O‘yinda Shimoliy Koreya askarlari taqdiri kabi keskin syujetlarning aks etishi OAV va jamoatchilik orasida turli munosabatlarni keltirib chiqardi.
Tanqidchilar o‘yinni Koreya yarimorolidagi harbiy-siyosiy taranglik va insoniy fojialardan tijorat maqsadida foydalanishda ayblamoqda. Ayrim Janubiy Koreya OAVlari va taraqqiyparvar guruhlar Shimoliy Koreya askarlarining tasvirlanishi yuzasidan xavotir bildirgan. Ijtimoiy tarmoqlarda esa o‘yinni boykot qilishga chaqiriqlar paydo bo‘lgan.
O‘yin tarafdorlari esa loyihani fantastik syujetga ega ko‘ngilochar mahsulot sifatida ko‘rmoqda. Janubiy Koreya Madaniyat vazirligi ham ijodiy erkinlik va so‘z erkinligi Konstitutsiya bilan himoyalanganini ta’kidlab, senzura qo‘llanmasligini bildirgan.
Hozircha Shimoliy Koreya hukumati yoki mamlakat rahbari Kim Chen In tomonidan o‘yinga nisbatan rasmiy munosabat bildirilgani haqida ma’lumot yo‘q.
Pxenyan avval ham G‘arbning Shimoliy Koreya rahbariyati va siyosiy tizimiga daxldor media mahsulotlarini tanqid qilgan. Masalan, AQShning The Interview filmi Shimoliy Koreya tomonidan provokatsiya sifatida baholangan.
O‘yinning atrofidagi bahslar siyosiy ziddiyatlar va real insonlar taqdiriga asoslangan syujetlar videoo‘yinlar sanoatida ijodiy erkinlik hamda tarixiy voqealarni tasvirlash masalasini yana e’tibor markazida.












