Press ESC to close

OpenAI o3 modelini taqdim etdi: AI mantiqiy fikrlashda yangi bosqich

“Shipmas” tadbirining so‘nggi kunida OpenAI o3 model oilasini, shu jumladan o3 va o3-mini modellarini e’lon qildi. Bu modellar oldingi o1 mantiqiy fikrlash modeli vorislari bo’lib, sun’iy intellektning mantiqiy fikrlash imkoniyatlarini yangi bosqichga olib chiqmoqda. Ular yaxshilangan funksiyalarga ega bo‘lib, hisoblash quvvatiga qarab, samaradorlikni oshirish uchun javob berish vaqtini sozlash imkoniyati bilan ajralib turadi.

o3 modellar javob berishdan oldin “o‘ylash” qobiliyatiga ega bo‘lib, murakkab vazifalarni, masalan, matematika, fan va dasturlashni yanada aniqlik bilan bajarish uchun mustahkamlovchi o‘rganish (reinforcement learning)dan foydalanadi. Ular, shuningdek, xavfsizlikni oshirish va xatolarni kamaytirish uchun yangi “deliberativ muvofiqlik” texnikasidan foydalanadi, ammo ba’zi muammolar saqlanib qolmoqda. o3 oddiy vazifalarda xatolarga yo‘l qo‘yishi va ayrim hollarda noto’g’ri xatti-harakatlarni namoyon etishi mumkin, bu esa xavfsizlik sinovlari davomida kuzatilmoqda.

Dastlabki natijalar shuni ko‘rsatadiki, o3 dasturlash va oliy matematika kabi vazifalarda raqobatchilaridan ustun kelmoqda. Jumladan, u American Invitational Mathematics Exam’da 96,7% natijani qo‘lga kiritdi va biologiya, fizika hamda kimyo bo‘yicha magistratura darajasidagi savollarda ham yuqori natijalar ko’rsatdi. Ammo mutaxassislarga ko’ra, o3 ayrim ko‘rsatkichlarda AGI (Sun’iy Umumiy Intellekt)ga yaqinlashayotgan bo‘lsa-da, inson kabi moslashuvchanlikka ega emas va ba’zi kontekstlarda muvaffaqiyatsizlikka uchraydi.

Bu yangilik Google va Alibaba kabi raqobatchilar o‘z mantiqiy modellarini taqdim etayotgan vaqtda, sun’iy intellekt sohasida muhim burilishning bir qismi sifatida yuz berdi. Modellar generativ AI’ni takomillashtirishni maqsad qilgan, ammo hisoblash quvvatining yuqori xarajatlari bilan bog‘liq muammolarni hal qilishga to‘g‘ri keladi.

o3 modeli hali sinovdan o‘tmoqda va takomillashtirilmoqda, OpenAI esa 2025-yilning boshida o3-mini va keyinchalik o3 modelini chiqarishni mo‘ljallamoqda. Ushbu yutuqlar sun’iy intellekt rivojlanishida yangi davrni boshlab berdi va OpenAI’ni mantiqiy fikrlashga asoslangan innovatsiyalarda yetakchi sifatida ko‘rsatmoqda.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan