Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
  • Login
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
Pivot

Yangi davrni yaratuvchi startap trendlar

by Gulnoza Sobirova
Fevral 10, 2025
in Startaplar
Reading Time: 5 mins read
A A
Share on FacebookShare on TwitterShare on Telegram

Bugungi kunda startap ekotizimi yangi bosqichga ko‘tarilmoqda. Sun’iy intellekt (AI), barcha uchun ochiq va o‘zgarmas bo‘lgan maʼlumotlar bazasi (blokcheyn) va chuqur ilmiy tadqiqotlarga asoslangan texnologiyalar (deep tech) biznes va jamiyatning kelajagini o‘zgartirmoqda.

Agar tadbirkorlar ushbu tendensiyalarni o‘z vaqtida qabul qila olsalar va ulardan foydalanishni o‘rgansalar, ular butun dunyoni o‘zgartiruvchi startaplarni yaratishlari mumkin. Shu sababli, biz kelgusi yillarda startap dunyosiga katta ta’sir o‘tkazishi kutilayotgan asosiy yo‘nalishlarni ko‘rib chiqamiz.

1. Sun’iy intellekt markazli startaplar: Oddiy qo‘shimchadan asosiy mahsulotgacha

Sun’iy intellekt ilgari faqat ish jarayonlarini yaxshilovchi vosita bo‘lgan bo‘lsa, hozirda u startaplarning asosiy mahsulotiga aylanmoqda.
Ya’ni, endilikda AI shunchaki avtomatlashtirish yoki yordamchi funksiya emas, balki biznesning markaziy elementi bo‘lib xizmat qilmoqda. Quyidagi yo‘nalishlar eng katta o‘zgarishlarga olib kelishi mumkin:

  • AI agentlari va virtual hamkasblar – Sun’iy intellekt asosida ishlaydigan dasturiy ta’minotlar mijozlarga xizmat ko‘rsatish, HR (inson resurslari), marketing va boshqa ko‘plab yo‘nalishlarda odamlarga yordam beradi. Masalan, virtual mijoz xizmatlari vakili savollarga javob berishi, chat orqali mijozlar bilan muloqot qilishi yoki xodimlar uchun rejalashtirish ishlari bilan shug‘ullanishi mumkin.
  • Shaxsiy AI assistentlar – AI texnologiyalari har bir foydalanuvchiga individual moslashadigan tizimlarni yaratmoqda. Bu sog‘liqni saqlash, ta’lim va kundalik unumdorlikni oshirish uchun juda katta imkoniyatlar yaratadi. Masalan, AI yordamida shaxsiy sog‘liqni saqlash bo‘yicha maslahat beruvchi virtual shifokor yaratish mumkin.
  • Kichik bizneslar uchun AI yechimlari – AI ilgari faqat yirik korporatsiyalar uchun mavjud bo‘lgan bo‘lsa, hozirda u kichik bizneslar uchun ham arzon va qulay bo‘lib bormoqda. Sun’iy intellekt savdo, marketing, mijozlarga xizmat ko‘rsatish va boshqa biznes jarayonlarini avtomatlashtirish orqali kichik kompaniyalarga samaradorlikni oshirishga yordam beradi.

2. Avtomatlashtirish inqilobi: Sun’iy Intellekt va Robototexnika

AI va robototexnika birlashib, butunlay yangi sanoat standartlarini yaratmoqda. Endi avtomatlashtirish faqat yirik zavod va fabrikalar bilan cheklanmaydi, balki qishloq xo‘jaligi, logistika, xizmat ko‘rsatish va hatto shaxsiy hayotga ham kirib bormoqda.

  • AI boshqaruvidagi robotlar – Sun’iy intellekt ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi, yetkazib berish va hatto qurilish kabi sohalarda robotlarni boshqarishga imkon yaratmoqda. Masalan, fermer xo‘jaliklari uchun mustaqil ishlaydigan ekin ekish va yig‘ish robotlari ishlab chiqilmoqda.
  • AI boshqaruvidagi gumanod robotlar – Xizmat ko‘rsatish, mehmonxona sanoati va parvarish tizimlarida inson o‘rnini bosuvchi sun’iy intellektli robotlar paydo bo‘lishi kutilmoqda. Masalan, AI boshqaruvidagi hamshiralarning paydo bo‘lishi qariyalar uylari yoki shifoxonalarda tibbiy xizmatni yaxshilashga yordam berishi mumkin.
  • Avtonom mikro-fabrikalar – AI tomonidan boshqariladigan kichik ishlab chiqarish markazlari (micro-factories) kelajakda maxsus va shaxsiylashtirilgan mahsulotlarni tayyorlashga xizmat qiladi.

3. Markazsiz iqtisodiyot (blockchain) va sun’iy intellekt integratsiyasi

Markazsiz AI modellar – Ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlash va AI jarayonlarini taqsimlash uchun sun’iy intellekt blokcheyn bilan birga ishlay boshlaydi. Bu esa katta hajmdagi ma’lumotlarni samarali boshqarish va himoya qilish imkoniyatini yaratadi.
Blokcheyn va sun’iy intellekt birlashib, biznes va iqtisodiyotda yangi model yaratmoqda.

  • AI integratsiyalashgan aqlli kontraktlar – Sun’iy intellekt endilikda aqlli kontraktlarga ham qo‘shilishi mumkin, bu esa real vaqt rejimida bajariladigan biznes bitimlarini yaratishga yordam beradi.
  • Ish kuchini tokenizatsiya qilish – Bu model orqali odamlar o‘z bilim va tajribalarini token shaklida sotishlari yoki xizmatlarini kriptovalyuta orqali taqdim etishlari mumkin.
  • Ish kuchini tokenizatsiya qilish – Bu model orqali odamlar o‘z bilim va tajribalarini token shaklida sotishlari yoki xizmatlarini kriptovalyuta orqali taqdim etishlari mumkin.

4. Chuqur texnologiyalar: Kvant hisoblash, biotexnologiya va kosmos sanoati

  • Kvant hisoblash – Kvant kompyuterlari an’anaviy kompyuterlarga qaraganda minglab barobar tezroq hisob-kitoblar qilishi mumkin. Bu esa kiberxavfsizlik, farmatsevtika va logistika sohalarida yangi imkoniyatlar yaratadi.
  • AI obshqaruvidagi biotexnologiya – Yangi dori vositalari ishlab chiqish, shaxsiy tibbiyot (har bir bemorga mos dori ishlab chiqish) va genetik modifikatsiyalar AI yordamida yanada rivojlanadi.
  • Kosmik startaplar – Sun’iy yo‘ldoshlar, asteroid qazib olish va kosmosda ishlab chiqarish sohasidagi innovatsiyalar tez rivojlanmoqda.

Startup Garage jamoasi aynan ushbu sohalarga e’tibor qaratmoqda va shu yo‘nalishlarda yangi iste’dodlarni kashf etishga harakat qilmoqda.

5. Kelajakdagi ish va ta’lim

  • AI karyera hamrohlari – Foydalanuvchilarga ish topishga va yangi ko‘nikmalar o‘rganishga yordam beradigan sun’iy intellekt tizimlari.
  • AI yordamida moslashuvchan ta’lim – Har bir talaba yoki o‘quvchining ehtiyojlariga moslashadigan aqlli ta’lim tizimlari.

6. Barqaror texnologiyalar va iqlim o‘zgarishiga qarshi yechimlar

  • AI yordamida iqlim monitoringi – Sun’iy intellekt tabiiy ofatlar va iqlim o‘zgarishlarini oldindan prognoz qilishga yordam beradi.
  • Yangi avlod energiya saqlash tizimlari – Qayta tiklanadigan energiya manbalarini samarali saqlash uchun yangi texnologiyalar ishlab chiqilmoqda.

Startup Garage yashil energiya texnologiyalariga sarmoya kiritmoqda va bu sohadagi startaplarni qo‘llab-quvvatlamoqda.

Kelajak startaplari sun’iy intellekt, markazsiz texnologiyalar va chuqur ilmiy tadqiqotlarga asoslangan texnologiyalarni birlashtirgan holda real muammolarni hal qilishga qaratiladi.

Agar siz kelajakni yaratishni xohlasangiz – Startup Garage jamoasi siz bilan ishlashga tayyor!

Tayyorladi: Muhammad Xalil

Previous Post

Appledan yangi iPhone SE va PowerBeats Pro 2 ning taqdimoti kutilmoqda

Next Post

Zafar Hoshimov: Xizmat ko‘rsatish sohasida katta imkoniyatlar bor

Gulnoza Sobirova

Related Posts

Cyber Kalkan: O’zbek mobil ekotizimi uchun yangi kiberxavfsizlik platformasi

Cyber Kalkan: O’zbek mobil ekotizimi uchun yangi kiberxavfsizlik platformasi

May 22, 2026
Higgsfield AI: Series B raundi doirasida $4 milliardlik baho bilan yuzlab million dollar investitsiya jalb qilmoqda

Higgsfield AI: Series B raundi doirasida $4 milliardlik baho bilan yuzlab million dollar investitsiya jalb qilmoqda

May 2, 2026
Toshkentlik Kraken Express game dev studiyasining «Windrose» o‘yini 10 kunda $30 mln ishlab topdi

Toshkentlik Kraken Express game dev studiyasining «Windrose» o‘yini 10 kunda $30 mln ishlab topdi

May 1, 2026
Startap nima? | Pivot.uz

Startap nima? | Pivot.uz

Aprel 18, 2026
Next Post
Zafar Hoshimov: Xizmat ko‘rsatish sohasida katta imkoniyatlar bor

Zafar Hoshimov: Xizmat ko‘rsatish sohasida katta imkoniyatlar bor

Zafar Hoshimov Savdo va servis tadbirkorlar uyushmasi rahbari etib tayinlandi

Zafar Hoshimov Savdo va servis tadbirkorlar uyushmasi rahbari etib tayinlandi

Please login to join discussion

false

  • Latest
  • Trending
  • Comments
Qirg‘iziston Prezidenti IT-kompaniyalar va startaplar uchun 5 yillik soliq imtiyozlarini taqdim etdi

Qirg‘iziston Prezidenti IT-kompaniyalar va startaplar uchun 5 yillik soliq imtiyozlarini taqdim etdi

Iyun 15, 2026
Brokerlikdagi muammodan AI startapgacha: TheCarGo hikoyasi

Brokerlikdagi muammodan AI startapgacha: TheCarGo hikoyasi

Iyun 13, 2026
Ilon Mask Forbesda milliarderlar ro‘yxatidan o‘chirildi

Ilon Mask Forbesda milliarderlar ro‘yxatidan o‘chirildi

Iyun 13, 2026
The real capital in the AI age is not technology, but the Founder

Sun’iy intellekt davrida eng katta qiymat — bu asoschi

Iyun 12, 2026

Maktabni tashlab, $6,2 million yig‘gan yigit: Nozomio hikoyasi

Oktabr 2, 2025
Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Yanvar 6, 2026
San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

Yanvar 4, 2025
Alipos startup received a $200,000 investment offer on the “Taqdimot” TV show

AliPos startapi Taqdimot ko’rsatuvida investorlardan $200,000 lik taklif oldi

Noyabr 25, 2025
Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

2025 yilda NATOning 1 milliard evrolik innovatsion jamg’armasi qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan VK turlari NATOning 24 ittifoqdoshi tomonidan qo’llab-quvvatlangan jamg’arma hozirgacha oltita VC fondiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.

2025 yilda NATOning 1 milliard evrolik innovatsion jamg’armasi qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan VK turlari NATOning 24 ittifoqdoshi tomonidan qo’llab-quvvatlangan jamg’arma hozirgacha oltita VC fondiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.

Pivot

We are the Intelligence Platform for Founders & Investors in Emerging Markets — combining news, data, and community to unlock opportunities across GCC, Central Asia, and frontier ecosystems.

Follow us

Categories

  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar

Pages

  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English

Recent Post

  • Qirg‘iziston Prezidenti IT-kompaniyalar va startaplar uchun 5 yillik soliq imtiyozlarini taqdim etdi
  • Brokerlikdagi muammodan AI startapgacha: TheCarGo hikoyasi
  • Ilon Mask Forbesda milliarderlar ro‘yxatidan o‘chirildi
  • Privacy policy

© 2025 Pivot

Welcome Back!

Sign In with Google
Sign In with Linked In
OR

Login to your account below

Forgotten Password?

Retrieve your password

Please enter your username or email address to reset your password.

Log In
No Result
View All Result
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
  • Login
  • Cart
  • uz Uzbek
  • en English

© 2025 Pivot

Are you sure want to unlock this post?
Unlock left : 0
Are you sure want to cancel subscription?