Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
  • Login
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
Pivot

YETB: Markaziy Osiyo aholisining o‘sishi energetika va suv sohasida keskin burilish yasashni talab etadi

by Pivot
Fevral 28, 2026
in Iqtisod
Reading Time: 2 mins read
A A
Share on FacebookShare on TwitterShare on Telegram

2040-yilga borib Markaziy Osiyo aholisi 96 million kishiga yetishi mumkin. Bu infratuzilmaga ulkan bosim yaratadi, shu bois mintaqada energiya samaradorligi, suv va transport sohalarida texnologik sakrash zarur. Bu haqda «TASS» agentligiga bergan intervyusida Yevroosiyo taraqqiyot banki (YETB) boshqaruvi raisi Nikolay Podguzov ma’lum qildi.

«Bizning hisob-kitoblarimizga ko‘ra, 2040-yilga kelib Markaziy Osiyo aholisi 96 million kishiga yetishi mumkin. Bu iqtisodiyot uchun kuchli drayver bo‘lishi kerak, biroq shu bilan birga bunday ko‘lam infratuzilma uchun ulkan yukdir. Barqaror rivojlanish uchun energiya samaradorligi, zamonaviy mobillik va suv resurslarini boshqarishda keskin burilish yasash talab etiladi», — dedi YETB rahbari.

Podguzov mintaqani «dunyodagi iqlim o‘zgarishlariga eng zaif hududlardan biri» deb ta’rifladi. «Prognozlarga ko‘ra, suv taqchilligi ortib boradi va 2028-yilga kelib yillik defitsit 5 dan 12 kub kilometrgacha yetishi mumkin», — deya ta’kidladi u.

Bank rahbarining so‘zlariga ko‘ra, mintaqada suv resurslarining salmoqli qismi eskirgan infratuzilma tufayli isrof bo‘lmoqda. YETB ayni paytda sug‘orish tizimlarini modernizatsiya qilish, suvni tejaydigan texnologiyalarni yaratish va suvning raqamli hisobini yuritish loyihalarini moliyalashtirishda faol ishtirok etmoqda.

Mintaqa rivojlanishiga geografik omillar ham sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Markaziy Osiyo okean portlaridan 3 ming kilometrdan ortiq masofada joylashgan.

«Shu sababli savdo 20-40 foizga qimmatlashadi, iqtisodiyot esa har yili o‘sish sur’atining 1,5 foizigacha yo‘qotadi. Bu o‘ziga xos masofa solig‘i’dir», — deydi Podguzov. Uning fikricha, muammoning yagona yechimi — transport bog‘liqligini oshirishdir. Shu maqsadda YETB logistika xarajatlarini kamaytiradigan va savdoni tezlashtiradigan «Yevroosiyo transport karkasi» konsepsiyasini taklif etgan.

«Hozirda transport yo‘nalishlari asosan sharqdan g‘arbga qarab yo‘nalgan. Ammo Shimol — Janub yo‘nalishi va potentsial Transafg‘on koridori ham xuddi shunday muhim. Ular mintaqa uchun Janubiy Osiyo va Fors ko‘rfazi bozorlarini ochib beradi», — deya qo‘shimcha qildi u.

Markaziy Osiyo dunyoning eng jadal rivojlanayotgan hududlaridan biri bo‘lib qolmoqda. YETB prognozlariga ko‘ra, 2026-yilda mintaqaning beshta davlati yalpi iqtisodiyoti 600 milliard dollarga yetishi kutilmoqda. Biroq, oldinga siljish uchun demografiya, transport va suv ta’minoti kabi bir-biri bilan uzviiy bog‘liq uchta asosiy chaqiriqqa to‘g‘ri javob topish lozim.

Ma’lumot uchun: YETB — Yevroosiyoda sarmoyaviy faoliyat olib boruvchi xalqaro moliya tashkiloti bo‘lib, unga Rossiya, Qozog‘iston, Armaniston, Belarus, Qirg‘iziston va Tojikiston a’zodir. 2025-yilda O‘zbekiston ham bank tarkibiga rasman qo‘shildi.

