Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
  • Login
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
Pivot

IT Park Uzbekistan fDi Intelligence Global Free Zones Awards 2026 mukofotida Osiyo-Tinch okeani mintaqasining eng yaxshi bilimlar zonasi deb e’tirof etildi

by Pivot
Oktabr 17, 2026
in Yangiliklar
Reading Time: 3 mins read
A A
IT Park Uzbekistan fDi Intelligence Global Free Zones Awards 2026 mukofotida Osiyo-Tinch okeani mintaqasining eng yaxshi bilimlar zonasi deb e’tirof etildi
Share on FacebookShare on TwitterShare on Telegram

IT Park Uzbekistan Financial Times Group tarkibiga kiruvchi ixtisoslashgan fDi Intelligence nashri tomonidan tashkil etilgan Global Free Zones of the Year Awards 2026 xalqaro mukofotida «Yilning eng yaxshi bilimlar zonasi — Osiyo-Tinch okeani mintaqasi» (Knowledge Zone of the Year – Asia-Pacific) nominatsiyasi g‘olibi deb topildi.

Ushbu e’tirof IT Park Uzbekistan’ning raqobatbardosh texnologik ekotizimni rivojlantirish, xalqaro kompaniyalar va investitsiyalarni jalb etish hamda mamlakatning raqamli kadrlar salohiyatini mustahkamlash borasidagi yutuqlarini aks ettiradi. Shuningdek, u O‘zbekistonning texnologik ta’lim, kadrlar tayyorlash va innovatsiyalarni rivojlantirishga qaratilgan keng ko‘lamli sa’y-harakatlarini e’tirof etadi.

Har yili o‘tkaziladigan Global Free Zones of the Year Awards mukofoti dunyo bo‘ylab biznes va investitsiyalarni jalb etish bo‘yicha samarali strategiyalarni amalga oshirayotgan iqtisodiy zonalarni taqdirlaydi. 2026-yilda mukofot uchta yo‘nalishni qamrab oldi: sanoat zonalari (Industrial Zones), bilimlar zonalari (Knowledge Zones) va rivojlanayotgan zonalar (Rising Stars). Bilimlar zonalari yo‘nalishi axborot texnologiyalari, moliya, biznes xizmatlari va yuqori qo‘shilgan qiymat yaratuvchi boshqa faoliyat turlariga ixtisoslashgan hududlarni qamrab oladi.

Global bozorda raqobatbardosh raqamli kadrlar salohiyatini rivojlantirish

Inson kapitaliga investitsiya kiritish O‘zbekistonning raqamli transformatsiyasidagi ustuvor yo‘nalishlardan biridir. Milliy ta’lim tashabbuslari va IT Park Uzbekistan’ning kadrlar tayyorlash dasturlari yangi avlod texnologiya mutaxassislarini xalqaro mehnat bozoriga tayyorlashga xizmat qilmoqda.

IT Park Uzbekistan taqdim etgan so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, «Bir million o‘zbek dasturchisi» loyihasi doirasida 1,7 million nafar yosh, «Besh million sun’iy intellekt yetakchisi» tashabbusi doirasida esa 1,3 million nafar ishtirokchita’lim olgan.

Shuningdek, xalqaro IT sertifikatlari uchun xarajatlarni qoplash dasturi doirasida 4 926 nafar yosh mutaxassis qo‘llab-quvvatlanib, xalqaro miqyosda tan olingan IT sertifikatlari va ta’lim xarajatlarini qoplash uchun 18 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirilgan. Bundan tashqari, IT-Talents dasturi doirasida bitiruvchilari IT eksport qiluvchi kompaniyalarga ishga joylashgan ta’lim tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash uchun 3,17 milliard so‘m ajratilgan.

ICT4Girls, startap inkubatsiya dasturlari va milliy texnologik tanlovlar tadbirkorlikni rivojlantirish, yoshlar va xotin-qizlar uchun texnologiya sohasidagi imkoniyatlarni kengaytirishga xizmat qilmoqda. Ilg‘or raqamli ko‘nikmalarni shakllantirish oliy ta’lim muassasalarida tashkil etilgan 20 ta sun’iy intellekt laboratoriyasi orqali ham qo‘llab-quvvatlanmoqda.

Mazkur tashabbuslar IT Park Uzbekistan va milliy institutlarning raqamli ta’limni mustahkamlash, malakali mutaxassislarni tayyorlash va texnologiya sohasi uchun barqaror kadrlar zaxirasini shakllantirish yo‘lidagi hamkorligini namoyon etadi. Ta’lim va kadrlar salohiyatini rivojlantirish yo‘nalishlari IT Park Uzbekistan’ning xalqaro mukofotga taqdim etilgan arizasida ham baholash uchun ko‘rsatilgan.

O‘zbekistonning global texnologiya bozoridagi ishtirokini kengaytirish

IT Park Uzbekistan mamlakatning rivojlanayotgan texnologiya va autsorsing markazi sifatidagi mavqeyini mustahkamlashda davom etmoqda. Bugungi kunda uning ekotizimi 4 100 dan ortiq rezident kompaniyani, jumladan, xorijiy ishtirokdagi 1 200 dan ortiq kompaniyani birlashtiradi. Ushbu kompaniyalarda 56 mingdan ortiq mutaxassisfaoliyat yuritib, yangi ish o‘rinlarini yaratish va mamlakatning texnologik kadrlar salohiyatini rivojlantirishga hissa qo‘shmoqda.

1 100 dan ortiq eksportchi kompaniya dunyoning 102 ta davlatiga xizmat ko‘rsatayotgani O‘zbekistonning xalqaro texnologiya bozorlariga integratsiyalashuvini kuchaytirmoqda.

IT Park Uzbekistan taqdim etgan so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari eksporti 1,1 milliard AQSH dollaridan oshgan. Bu mamlakatning xalqaro biznes faoliyati kengayib borayotganini ko‘rsatadi.

Raqobatbardosh soliq imtiyozlari, rivojlanayotgan infratuzilma va xalqaro hamkorlik IT Park Uzbekistan’ga xorijiy texnologiya kompaniyalarini jalb etish hamda eksportga yo‘naltirilgan biznes uchun yangi imkoniyatlar yaratishda xizmat qilmoqda.

Xalqaro e’tirof va kelgusi rivojlanish

O‘zbekistonning texnologik ekotizimi xalqaro miqyosda tobora ko‘proq e’tirof etilmoqda. StartupBlink Global Startup Ecosystem Index 2026 reytingida O‘zbekiston «Yil mamlakati — 2026» (Country of the Year 2026) deb e’tirof etildi va 227,3 foizlik o‘sish ko‘rsatkichi bilan dunyodagi eng tez rivojlanayotgan startap ekotizimi sifatida qayd etildi. Mamlakat ikki yil davomida 31 pog‘onaga ko‘tarilib, jahon reytingida 79-o‘rinni, Toshkent esa dunyo startap shaharlari orasida 229-o‘rinni egalladi.

Dealroom ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilda O‘zbekiston startap ekotizimining taxminiy umumiy qiymati 4,3 milliard AQSH dollariga yetgan. Bu texnologik tadbirkorlik va investitsiya faoliyatining kengayib borayotganini aks ettiradi.

IT Park Uzbekistan’ning fDi Intelligence tomonidan e’tirof etilishi O‘zbekistonning investitsiyalar uchun qulay siyosat, rivojlanayotgan raqamli infratuzilma va malakali texnologiya mutaxassislariga tayangan holda xalqaro raqobatbardosh texnologiya sektorini shakllantirish yo‘lidagi navbatdagi muhim yutug‘idir.

Previous Post

Qozog‘iston investorlar uchun raqamli «oltin viza» joriy etadi

Next Post

O‘zbekistonda biznes peshlavhalari uchun reklama joyi pasporti talabi bekor qilindi

Pivot

Related Posts

O‘zbekiston va Xitoy sun’iy intellekt sohasidagi hamkorlikni kengaytiradi

O‘zbekiston va Xitoy sun’iy intellekt sohasidagi hamkorlikni kengaytiradi

Oktabr 16, 2026
O‘zbekiston ma’lumotlarni xorijda saqlash qoidalarini yumshatdi

Please login to join discussion

false

  • Latest
  • Trending
  • Comments
O‘zbekistonda biznes peshlavhalari uchun reklama joyi pasporti talabi bekor qilindi

O‘zbekistonda biznes peshlavhalari uchun reklama joyi pasporti talabi bekor qilindi

Oktabr 17, 2026
IT Park Uzbekistan fDi Intelligence Global Free Zones Awards 2026 mukofotida Osiyo-Tinch okeani mintaqasining eng yaxshi bilimlar zonasi deb e’tirof etildi

IT Park Uzbekistan fDi Intelligence Global Free Zones Awards 2026 mukofotida Osiyo-Tinch okeani mintaqasining eng yaxshi bilimlar zonasi deb e’tirof etildi

Oktabr 17, 2026
Qozog‘iston investorlar uchun raqamli «oltin viza» joriy etadi

Qozog‘iston investorlar uchun raqamli «oltin viza» joriy etadi

Oktabr 17, 2026
O‘zbekiston va Xitoy sun’iy intellekt sohasidagi hamkorlikni kengaytiradi

O‘zbekiston va Xitoy sun’iy intellekt sohasidagi hamkorlikni kengaytiradi

Oktabr 16, 2026

Maktabni tashlab, $6,2 million yig‘gan yigit: Nozomio hikoyasi

Oktabr 2, 2025
Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Yanvar 6, 2026
Andijonlik asoschi bilan ochiq suhbat: Higgsfield AI ortidagi Alex Mashrabov

Andijonlik asoschi bilan ochiq suhbat: Higgsfield AI ortidagi Alex Mashrabov

Noyabr 16, 2025
San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

Yanvar 4, 2025
Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

2025 yilda NATOning 1 milliard evrolik innovatsion jamg’armasi qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan VK turlari NATOning 24 ittifoqdoshi tomonidan qo’llab-quvvatlangan jamg’arma hozirgacha oltita VC fondiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.

We are the Intelligence Platform for Founders & Investors in Emerging Markets — combining news, data, and community to unlock opportunities across GCC, Central Asia, and frontier ecosystems.

Follow us

Categories

  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar

Pages

  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English

Recent Post

  • O‘zbekistonda biznes peshlavhalari uchun reklama joyi pasporti talabi bekor qilindi
  • IT Park Uzbekistan fDi Intelligence Global Free Zones Awards 2026 mukofotida Osiyo-Tinch okeani mintaqasining eng yaxshi bilimlar zonasi deb e’tirof etildi
  • Qozog‘iston investorlar uchun raqamli «oltin viza» joriy etadi
  • Privacy policy

© 2025 Pivot

Welcome Back!

Sign In with Google
Sign In with Linked In
OR

Login to your account below

Forgotten Password?

Retrieve your password

Please enter your username or email address to reset your password.

Log In
No Result
View All Result
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
  • Login
  • Cart
  • uz Uzbek
  • en English

© 2025 Pivot

Are you sure want to unlock this post?
Unlock left : 0
Are you sure want to cancel subscription?