Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
  • Login
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
Pivot

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

by Gulnoza Sobirova
Fevral 6, 2025
in Voqealar
Reading Time: 4 mins read
A A
«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida
Share on FacebookShare on TwitterShare on Telegram

Sardor Xo’jayev IT sohasida qanday rivojlanganini, birinchi ishini qanday topgani va yangi boshlovchilar uchun foydali maslahatlarini ulashdi.

Men haqimda

Men Toshkentdagi Turin Politexnika Universitetida IT bo‘yicha tahsil olganman. Hozirda Uzum Technologies tarkibidagi Kapital Lab loyihasida ishlab chiqarish jamoasi rahbari – jamoa rahbari (teamlead) lavozimida ishlayman. Biz Kapitalbank bilan hamkorlikda uning raqamli xizmatlarini rivojlantirish ustida ishlayapmiz.

Dasturlashga bo‘lgan qiziqishim 15-16 yoshimda boshlangan. Matematikaga bo‘lgan mehrim dasturlashga qiziqishimni yanada oshirdi. Dastlab HTML, CSS va PHP ni o‘rganganman, keyin esa C++ ni o‘zlashtirib, Codeforces platformasida algoritmik masalalar yecha boshladim.

Vaqt o‘tib, robototexnika sohasi e’tiborimni tortdi. Turin Politexnika Universitetining texnik bazasi mustahkam bo‘lgani uchun ushbu universitetda o‘qishni tanladim va grant asosida talaba bo‘ldim. Birinchi kursdayoq robototexnika bo‘yicha loyihalarda qatnashdim, Koreyada yozgi maktab dasturida ishtirok etdim. Keyinchalik esa bilimlarimni boshqalar bilan bo‘lishish maqsadida robototexnika darslarini o‘ta boshladim.

IT sohasidagi ilk ish tajribam

IT’dagi ish faoliyatim universitetning ikkinchi kursida boshlangan. O‘shanda men Akfa kompaniyasining R&D markazida ishlay boshladim va shu bilan birga Westminster universiteti qoshidagi litseyda robototexnikadan dars berdim.

Akfa’dagi dastlabki lavozimim junior engineer (kichik muhandis) edi. Bu yerda mobil ilovalar ishlab chiqish, sun’iy ko‘rish tizimlari, AGV robotlari yaratish kabi loyihalarda qatnashdim. Python va C++ dasturlash tillarida kod yozdim, Robot Operating System va Android dasturlash bilan shug‘ullandim. Bu men uchun haqiqiy muhandislik laboratoriyasi bo‘ldi – men bu yerda turli sohalarni o‘rganib, o‘z ustimda ishlashga o‘rgandim.

Akfa’dagi faoliyatim bir tanishim orqali boshlangan. U kompaniyaning grant dasturida qatnashib, R&D markazida ishlayotgan edi. U yerda innovatsion loyihalar olib borilayotganini eshitib, qiziqib qoldim va tanishimdan meni tavsiya qilishini so‘radim. Oradan biroz vaqt o‘tib, meni suhbatga taklif qilishdi.

Dastlab, Akfa faqat deraza va eshik ishlab chiqaruvchi kompaniya deb o‘ylardim, lekin ular ilg‘or tadqiqot markaziga ham ega ekanini bilib hayratda qoldim. Suhbat davomida R&D markazi rahbari Denis Yermalayev bilan suhbatlashdim. U mening robototexnikadagi loyihalarim, dasturlash bo‘yicha bilimlarim va muammolarni qanday hal qilishim haqida so‘radi. Shuningdek, elektronika, dizayn va CAD dasturlari bo‘yicha bilimlarim ham sinovdan o‘tkazildi.

Men oldindan maxsus tayyorgarlik ko‘rmagan edim. Shunchaki o‘z bilimlarim, loyihalarim va tajribamni ulashdim. Menda professional ish tajribasi yo‘q edi, shuning uchun o‘qishdagi yutuqlarim, robototexnika loyihalarim, xakatonlarda qatnashganim va o‘qituvchilik tajribamni o‘z kuchli tomonlarim sifatida taqdim qildim. Shu yondashuv menga birinchi ish joyimni topishga yordam berdi.

