Press ESC to close

Ilon Mask Texasda o’z shahriga egalik qilishi mumkin

Xabar qilinishicha, Mask Texasdagi Starbase kosmodromini shaharga aylantirishni maqsad qilgan

SpaceX kompaniyasi Texas shtatining Kemeron okrugi sudyasidan Starbase kosmodromini shahar sifatida tan olishni so‘radi. Ilon Mask bu haqda X(twitter) ijtimoiy media platformasida o‘rtoqlashdi.

Maskning ma’lum qilishicha, u mahalliy sudya Trevinyodan SpaceX kompaniyasining raketa uchirish uchun foydalaniladigan kosmodromiga shahar maqomi berilishi mumkinligini aniqlash uchun referendum o‘tkazishni so‘ragan.

“Starbase-ni shahar sifatida birlashtirish bu hududni allaqachon uy deb ataydigan yuzlab odamlar va insoniyatning kosmik tadqiqotlardagi yutuqlariga hissa qo’shishga intilayotgan bo’lajak xodimlar uchun jahon darajasidagi turar-joy markaziga aylantirish uchun zarur infratuzilmani rivojlantirishni tezlashtiradi, ” deyiladi iltimosnomada.

Milliarderning so‘zlariga ko‘ra, bu hududda allaqachon yuzlab aholi istiqomat qiladi, bundan tashqari ushbu hududda yo‘llar, maktablar va kasalxonalar tashkil etilgan. Shu sababli, Starbase shahar maqomini berish mantiqiy bosqich bo’ladi.

Avvalroq Mask SpaceX shtab-kvartirasi rasman Texas shtatining Starbase shahrida joylashganini ta’kidlagan edi.

Qayd etilishicha, Starbase maqomi bo‘yicha yakuniy qaror Texas aholisi tomonidan ommaviy ovoz berish orqali aniqlanadi.

2023 yilda Mask Texasda o’z xodimlari uchun shahar qurmoqchi ekanligi haqida xabarlar paydo bo’lgan edi.

Kelajakdagi ushbu turar-joy maydoni uchun tavsiya etilgan joy shtat poytaxti Ostindan taxminan 35 milya (56 kilometr) uzoqlikda joylashgan. Bastrop okrugidagi sobiq qishloq xo‘jaligi yerlarida allaqachon modulli uylar o‘rnatilib, 110 ta doimiy turar-joy qurilishi boshlangan.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan