Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
  • Login
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
Pivot

Oʻzbekiston mintaqaviy venchur bitimlarida yetakchilik qilmoqda, ammo exit jarayonlari ortda qolmoqda

by Pivot
Sentabr 7, 2026
in Bozor ma'lumotlari va hisobotlari
Reading Time: 3 mins read
A A
Oʻzbekiston mintaqaviy venchur bitimlarida yetakchilik qilmoqda, ammo exit jarayonlari ortda qolmoqda
Share on FacebookShare on TwitterShare on Telegram

2026-yilning birinchi yarmida O‘zbekiston Rossiyadan tashqari MDH mamlakatlaridagi venchur bitimlarning 76 foizini qayd etdi. Mamlakatda 44 ta bitim amalga oshirilgan bo‘lsa, mintaqa bo‘yicha jami ko‘rsatkich 58 tani tashkil qilgan. Shu davrda O‘zbekiston fondlari kapitali yana $30 mln ga oshgan.

DSIGHT, B1, T-Bank va KAMA FLOW tomonidan tayyorlangan Venture Eurasia H1 2026 hisobotiga ko‘ra, yanvar–iyun oylarida Rossiyadan tashqari MDH mamlakatlarida 58 ta venchur bitim qayd etilgan.

O‘zbekiston 44 ta bitim bilan 76 foizlik ulushni egallagan. Bu ko‘rsatkich investitsiya qilingan jami mablag‘ning 76 foizini anglatmaydi. Asosiy faollik pre-seed va seed bosqichlaridagi bitimlarga to‘g‘ri kelgan. Hisobotda Uzum kabi yirik raundlardan tashqari dastlabki bosqichdagi ko‘plab investitsiyalar $10 mingdan $300 minggacha bo‘lgan.

Bitimlar bo‘yicha asosiy investorlar
O‘zbekistondagi 2026-yilning birinchi yarmidagi venchur faollikda bir nechta mahalliy fondlar yetakchilik qilgan:

FondBitimlar soni
Yoshlar Ventures13
Aloqa Ventures11
IT Park Ventures10
Imkon Ventures7
United Ventures3

Ushbu besh fond jami 44 ta bitimning 44 tasida иштирок etgan va O‘zbekistondagi venchur faollikning asosiy qismini tashkil qilgan.

Fondlarga yana $30 mln qo‘shildi
2026-yilning birinchi yarmida O‘zbekiston venchur fondlari kapitali $30 mln ga oshgan.
Yoshlar Ventures fond hajmini $10 mln dan $20 mlnga yetkazdi. Qo‘shimcha kapital $10 mlnni tashkil qilgan. Fond 2027-yilgacha hajmini $30 mln ga olib chiqishni rejalashtirgan.
IT Park Ventures esa fond kapitalini $10 mln dan $30 mlnga oshirdi. Qo‘shimcha $20 mln mablag‘ Seed va Series A bosqichidagi kompaniyalarga investitsiya qilish uchun yo‘naltiriladi.
IT Park Ventures yangi strategiyasida bitta startapga $3 mln gacha investitsiya qilish imkoniyatini ham ko‘rib chiqmoqda.

Bozor pre-seed’dan keyingi bosqichga o‘tmoqda
O‘zbekistondagi dastlabki bosqich investitsiyalarining katta qismi hali ham nisbatan kichik cheklardan iborat. Ayrim mahalliy fondlarda median investitsiya miqdori:

  • Aloqa Ventures — $20 ming;
  • Yoshlar Ventures — $30 ming;
  • IT Park Ventures — $50 ming.

Fondlar kapitalining oshishi esa startaplarni faqat g‘oya va dastlabki mahsulot bosqichida emas, Seed va Series A bosqichlarida ham moliyalashtirish imkoniyatini kengaytirmoqda. 2026-yilda bozorga Hayot Ventures ham yangi pre-seed investor sifatida qo‘shildi.

Bitimlar ko‘p, exitlar esa hali kam
Venture Eurasia hisobotidagi yana bir ko‘rsatkich O‘zbekiston venchur bozorining hozirgi bosqichini ko‘rsatadi.

2026-yilning birinchi yarmida Rossiyadan tashqari MDH bozorida jami 3 ta M&A yoki exit qayd etilgan. Ularning barchasi Qozog‘istonda amalga oshirilgan. O‘zbekistonda esa hisobot davrida exit qayd etilmagan.

Venchur investitsiyada bitimlar soni bilan bir qatorda investorning kompaniyadagi ulushini sotishi yoki kompaniyaning yirik biznes tomonidan sotib olinishi kabi exit mexanizmlari ham muhim ko‘rsatkich hisoblanadi.

O‘zbekiston hozircha asosan yangi bitimlar va dastlabki bosqichdagi kapital bo‘yicha o‘smoqda. Keyingi bosqich esa ushbu startaplarning yirik raundlargaracha yetib borishi va investorlar uchun exit imkoniyatlarining paydo bo‘lishi bilan bog‘liq.

Raqamlar nimani ko‘rsatmoqda?

