda amaliyot qildim. Koreyada yiliga ikki marta \u2014 yoz va qishda \u2014 taxminan ikki yarim oylik ta\u2019til bo\u2018ladi. Bu menga real muhandislik loyihalarida ishlash uchun katta imkon yaratdi.<\/p>\n\n\n\n<h4 class=\"wp-block-heading\"><strong>Kasbdagi ilk qadamlar<\/strong><\/h4>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Janubiy Koreyaga qaytgach, StoneLab Inc. kompaniyasida amaliyot o\u2018tdim. U yerda kompyuter ko\u2018rish asosida ishlaydigan tibbiy diagnostika ilovasi ishlab chiqilishida qatnashdim: ma\u2019lumotlarni belgilash, neyron tarmoqlarni o\u2018qitish va modelni backend\u2019ga integratsiya qilish bilan shug\u2018ullandim. Shu davrda biometrik autentifikatsiya uchun API ham yaratdim \u2014 bu real foydalanuvchilar ishlatgan birinchi tizimim bo\u2018ldi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Keyingi muhim bosqich \u2014 Macroact Inc. kompaniyasidagi faoliyatim bo\u2018ldi. U yerda to\u2018rt oyoqli robotlar uchun avtonom navigatsiya, algoritmlarni optimallashtirish, xatti-harakatlarni sozlash va Gazebo simulyatsiya muhitida sinovlar o\u2018tkazish bilan shug\u2018ullandim. Bu murakkab robot tizimlariga o\u2018tishim uchun kuchli poydevor bo\u2018ldi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">KAIST\u2019da o\u2018qish davomida AVE Lab va IRiS Lab laboratoriyalarida tadqiqotchi sifatida ham ishladim. AVE Lab\u2019da avtonom avtomobillar uchun algoritmlar yaratdim. IRiS Lab\u2019da esa LiDAR ma\u2019lumotlarini qayta ishlash, yo\u2018l chiziqlarini aniqlash kabi avtonom transport vositalarining idrok tizimlari ustida ishladim. Bu menga robotlarning \u201cdunyoni qanday ko\u2018rishi\u201dni chuqur tushunishga yordam berdi.<\/p>\n\n\n\n<h4 class=\"wp-block-heading\"><strong>Sanoat tajribasi<\/strong><\/h4>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Tadqiqot ishlaridan so\u2018ng sanoatga o\u2018tdim. Digitrack Inc. kompaniyasida omborlarni avtomatlashtirish uchun mo\u2018ljallangan avtonom mobil robotlar (AMR) ustida ishladim. Keyinchalik Raion Robotics\u2019da to\u2018rt oyoqli robotlarning harakati bilan shug\u2018ullandim. Robotni barqaror yurishga, turli yer sathlariga moslashishga va murakkab manevrlarni bajarishga o\u2018rgatish juda katta muhandislik sinovi bo\u2018ldi.<\/p>\n\n\n\n<h4 class=\"wp-block-heading\"><strong>AQShdagi ta\u2019lim va ish tajribasi<\/strong><\/h4>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Keyin Atlantaga ko\u2018chib, Georgia Institute of Technology\u2019ga o\u2018qishga kirdim \u2014 bu robototexnika va sun\u2019iy intellekt bo\u2018yicha dunyoning eng kuchli markazlaridan biri. AQShdagi ta\u2019lim men uchun haqiqiy burilish nuqtasi bo\u2018ldi. Robotlarni boshqarish, neyron tarmoqlar, idrok tizimlari va avtonom xatti-harakatlar bo\u2018yicha chuqur fundamental bilim oldim. Robot manipulyatorlari, harakatni optimallashtirish, mashinaviy o\u2018rganish va real vaqt algoritmlari bo\u2018yicha bilimlar zamonaviy robototexnikaning asosini tashkil etadi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Paralel ravishda Atlanta Ventures\u2019da robototexnika muhandisi bo\u2018lib ishladim va xavfsizlik hamda inspeksiya uchun mo\u2018ljallangan mobil robotlar yaratdim. Ana shu paytda nazariya real kod, algoritm va harakatga kelgan mashinalarga aylanishini chinakam his qildim.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Keyinchalik Georgia Tech\u2019da ilmiy faoliyatimni davom ettirib, humanoid robotlarning loco-manipulation \u2014 ya\u2019ni yurish bilan bir vaqtda buyum ko\u2018tarish, eshik ochish va murakkab ketma-ket harakatlarni bajarish qobiliyati ustida tadqiqot olib bordim.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Aynan shu paytda muhim bir xulosaga keldim: yirik til modellari internetdagi ulkan hajmdagi ma\u2019lumotlar yordamida rivojlandi. Ammo robotlarda bunday \u201cinternet\u201d yo\u2018q \u2014 ular jismoniy ma\u2019lumotga muhtoj. Sifatli o\u2018quv ma\u2019lumotlarini yaratishning yagona keng ko\u2018lamli yo\u2018li \u2014 bu telepresence, ya\u2019ni insonning robotni masofadan boshqarishidir. Biroq buni dunyo miqyosida tizimli qilayotgan hech kim yo\u2018q edi. Shu g\u2018oya mening hayotimni o\u2018zgartirdi. 