Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
  • Login
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
Pivot

Zingo.uz: Til o‘rgatuvchi innovatsion platforma

by Gulnoza Sobirova
Fevral 15, 2025
in Startaplar
Reading Time: 3 mins read
A A
Zingo.uz: Til o‘rgatuvchi innovatsion platforma
Share on FacebookShare on TwitterShare on Telegram

Zingo.uz – bu foydalanuvchiga mos suhbatdosh topish va interaktiv muloqot orqali chet tillarini o‘rganish imkoniyatini taqdim etuvchi innovatsion platforma. Loyiha asoschilari Behzodxo‘ja Nig‘matxo‘jayev va Saidnabi Yo‘ldoshxo‘jayevlar bo‘lib, ular IT sohasida to‘plagan tajribasini ushbu startap orqali amaliyotga tatbiq etmoqda.

Asoschilar

Behzodxo‘ja Nig‘matxo‘jayev 2002-yil Toshkent shahrida tug‘ilgan, yoshligidan informatika faniga qiziqib, turli olimpiadalarda qatnashgan. Maktabni tugatgach, Sharqshunoslik litseyida tahsil olgan va keyinchalik savdo sohasida tajriba orttirgan. 2022-yildan IT sohasiga qiziqib, dasturlashni o‘rganishga kirishgan.
Saidnabi Yo‘ldoshxo‘jayev ham Toshkent shahrida tug‘ilgan va dasturlash sohasida tajriba orttirgan. U Uztelecom kompaniyasida faoliyat yuritgan. 2024-yilda Behzodxo‘ja bilan birgalikda Zingo.uz startapini yaratish maqsadida ish joyidan voz kechgan va loyiha ustida ishlay boshlagan.

G‘oya qanday paydo bo‘ldi?

Zingo.uz 2024-yil yozida asoschilar tomonidan ishlab chiqila boshlagan. Loyiha ingliz tilini o‘rganishda mos suhbatdosh topishdagi qiyinchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan. Platformaning asosiy vazifasi foydalanuvchilarni bir-biri bilan bog‘lab, jonli muloqot orqali speaking ko‘nikmalarini rivojlantirishdir.

ICT Week va investitsiya jalb qilish

Zingo.uz startapi O‘zbekistonda o‘tkazilgan ICT Week tadbirida chet ellik investorlarga taqdim etilgan. 17 ta investordan 12 tasi loyiha bilan qiziqib, kontaktini qoldirgan. Tadbir davomida hozirgi investor bilan muzokara olib borilib, dastlab og‘zaki kelishilgan. Keyinchalik rasmiylashtirilgan.

Dastlabki bosqichda startap $50,000 miqdorida investitsiya jalb qilgan bo‘lib, barcha xarajatlar aynan shu mablag‘ hisobidan qoplanmoqda. Loyiha rivojlanishida Startap Garage asoschisi Muhammad Xalil katta yordam ko‘rsatgan, turli qiyinchiliklarni yengishga ko‘maklashgan.

Kelajak rejalari

Zingo.uz test rejimida faoliyat yuritmoqda. Loyiha hozirgacha 150 dan ortiq foydalanuvchi tomonidan sinovdan o‘tkazilgan va ommaga taqdim etilish jarayoni 2024-yilning mart oyida boshlanadi.

Dastlab loyiha Telegram bot ko‘rinishida bo‘lishi rejalashtirilgan edi, ammo keyinchalik mobil dastur ishlab chiqildi. Hozirda ilova Play Market va App Store platformalarida mavjud.

● 2025-yil – O‘zbekiston bozorida to‘liq o‘rin egallash.
● 2026-yil – Global bozorga chiqish va boshqa tillar bilan bog‘liq xizmatlarni ham ishga tushirish (ingliz, rus, arab va boshqa tillar).
● Sun’iy intellekt va VR texnologiyalari – foydalanuvchilar uchun ilg‘or til o‘rganish imkoniyatlari yaratish.
● Venchur fondlar bilan hamkorlik – yirik investitsiyalar jalb qilish va xalqaro bozorda o‘sish.
Biznes modeli va daromad manbalari
Zingo.uz platformasi quyidagi daromad manbalariga ega:

  1. Obuna tizimi – premium foydalanuvchilari kengroq imkoniyatlarga ega bo‘ladi.
  2. Video kurslar savdosi – ingliz tilini mustaqil o‘rganish uchun pullik kurslar taqdim etiladi.
    O‘zbekiston startap ekotizimida Zingo.uz
    O‘zbekistonda startap ekotizimi jadal rivojlanyapti, bunda Startap Garage kabi inkubatorlar muhim rol o‘ynamoqda. Mamlakatimizdagi startaplarning asosiy muammolaridan biri premium xizmatlarga pul to‘lashga tayyor auditoriyaning kamligidir. Shu bois, investitsiya va strategik hamkorliklar orqali platforma rivojlanishi rejalashtirilgan.

Xulosa

Zingo.uz – bu til o‘rganish jarayonini soddalashtirishga qaratilgan ilg‘or startap. Loyiha jamoasi tomonidan ishlab chiqilgan strategiya va istiqbolli rejalar startapni xalqaro miqyosda muvaffaqiyatli platformaga aylanishiga xizmat qilishi kutilmoqda. Zingo.uz qisqa vaqt ichida til o‘rganish sohasida yetakchi loyihalardan biriga aylanishi rejalashtirilmoqda.

Mixaliovna Gulnoza

Previous Post

Dasturlashni bepul o‘rgatadigan onlayn kurslar

Next Post

YouTube telefondan ko‘proq televizorlarda tomosha qilinmoqda

Gulnoza Sobirova

Related Posts

Xitoyda tibbiy xizmatlar smartfonga ko‘chmoqda

Xitoyda tibbiy xizmatlar smartfonga ko‘chmoqda

Fevral 4, 2026
General Atlantic o’z ulushini oshirishi ortidan Odoo’ning bozor qiymati 7 milliard yevrodan oshdi

General Atlantic o’z ulushini oshirishi ortidan Odoo’ning bozor qiymati 7 milliard yevrodan oshdi

Yanvar 26, 2026
YouTube: hazildan boshlangan startap 2026 yilda janrga asoslangan TV obunalarini ishga tushiradi

YouTube: hazildan boshlangan startap 2026 yilda janrga asoslangan TV obunalarini ishga tushiradi

Dekabr 11, 2025
Pitch yoki failure: pitchdan oldin startap asoschilari uchun yakuniy tayyorlik cheklisti

Pitch yoki failure: pitchdan oldin startap asoschilari uchun yakuniy tayyorlik cheklisti

Dekabr 11, 2025
Next Post
YouTube telefondan ko‘proq televizorlarda tomosha qilinmoqda

YouTube telefondan ko‘proq televizorlarda tomosha qilinmoqda

$100 Startup: Minimal investitsiya bilan biznes boshlash

$100 Startup: Minimal investitsiya bilan biznes boshlash

Please login to join discussion
  • Trending
  • Comments
  • Latest

Maktabni tashlab, $6,2 million yig‘gan yigit: Nozomio hikoyasi

Oktabr 2, 2025
Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Yanvar 6, 2026
San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

Yanvar 4, 2025
Alipos startup received a $200,000 investment offer on the “Taqdimot” TV show

AliPos startapi Taqdimot ko’rsatuvida investorlardan $200,000 lik taklif oldi

Noyabr 25, 2025
Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

2025 yilda NATOning 1 milliard evrolik innovatsion jamg’armasi qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan VK turlari NATOning 24 ittifoqdoshi tomonidan qo’llab-quvvatlangan jamg’arma hozirgacha oltita VC fondiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.

Xitoyning global investitsiya xaritasidagi keskin burilish

Fevral 6, 2026
2025-yilda C-Space Angels Club investorlari startaplarga jami $311,500 investitsiya kirtishdi

2025-yilda C-Space Angels Club investorlari startaplarga jami $311,500 investitsiya kirtishdi

Fevral 5, 2026
O‘zbekiston o‘z milliardlarini qayerga «ko‘myapti»?

O‘zbekiston o‘z milliardlarini qayerga «ko‘myapti»?

Fevral 4, 2026
Xitoyda tibbiy xizmatlar smartfonga ko‘chmoqda

Xitoyda tibbiy xizmatlar smartfonga ko‘chmoqda

Fevral 4, 2026

Pivot

We are the Intelligence Platform for Founders & Investors in Emerging Markets — combining news, data, and community to unlock opportunities across GCC, Central Asia, and frontier ecosystems.

Follow us

Categories

  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar

Pages

  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English

Recent Post

  • Xitoyning global investitsiya xaritasidagi keskin burilish
  • 2025-yilda C-Space Angels Club investorlari startaplarga jami $311,500 investitsiya kirtishdi
  • O‘zbekiston o‘z milliardlarini qayerga «ko‘myapti»?
  • Privacy policy

© 2025 Pivot

Welcome Back!

Sign In with Google
Sign In with Linked In
OR

Login to your account below

Forgotten Password?

Retrieve your password

Please enter your username or email address to reset your password.

Log In
No Result
View All Result
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
  • Login
  • Cart
  • uz Uzbek
  • en English

© 2025 Pivot

Are you sure want to unlock this post?
Unlock left : 0
Are you sure want to cancel subscription?