2026-yilning birinchi yarmidagi asosiy ko‘rsatkichlar:
44 ta — O‘zbekistondagi venchur bitimlar
76% — mintaqadagi bitimlar sonida O‘zbekiston ulushi
$30 mln — fond kapitaliga qo‘shilgan mablag‘
$20 mln — Yoshlar Ventures fondining yangi hajmi
$30 mln — IT Park Ventures fondining yangi hajmi
3 ta — mintaqadagi M&A va exitlar
0 ta — O‘zbekistonda qayd etilgan exit

Shu ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonning venchur bozori hozircha bitimlar soni va dastlabki bosqichdagi investitsiyalar bo‘yicha tez kengaymoqda. Fondlarning kattalashishi esa bozorning keyingi bosqichdagi kompaniyalarga ham kapital yetkazish imkoniyatini oshirmoqda.

Previous Post

Katta til modellari oddiy tovarga aylanmaydi

Next Post

BMT AI ustidan xalqaro nazorat o‘rnatishga chaqirdi

Pivot

Related Posts

Qozog‘iston startap bozori o‘smoqda. Keyingi muammo — global ekspansiya

Qozog‘iston startap bozori o‘smoqda. Keyingi muammo — global ekspansiya

Oktabr 6, 2026
Startapga investitsiyani qayerdan jalb qilish mumkin?

Startapga investitsiyani qayerdan jalb qilish mumkin?

Sentabr 2, 2026
O‘zbekiston startap ekotizimida birgalikda investitsiya kiritish madaniyati shakllanmoqda

O‘zbekiston startap ekotizimida birgalikda investitsiya kiritish madaniyati shakllanmoqda

Avgust 27, 2026
O’zbekiston-Qozog’iston savdosidagi to’siqlar 10-avgustdan bekor bo’ladi

O’zbekiston-Qozog’iston savdosidagi to’siqlar 10-avgustdan bekor bo’ladi

Avgust 8, 2026
Next Post
BMT AI ustidan xalqaro nazorat o‘rnatishga chaqirdi

BMT AI ustidan xalqaro nazorat o‘rnatishga chaqirdi

O‘zbekistonda aholi jon boshiga YAIM 28 mln so‘mga yaqinlashdi

O‘zbekistonda aholi jon boshiga YAIM 28 mln so‘mga yaqinlashdi

Please login to join discussion

false

  • Latest
  • Trending
  • Comments
Google Gemini 4 Argon modelini global miqyosda taqdim etdi

Google Gemini 4 Argon modelini global miqyosda taqdim etdi

Oktabr 15, 2026
AI dunyo bo‘yicha ish o‘rinlarining 40 foiziga ta’sir qilishi mumkin

AI dunyo bo‘yicha ish o‘rinlarining 40 foiziga ta’sir qilishi mumkin

Oktabr 15, 2026
TEG AQSh fond bozoriga chiqqan ilk o‘zbekistonlik kompaniya bo‘ldi

TEG AQSh fond bozoriga chiqqan ilk o‘zbekistonlik kompaniya bo‘ldi

Oktabr 15, 2026
O‘zbekistonda 50 MVt quvvatli, atom energiyasida ishlaydigan data-markaz qurilishi rejalashtirilmoqda

O‘zbekistonda 50 MVt quvvatli, atom energiyasida ishlaydigan data-markaz qurilishi rejalashtirilmoqda

Oktabr 15, 2026

Maktabni tashlab, $6,2 million yig‘gan yigit: Nozomio hikoyasi

Oktabr 2, 2025
Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Yanvar 6, 2026
Andijonlik asoschi bilan ochiq suhbat: Higgsfield AI ortidagi Alex Mashrabov

Andijonlik asoschi bilan ochiq suhbat: Higgsfield AI ortidagi Alex Mashrabov

Noyabr 16, 2025
San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

Yanvar 4, 2025
Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

2025 yilda NATOning 1 milliard evrolik innovatsion jamg’armasi qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan VK turlari NATOning 24 ittifoqdoshi tomonidan qo’llab-quvvatlangan jamg’arma hozirgacha oltita VC fondiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.

We are the Intelligence Platform for Founders & Investors in Emerging Markets — combining news, data, and community to unlock opportunities across GCC, Central Asia, and frontier ecosystems.

Follow us

Categories

  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar

Pages

  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English

Recent Post

  • Google Gemini 4 Argon modelini global miqyosda taqdim etdi
  • AI dunyo bo‘yicha ish o‘rinlarining 40 foiziga ta’sir qilishi mumkin
  • TEG AQSh fond bozoriga chiqqan ilk o‘zbekistonlik kompaniya bo‘ldi
  • Privacy policy

© 2025 Pivot

Welcome Back!

Sign In with Google
Sign In with Linked In
OR

Login to your account below

Forgotten Password?

Retrieve your password

Please enter your username or email address to reset your password.

Log In
No Result
View All Result
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
  • Login
  • Cart
  • uz Uzbek
  • en English

© 2025 Pivot

Are you sure want to unlock this post?
Unlock left : 0
Are you sure want to cancel subscription?