Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
  • Login
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
Pivot

Qozog‘istonda ta’lim va ishga joylashishni bog‘laydigan yagona raqamli ekotizim yaratiladi

by Pivot
Sentabr 8, 2026
in Yangiliklar
Reading Time: 2 mins read
A A
Qozog‘istonda ta’lim va ishga joylashishni bog‘laydigan yagona raqamli ekotizim yaratiladi
Share on FacebookShare on TwitterShare on Telegram

Qozog‘istonda fuqarolarning kasb tanlashidan boshlab ta’lim olishi, malakasini tasdiqlashi, ishga joylashishi va keyingi professional rivojlanishigacha bo‘lgan jarayonlarni birlashtiradigan yagona raqamli ekotizim yaratiladi.

Bu haqda Qozog‘iston Mehnat va aholini ijtimoiy himoya vaziri Askarbek Ertayev hukumat yig‘ilishida ma’lum qildi. Xabar mamlakat Prezidenti huzuridagi Markaziy kommunikatsiyalar xizmati tomonidan ham tasdiqlangan.

Yangi tizimda professional malakani tan olish jarayoni to‘liq raqamli formatga o‘tkaziladi. Bu malaka markazini akkreditatsiya qilishdan sertifikat olishgacha bo‘lgan bosqichlarni qamrab oladi. Hukumatning fikricha, bu jarayonni yanada shaffof va fuqarolar uchun qulay qilishga yordam beradi. Shuningdek, insonning professional yo‘li yagona tizim orqali kuzatib boriladi:

kasb tanlash → ta’lim → malaka olish → ishga joylashish → professional rivojlanish.

Qozog‘iston mehnat bozorida kelajakda qaysi mutaxassislarga ehtiyoj oshishini aniqlash uchun Big Data va sun’iy intellektdan foydalanishni rejalashtirmoqda. Tizim orqali sohalar va hududlar kesimida kadrlarga bo‘lgan talabni aniqroq prognoz qilish ko‘zda tutilgan. Shu ma’lumotlar asosida davlatning ta’lim buyurtmasini ham real mehnat bozori ehtiyojiga moslashtirish rejalashtirilmoqda.

Bu yondashuvning asosiy maqsadi — faqat mavjud ma’lumotlarni yig‘ish emas, balki ulardan kelajakdagi kadrlar ehtiyojini oldindan aniqlash va davlat qarorlarini qabul qilishda foydalanish.

Qozog‘istonda bu yo‘nalishdagi ayrim texnologiyalar allaqachon sinovdan o‘tkazilmoqda. Digital Employment Service loyihasi 2026-yil iyulida Pavlodar viloyatida ishga tushirilgan.

Sun’iy intellekt fuqarolarga mos vakansiyalarni aniqlaydi, shuningdek, zarur bo‘lsa, o‘qish, qayta tayyorlanish va boshqa hududga ko‘chib ishlash variantlarini ham taklif qiladi. Iyul oyida tizim orqali 39 mingta SMS yuborilgan va 962 kishi ishga joylashgan. Xizmatni yil oxirigacha Qozog‘istonning barcha 20 hududiga kengaytirish rejalashtirilgan.

Nogironligi bo‘lgan fuqarolar ham qamrab olinadi

Yangi ekotizimda inklyuziv bandlikka ham alohida e’tibor qaratiladi. Nogironligi bo‘lgan fuqarolar uchun kasbga yo‘naltirish va ta’limdan boshlab ishga joylashish hamda ish joyida moslashishgacha bo‘lgan yagona hamrohlik tizimi yaratiladi.

Shu bilan birga, Qozog‘iston qisqa muddatli kasbiy ta’lim tashkilotlarining yagona reyestrini ham yaratishni rejalashtirmoqda. U 2027-yilning birinchi choragida Career Enbek platformasida ishga tushirilishi va undagi ta’lim dasturlari uchun yagona sifat talablari joriy etilishi kutilmoqda.