2025-yil iyun oyida Humanola tashkil etildi.<\/p>\n\n\n\n<h4 class=\"wp-block-heading\"><strong>Humanola qanday muammoni hal qiladi<\/strong><\/h4>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Bugungi kunda robotlarni o\u2018qitish uchun kerakli ma\u2019lumotlar alohida kompaniya va laboratoriyalar ichida yopiq holda saqlanadi. Har kim o\u2018z kichik dataset\u2019ini yaratadi, biroq ular baham ko\u2018rilmaydi. Natijada butun soha sekin rivojlanadi. Bu xuddi 2023-yildagi barcha sun\u2019iy intellekt tizimlari o\u2018z \u201ckichik interneti\u201dda o\u2018qitilgandek holatdir.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Humanola\u2019dan avval har bir kompaniya o\u2018z ma\u2019lumot yig\u2018ish infratuzilmasini noldan qurishga majbur edi \u2014 bu qimmat, sekin va samarasiz jarayon. Ko\u2018plar cheklangan ma\u2019lumotlar bilan ishlashga majbur bo\u2018lib, taraqqiyot keskin sekinlashardi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Biz robotlar xavfli, zerikarli va jismonan og\u2018ir ishlarni bajaradigan, inson esa ijod va strategiya bilan shug\u2018ullanadigan kelajakni tasavvur qilamiz. Bu yo\u2018ldagi yagona to\u2018siq \u2014 jismoniy sun\u2019iy intellekt uchun ma\u2019lumot yetishmasligidir. Biz aynan shu muammoni hal qilib, kelajakni bir necha yilga tezlashtiryapmiz. Humanola robotlarni masofadan boshqarish va jismoniy ma\u2019lumotlarni yig\u2018ish, qayta ishlash hamda tahlil qilish uchun to\u2018liq infratuzilmani ishlab chiqmoqda.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Platforma ikki asosiy qismdan iborat:<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">\u2014 operatorlar VR orqali robotlarni real vaqt rejimida minimal kechikish bilan boshqaradi<br>\u2014 barcha sessiya ma\u2019lumotlari avtomatik tarzda yig\u2018iladi, tozalanadi, belgilab chiqiladi va sun\u2019iy intellektni o\u2018qitish uchun tayyor dataset\u2019ga aylantiriladi<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Natijada kompaniyalar robotlarini ishlab chiqishni bir necha barobar tezlashtiradigan kuchli vositaga ega bo\u2018ladi. Humanola \u2014 aniq bir uskuna turiga bog\u2018lanmagan, robotni boshqarishdan tortib to to\u2018liq ma\u2019lumotni qayta ishlashgacha bo\u2018lgan to\u2018liq siklni taqdim etuvchi yagona mustaqil platformadir.<\/p>\n\n\n\n<h4 class=\"wp-block-heading\"><strong>Texnologik qiyinchiliklar<\/strong><\/h4>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Eng katta muammo uzoq masofalarda juda past kechikish bilan boshqaruvga erishish hamda turli turdagi uskunalarni integratsiya qilish bo\u2018ldi. Buni biz UDP asosidagi real vaqt tarmoq texnologiyalari, xatolarni tuzatish va moslashuvchan video uzatish orqali hal qildik.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Qit\u2019alararo boshqaruv uchun mintaqaviy edge-serverlar joylashtirdik. Natijada kechikishni 80\u2013100 millisekund darajasida ushlab turishga erishdik. Muhim texnologik yutuq esa yopiq 5G tarmoqlar va GPU yordamida tezkor video kodlash yechimlarini birlashtirgach yuz berdi. Bu Toshkentdan San-Fransiskogacha 100 millisekunddan kam kechikish bilan barqaror boshqaruvni ta\u2019minladi. Biz global va masshtablanuvchi telepresence amalda mumkinligini isbotladik.<\/p>\n\n\n\n<h4 class=\"wp-block-heading\"><strong>Eng katta yutuqlarimiz<\/strong><\/h4>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">\u2014 Bugun bizda real B2B mijozlar bor: ikki nafar humanoid robot ishlab chiqaruvchi kompaniya platformamizdan faol foydalanmoqda. Ularning ishlab chiqish tezligi 30\u201340% ga oshdi.<br>\u2014 G\u2018oyadan sanoat darajasidagi mahsulotgacha bo\u2018lgan o\u2018ta tezkor yo\u2018l. Kompaniyalar robotlarini darhol ishga tushirib, dunyoning istalgan nuqtasidan boshqara olishmoqda.<br>\u2014 Kuchli va yagona maqsad atrofida birlashgan jamoa. Bugun jamoamiz 5 kishidan iborat: 3 nafar hammuassis va 2 nafar muhandis. Men kompaniyani CEO sifatida boshqaraman.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Biz AQSh venchur fondlari va angel investorlardan $2,5 million seed-investitsiya jalb qildik. Ilk mijozlar platformani amaliyotda joriy etishni boshlab yuborishdi.<\/p>\n\n\n\n<h4 class=\"wp-block-heading\"><strong>AQSh, Koreya va O\u2018zbekiston<\/strong><\/h4>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">AQSh \u2014 robototexnikaning \u201cmiyasi\u201d, ya\u2019ni sun\u2019iy intellekt va dasturiy ta\u2019minot bo\u2018yicha jahon yetakchisi. Koreya \u2014 apparat va muhandislik innovatsiyalarida kuchli. O\u2018zbekiston esa hozirgina robototexnika yo\u2018liga qadam qo\u2018ymoqda.<\/p>\n\n\n\n<h4 class=\"wp-block-heading\"><strong>Rejalar<\/strong><\/h4>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Biz Humanola\u2019ni AQSh va butun dunyodagi barcha yirik humanoid robot platformalariga integratsiya qilishni, shuningdek Nvidia, Tesla va Google kabi yetakchi kompaniyalar bilan jismoniy AGI yaratish yo\u2018lida infratuzilmaviy hamkor bo\u2018lishni maqsad qilganmiz.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Keyingi 12 oy ichida ishlab chiqaruvchilar orqali keng ko\u2018lamli robot joriy etishlarni rejalashtirganmiz. Biz allaqachon O\u2018zbekistondan telepresence operatorlarini yollay boshladik. Ular AQSh va boshqa davlatlardagi robotlarni masofadan turib boshqaradi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Bu O\u2018zbekiston uchun minglab masofaviy ish o\u2018rinlari, butun dunyo uchun esa jismoniy sun\u2019iy intellekt ma\u2019lumotlarining keskin ko\u2018payishini anglatadi. Operatorlar istalgan joydan ishlaydi, robotlar istalgan joyda harakat qiladi, barcha ma\u2019lumotlar esa yanada mukammal modellarga qaytib boradi. Bu \u2014 robototexnika sanoati, rivojlanayotgan mehnat bozorlar va Physical AI kelajagi uchun umumiy yutuqdir.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Sanjar Atamurodov jahon robototexnikasidagi eng ambitsiyali platformalardan birini \u2014 Humanola startapini yaratmoqda. Silikon vodiysida tashkil etilgan ushbu kompaniya telepresence texnologiyasini jismoniy sun\u2019iy intellekt (Physical AI) uchun asosga aylantirmoqda. Platforma dunyoning istalgan nuqtasidan turib humanoid robotlarni minimal kechikish bilan boshqarish imkonini beradi, har bir operator harakati esa kelajakdagi jismoniy AGI uchun qimmatli o\u2018quv ma\u2019lumotiga aylanadi. IT [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9873,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"jnews-multi-image_gallery":[],"jnews_single_post":{"format":"standard"},"jnews_primary_category":[],"jnews_override_bookmark_settings":[],"jnews_paywall_metabox":[],"jnews_override_counter":[],"jnews_podcast_option":[],"jnews_podcast_series":[],"footnotes":""},"categories":[436],"tags":[],"jnews-series":[],"class_list":["post-9877","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-ozbek-startaplar"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9877","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=9877"}],"version-history":[{"count":3,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9877\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":9889,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9877\/revisions\/9889"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9873"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=9877"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=9877"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=9877"},{"taxonomy":"jnews-series","embeddable":true,"href":"https:\/\/pivot.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/jnews-series?post=9877"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}