Previous Post

Anthropic o‘zining asosiy xavfsizlik va’dasidan voz kechdi

Next Post

Central Eurasian Venture Forum 2026: Bitimlar tuziladigan va mintaqa kapitali shakllanadigan maydon

Pivot

Related Posts

O‘zbekistonda aholi jon boshiga YAIM 28 mln so‘mga yaqinlashdi

O‘zbekistonda aholi jon boshiga YAIM 28 mln so‘mga yaqinlashdi

Sentabr 8, 2026
O‘zbekiston va Janubiy Koreya AgriTech universiteti va “aqlli ferma” tashkil etmoqchi

O‘zbekiston va Janubiy Koreya AgriTech universiteti va “aqlli ferma” tashkil etmoqchi

Avgust 13, 2026
Toshkentda $173 mlnlik 7 ta kogeneratsiya majmuasi quriladi

Toshkentda $173 mlnlik 7 ta kogeneratsiya majmuasi quriladi

Avgust 12, 2026
AQSh fond bozoridagi qiymatning deyarli barchasini atigi 4% kompaniya yaratgan

AQSh fond bozoridagi qiymatning deyarli barchasini atigi 4% kompaniya yaratgan

Iyul 15, 2026
Next Post
Central Eurasian Venture Forum 2026: Bitimlar tuziladigan va mintaqa kapitali shakllanadigan maydon

Central Eurasian Venture Forum 2026: Bitimlar tuziladigan va mintaqa kapitali shakllanadigan maydon

O‘zbekiston venchur bozori tahlili 2025

O‘zbekiston venchur bozori tahlili 2025

Please login to join discussion

false

  • Latest
  • Trending
  • Comments
AI sizning o‘rningizga fikrlay boshlasa nima bo‘ladi?

AI sizning o‘rningizga fikrlay boshlasa nima bo‘ladi?

Sentabr 11, 2026
Elektrtexnika sanoatiga 2030-yilgacha $3 mlrd investitsiya jalb qilinadi

Elektrtexnika sanoatiga 2030-yilgacha $3 mlrd investitsiya jalb qilinadi

Sentabr 10, 2026
O‘zbek alifbosidagi yangi harflarga o‘tishda eski yozuvdagi hujjat va peshlavhalarga ruxsat beriladi

O‘zbek alifbosidagi yangi harflarga o‘tishda eski yozuvdagi hujjat va peshlavhalarga ruxsat beriladi

Sentabr 10, 2026
ICT WEEK 2026 doirasida Startup & Venture Summit bo‘lib o‘tadi

ICT WEEK 2026 doirasida Startup & Venture Summit bo‘lib o‘tadi

Sentabr 9, 2026

Maktabni tashlab, $6,2 million yig‘gan yigit: Nozomio hikoyasi

Oktabr 2, 2025
Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Yanvar 6, 2026
San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

Yanvar 4, 2025
Chanel brendi tarixi: moda, atir va innovatsiyaga boy safar

Chanel brendi tarixi: moda, atir va innovatsiyaga boy safar

Fevral 17, 2025
Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

2025 yilda NATOning 1 milliard evrolik innovatsion jamg’armasi qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan VK turlari NATOning 24 ittifoqdoshi tomonidan qo’llab-quvvatlangan jamg’arma hozirgacha oltita VC fondiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.

We are the Intelligence Platform for Founders & Investors in Emerging Markets — combining news, data, and community to unlock opportunities across GCC, Central Asia, and frontier ecosystems.

Follow us

Categories

  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar

Pages

  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English

Recent Post

  • AI sizning o‘rningizga fikrlay boshlasa nima bo‘ladi?
  • Elektrtexnika sanoatiga 2030-yilgacha $3 mlrd investitsiya jalb qilinadi
  • O‘zbek alifbosidagi yangi harflarga o‘tishda eski yozuvdagi hujjat va peshlavhalarga ruxsat beriladi
  • Privacy policy

© 2025 Pivot

Welcome Back!

Sign In with Google
Sign In with Linked In
OR

Login to your account below

Forgotten Password?

Retrieve your password

Please enter your username or email address to reset your password.

Log In
No Result
View All Result
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
  • Login
  • Cart
  • uz Uzbek
  • en English

© 2025 Pivot

Are you sure want to unlock this post?
Unlock left : 0
Are you sure want to cancel subscription?