Dastlabki qiyinchiliklar

IT’dagi ish faoliyatim tasodifan boshlanganligi sababli, birinchi marta ish qidirishda jiddiy qiyinchiliklarga duch kelmadim. Men universitetda faol edim, loyihalarda qatnashdim, bilimlarimni amaliyotda sinab ko‘rdim, shuning uchun menga tezroq ish topish nasib qildi.

Ammo middle darajasi va undan yuqori lavozimlarga da’vogarlik qilganimda, vaziyat o‘zgardi. Rad javoblari ancha ko‘paydi. Ba’zan suhbatlardan o‘tolmadim, lekin men bunday holatlarni o‘zimni rivojlantirish uchun imkoniyat deb qabul qildim. Har bir rad javobi menga zaif tomonlarimni ko‘rsatib berardi va men motivatsiyamni yo‘qotmasdan, bilimlarimni oshirishga e’tibor qaratdim.

Akfa’dagi ish faoliyatimdagi eng katta qiyinchilik – noaniqlik edi. Har bir yangi loyiha menda mavjud bo‘lmagan bilimlarni talab qilardi, mentorlar esa kam edi. Masalan, biz AGV robotini yaratganimizda, hamma narsani noldan o‘ylab topish kerak edi: dizayn, byudjet, texnik echimlar. Tayyor yo‘riqnomalar yo‘q edi. Robotni uch marta qayta yaratdik, oxirida u ishga tushdi. Bilimlarni Stack Overflow, Telegram guruhlari va mutaxassislarning maslahatlari orqali o‘rgandim. Vaqt o‘tib, noaniqlik sharoitida ishlashga o‘rganib, “Baribir uddalayman!” degan ishonchni shakllantirdim.

Shuningdek, yangi boshlovchilar duch keladigan eng katta muammo – bu o‘zini to‘g‘ri taqdim eta olish. Ko‘plab kompaniyalar tajribasiz mutaxassislarni ishga qabul qilishni xohlamaydi. Junior lavozimlari uchun ham katta talablar qo‘yiladi va tajriba so‘raladi.

Bu muammolarni yengish uchun men o‘rganish qobiliyatim va amaliy faoliyatimga e’tibor qaratdim: ilmiy loyihalar, xakatonlar, o‘qituvchilik va musobaqalar orqali portfoliolarimni yaratdim.

IT sohasida ish topish bo‘yicha 3 ta foydali maslahat

  • Soft-skills’laringizni rivojlantiring: Jamoada ishlash, vaqtni boshqarish, yangi texnologiyalarni o‘rganish va tez moslashish kabi ko‘nikmalarni o‘zlashtiring.
  • Networking qiling: Xakatonlar, mitaplar, konferensiyalarda qatnashing, o‘z loyihalaringiz haqida gapiring va tajribali mutaxassislar bilan aloqalar o‘rnating.
  • Dastlabki ish tajribangizni imkon qadar erta orttiring: Biroq, sharoitlaringizni ham inobatga oling. Tajribangiz bo‘lmasa, shaxsiy loyihalar ustida ishlang, yangi texnologiyalar bilan tajriba qiling va motivatsiyangizni namoyish eting!
Previous Post

Yettita davlat banki ishtirokida $40 mlnlik venchur fond tashkil etildi

Next Post

O‘zbekiston va Malayziya hamkorlikda ma’lumot markazlarini tashkil etishni rejalashtirmoqda

Gulnoza Sobirova

Related Posts

INMerge Innovation Summit o’zining Roadshow seriyasini INMerge Tashkent bilan davom ettirdi

INMerge Innovation Summit o’zining Roadshow seriyasini INMerge Tashkent bilan davom ettirdi