Previous Post

Talabalar uchun innovatsion g‘oyalar tanlovi: g‘oliblarga 500 mln so‘mgacha grant

Next Post

Anthropic tadqiqotchisi nazoratdan chiqishi mumkin bo‘lgan AI xavfi sabab kompaniyani tark etdi

Pivot

Related Posts

Call of Duty: Shimoliy Koreya askarlari tasvirlangan o‘yin jamoatchilik e’tiboriga tushdi

Call of Duty: Shimoliy Koreya askarlari tasvirlangan o‘yin jamoatchilik e’tiboriga tushdi

Oktabr 25, 2026
Sun’iy yo‘ldosh interneti O‘zbekistonning chekka hududlarini qanchalik o‘zgartira oladi?

Sun’iy yo‘ldosh interneti O‘zbekistonning chekka hududlarini qanchalik o‘zgartira oladi?

Oktabr 24, 2026
Shvetsiya hukumati xodimlarining ChatGPT va Claude’dan foydalanishini cheklamoqda

Shvetsiya hukumati xodimlarining ChatGPT va Claude’dan foydalanishini cheklamoqda

Oktabr 24, 2026
Moonshot AI Kimi K3.1 Pro modelini taqdim etdi: u Claude Opus 5.5’ga yaqin natija ko‘rsatdi

ICT WEEK 2026 doirasida Startup & Venture Summit bo‘lib o‘tadi

ICT WEEK 2026 doirasida Startup & Venture Summit bo‘lib o‘tadi

Please login to join discussion

false

  • Latest
  • Trending
  • Comments
Call of Duty: Shimoliy Koreya askarlari tasvirlangan o‘yin jamoatchilik e’tiboriga tushdi

Call of Duty: Shimoliy Koreya askarlari tasvirlangan o‘yin jamoatchilik e’tiboriga tushdi

Oktabr 25, 2026
Sun’iy yo‘ldosh interneti O‘zbekistonning chekka hududlarini qanchalik o‘zgartira oladi?

Sun’iy yo‘ldosh interneti O‘zbekistonning chekka hududlarini qanchalik o‘zgartira oladi?

Oktabr 24, 2026
Shvetsiya hukumati xodimlarining ChatGPT va Claude’dan foydalanishini cheklamoqda

Shvetsiya hukumati xodimlarining ChatGPT va Claude’dan foydalanishini cheklamoqda

Oktabr 24, 2026
Moonshot AI Kimi K3.1 Pro modelini taqdim etdi: u Claude Opus 5.5’ga yaqin natija ko‘rsatdi

Moonshot AI Kimi K3.1 Pro modelini taqdim etdi: u Claude Opus 5.5’ga yaqin natija ko‘rsatdi

Oktabr 24, 2026

Maktabni tashlab, $6,2 million yig‘gan yigit: Nozomio hikoyasi

Oktabr 2, 2025
Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Yanvar 6, 2026
Andijonlik asoschi bilan ochiq suhbat: Higgsfield AI ortidagi Alex Mashrabov

Andijonlik asoschi bilan ochiq suhbat: Higgsfield AI ortidagi Alex Mashrabov

Noyabr 16, 2025
San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

Yanvar 4, 2025
Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

2025 yilda NATOning 1 milliard evrolik innovatsion jamg’armasi qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan VK turlari NATOning 24 ittifoqdoshi tomonidan qo’llab-quvvatlangan jamg’arma hozirgacha oltita VC fondiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.

We are the Intelligence Platform for Founders & Investors in Emerging Markets — combining news, data, and community to unlock opportunities across GCC, Central Asia, and frontier ecosystems.

Follow us

Categories

  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar

Pages

  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English

Recent Post

  • Call of Duty: Shimoliy Koreya askarlari tasvirlangan o‘yin jamoatchilik e’tiboriga tushdi
  • Sun’iy yo‘ldosh interneti O‘zbekistonning chekka hududlarini qanchalik o‘zgartira oladi?
  • Shvetsiya hukumati xodimlarining ChatGPT va Claude’dan foydalanishini cheklamoqda
  • Privacy policy

© 2025 Pivot

Welcome Back!

Sign In with Google
Sign In with Linked In
OR

Login to your account below

Forgotten Password?

Retrieve your password

Please enter your username or email address to reset your password.

Log In
No Result
View All Result
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
  • Login
  • Cart
  • uz Uzbek
  • en English

© 2025 Pivot

Are you sure want to unlock this post?
Unlock left : 0
Are you sure want to cancel subscription?