Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
  • Login
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
Pivot

Talabalar uchun innovatsion g‘oyalar tanlovi: g‘oliblarga 500 mln so‘mgacha grant

by Pivot
Sentabr 8, 2026
in Yangiliklar
Reading Time: 3 mins read
A A
Talabalar uchun innovatsion g‘oyalar tanlovi: g‘oliblarga 500 mln so‘mgacha grant
Share on FacebookShare on TwitterShare on Telegram

O‘zbekistonda davlat oliy ta’lim tashkilotlari talabalari o‘rtasida “Eng innovatsion g‘oya” respublika tanlovini o‘tkazish tartibi tasdiqlandi. Tanlovning respublika bosqichida eng yaxshi uchta loyiha 500 mln, 300 mln va 200 mln so‘mdan moliyaviy qo‘llab-quvvatlanadi.

Tanlov Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 4-sentabrdagi 463-son qarori asosida har yili sentyabrdan dekabrgacha ikki bosqichda o‘tkaziladi. Birinchi bosqich universitetlarda, respublika bosqichi esa Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan tashkil etiladi.

Talabalar o‘z innovatsion g‘oyalarini quyidagi yo‘nalishlardan birida taqdim etishi mumkin:

  • sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar;
  • fintech;
  • AgTech;
  • kiberxavfsizlik;
  • sog‘liqni saqlash;
  • farmatsevtika;
  • mudofaa va xavfsizlik;
  • energiya samaradorligi;
  • suv texnologiyalari;
  • fan va ta’lim.

Har bir talaba tanlovda faqat bitta innovatsion g‘oya bilan ishtirok etishi mumkin.
Tanlovning birinchi bosqichida eng yaxshi uchta loyiha mualliflariga jami 100 mln so‘m miqdorida grant ajratiladi:

1-o‘rin — 50 mln so‘m
2-o‘rin — 30 mln so‘m
3-o‘rin — 20 mln so‘m

Mazkur mablag‘lar universitetlarning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan ajratiladi. Universitet bosqichi g‘oliblari respublika bosqichida ham ishtirok etadi.
Respublika bosqichida eng yaxshi uchta loyiha quyidagi miqdorda moliyalashtiriladi:

1-o‘rin — 500 mln so‘m
2-o‘rin — 300 mln so‘m
3-o‘rin — 200 mln so‘m

Biroq bu mablag‘lar bevosita talabaning shaxsiy hisobiga o‘tkazilmaydi. Pul loyiha muallifi, Innovatsion rivojlanish agentligi va tegishli OTM o‘rtasidagi uch tomonlama kelishuv asosida universitet hisobiga yo‘naltiriladi.
Kelishuvda loyihani amalga oshirish muddati, bajariladigan ishlar hamda mablag‘lardan maqsadli foydalanish tartibi belgilanadi.

Loyihalar qanday baholanadi?

Tanlov ishtirokchilarining loyihalari 100 ballik tizimda beshta mezon asosida baholanadi. Har bir mezon uchun maksimal 20 ball beriladi:

  • ilmiy va innovatsion yangiligi;
  • g‘oyaning dolzarbligi;
  • mavjud analoglardan farqi;
  • xarajatlar smetasining asoslanganligi;
  • kutilayotgan natijalar.

Respublika bosqichida loyihalarni olimlar, davlat tashkilotlari vakillari va tegishli soha mutaxassislaridan iborat komissiya baholaydi. Hududlardan qatnashuvchi talabalar loyihalarini onlayn tarzda taqdim etishi mumkin.
Respublika bosqichi 20-dekabrgacha yakunlanishi kerak.

Tanlovga qanday hujjat topshirish mumkin?

Tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lgan talabalar o‘zlari tahsil olayotgan davlat OTMiga murojaat qilishi kerak.
OTMlar tanlovning birinchi bosqichiga hujjatlar qabul qilinishi boshlanganini 10-sentyabrdan e’lon qiladi. Talabalar universitetdagi saralash komissiyasi nomiga arizani 10-oktabrgacha topshirishi mumkin.

Previous Post

O‘zbekistonda HUMO stable tokeni to‘lovlarda sinovdan o‘tkazilmoqda

Next Post

Qozog‘istonda ta’lim va ishga joylashishni bog‘laydigan yagona raqamli ekotizim yaratiladi

Pivot

Related Posts

PHP’da ikkita kritik zaiflik aniqlandi: NSA tashkilotlarni tizimlarini zudlik bilan yangilashga chaqirdi

PHP’da ikkita kritik zaiflik aniqlandi: NSA tashkilotlarni tizimlarini zudlik bilan yangilashga chaqirdi

Oktabr 22, 2026
SpaceX’ning AI hisoblash quvvati O‘zbekistonning yillik elektr ishlab chiqarish hajmidan oshishi mumkin

SpaceX’ning AI hisoblash quvvati O‘zbekistonning yillik elektr ishlab chiqarish hajmidan oshishi mumkin

Oktabr 22, 2026
Yaponiyada kamida 20 ta yirik kompaniya kiberhujumga uchradi

Yaponiyada kamida 20 ta yirik kompaniya kiberhujumga uchradi

Oktabr 21, 2026
Jahon banki va IFC Qozog‘iston kompaniyalarini IPO’ga tayyorlaydi

Jahon banki va IFC Qozog‘iston kompaniyalarini IPO’ga tayyorlaydi

Oktabr 21, 2026
Next Post
Qozog‘istonda ta’lim va ishga joylashishni bog‘laydigan yagona raqamli ekotizim yaratiladi

Qozog‘istonda ta’lim va ishga joylashishni bog‘laydigan yagona raqamli ekotizim yaratiladi

Anthropic tadqiqotchisi nazoratdan chiqishi mumkin bo‘lgan AI xavfi sabab kompaniyani tark etdi

Anthropic tadqiqotchisi nazoratdan chiqishi mumkin bo‘lgan AI xavfi sabab kompaniyani tark etdi

Please login to join discussion

false

  • Latest
  • Trending
  • Comments
PHP’da ikkita kritik zaiflik aniqlandi: NSA tashkilotlarni tizimlarini zudlik bilan yangilashga chaqirdi

PHP’da ikkita kritik zaiflik aniqlandi: NSA tashkilotlarni tizimlarini zudlik bilan yangilashga chaqirdi

Oktabr 22, 2026
SpaceX’ning AI hisoblash quvvati O‘zbekistonning yillik elektr ishlab chiqarish hajmidan oshishi mumkin

SpaceX’ning AI hisoblash quvvati O‘zbekistonning yillik elektr ishlab chiqarish hajmidan oshishi mumkin

Oktabr 22, 2026
ChatGPT users can hide chats behind a PIN or Face ID

ChatGPT’da suhbatlarni PIN-kod yoki Face ID bilan yashirish mumkin

Oktabr 22, 2026
Hisobvaraqlarni bloklash bo‘yicha soliq organlari qarori sudda ko‘riladi

Hisobvaraqlarni bloklash bo‘yicha soliq organlari qarori sudda ko‘riladi

Oktabr 22, 2026

Maktabni tashlab, $6,2 million yig‘gan yigit: Nozomio hikoyasi

Oktabr 2, 2025
Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Yanvar 6, 2026
Andijonlik asoschi bilan ochiq suhbat: Higgsfield AI ortidagi Alex Mashrabov

Andijonlik asoschi bilan ochiq suhbat: Higgsfield AI ortidagi Alex Mashrabov

Noyabr 16, 2025
San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

Yanvar 4, 2025
Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

2025 yilda NATOning 1 milliard evrolik innovatsion jamg’armasi qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan VK turlari NATOning 24 ittifoqdoshi tomonidan qo’llab-quvvatlangan jamg’arma hozirgacha oltita VC fondiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.

We are the Intelligence Platform for Founders & Investors in Emerging Markets — combining news, data, and community to unlock opportunities across GCC, Central Asia, and frontier ecosystems.

Follow us

Categories

  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar

Pages

  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English

Recent Post

  • PHP’da ikkita kritik zaiflik aniqlandi: NSA tashkilotlarni tizimlarini zudlik bilan yangilashga chaqirdi
  • SpaceX’ning AI hisoblash quvvati O‘zbekistonning yillik elektr ishlab chiqarish hajmidan oshishi mumkin
  • ChatGPT’da suhbatlarni PIN-kod yoki Face ID bilan yashirish mumkin
  • Privacy policy

© 2025 Pivot

Welcome Back!

Sign In with Google
Sign In with Linked In
OR

Login to your account below

Forgotten Password?

Retrieve your password

Please enter your username or email address to reset your password.

Log In
No Result
View All Result
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
  • Login
  • Cart
  • uz Uzbek
  • en English

© 2025 Pivot

Are you sure want to unlock this post?
Unlock left : 0
Are you sure want to cancel subscription?