Bosh direktor sifatida Azamat Karamatov mamlakatda axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirish, startap va venchur ekotizimini qo‘llab-quvvatlash, IT Park rezidentlari faoliyatini kengaytirish, IT xizmatlar eksportini oshirish hamda xalqaro texnologik kompaniyalarni O‘zbekistonga jalb etish bo‘yicha strategik vazifalar uchun mas’ul hisoblanadi.
Shuningdek, u IT Park faoliyatining samaradorligini ta’minlash, innovatsion loyihalarni rivojlantirish va raqamli iqtisodiyot yo‘nalishidagi tashabbuslarni amalga oshirishni muvofiqlashtiradi.
Yangi lavozimga tayinlanishidan oldin u IT Park Uzbekistan huzuridagi “IT Park Ventures” MChJ bosh direktori lavozimida faoliyat yuritgan.