May 6, 2026
O‘zbekiston Global AI infratuzilmasi markaziga aylanmoqda: NVIDIA va Firebird bilan strategik muloqot

O‘zbekiston Global AI infratuzilmasi markaziga aylanmoqda: NVIDIA va Firebird bilan strategik muloqot

Aprel 30, 2026
Silicon Valley Toshkentda: Plug and Play Uzbekistan Expo 2026 doirasida 30 dan ortiq global startaplar taqdim etiladi

Silicon Valley Toshkentda: Plug and Play Uzbekistan Expo 2026 doirasida 30 dan ortiq global startaplar taqdim etiladi

Aprel 29, 2026
GITEX AI Kazakhstan: Markaziy Osiyoning eng yirik texnologik forumi Olmaotada bo‘lib o‘tadi

GITEX AI Kazakhstan: Markaziy Osiyoning eng yirik texnologik forumi Olmaotada bo‘lib o‘tadi

Aprel 28, 2026
Next Post
O‘zbekiston va Malayziya hamkorlikda ma’lumot markazlarini tashkil etishni rejalashtirmoqda

O‘zbekiston va Malayziya hamkorlikda ma’lumot markazlarini tashkil etishni rejalashtirmoqda

10 Rules for a Successful Presentation

Taqdimotni muvaffaqiyatli o‘tkazishning 10 qoidasi

Please login to join discussion
  • Trending
  • Comments
  • Latest

Maktabni tashlab, $6,2 million yig‘gan yigit: Nozomio hikoyasi

Oktabr 2, 2025
Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Yanvar 6, 2026
San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

Yanvar 4, 2025
Alipos startup received a $200,000 investment offer on the “Taqdimot” TV show

AliPos startapi Taqdimot ko’rsatuvida investorlardan $200,000 lik taklif oldi

Noyabr 25, 2025
Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

2025 yilda NATOning 1 milliard evrolik innovatsion jamg’armasi qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan VK turlari NATOning 24 ittifoqdoshi tomonidan qo’llab-quvvatlangan jamg’arma hozirgacha oltita VC fondiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.

«SaaS o‘ldi» — AQSh armiyasining asosiy dasturiy ta’minot yetkazuvchisi nima uchun bunday demoqda?

«SaaS o‘ldi» — AQSh armiyasining asosiy dasturiy ta’minot yetkazuvchisi nima uchun bunday demoqda?

May 19, 2026
Imzolashdan oldin har bir shartnomani AI o’qisa-chi?

Imzolashdan oldin har bir shartnomani AI o’qisa-chi?

May 15, 2026
UzNIF IPO’si $600 milliondan ortiq mablag‘ jalb qildi

UzNIF IPO’si $600 milliondan ortiq mablag‘ jalb qildi

May 13, 2026
Markaziy Osiyoda $30 millionlik yangi GIG Fund ochildi

Markaziy Osiyoda $30 millionlik yangi GIG Fund ochildi

May 13, 2026

Pivot

We are the Intelligence Platform for Founders & Investors in Emerging Markets — combining news, data, and community to unlock opportunities across GCC, Central Asia, and frontier ecosystems.

Follow us

Categories

  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar

Pages

  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English

Recent Post

  • «SaaS o‘ldi» — AQSh armiyasining asosiy dasturiy ta’minot yetkazuvchisi nima uchun bunday demoqda?
  • Imzolashdan oldin har bir shartnomani AI o’qisa-chi?
  • UzNIF IPO’si $600 milliondan ortiq mablag‘ jalb qildi
  • Privacy policy

© 2025 Pivot

Welcome Back!

Sign In with Google
Sign In with Linked In
OR

Login to your account below

Forgotten Password?

Retrieve your password

Please enter your username or email address to reset your password.

Log In
No Result
View All Result
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
  • Login
  • Cart
  • uz Uzbek
  • en English

© 2025 Pivot

Are you sure want to unlock this post?
Unlock left : 0
Are you sure want to cancel subscription?