Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
  • Login
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
Pivot

Qozog‘iston startap bozori o‘smoqda. Keyingi muammo — global ekspansiya

by Pivot
Oktabr 6, 2026
in Bozor ma'lumotlari va hisobotlari
Reading Time: 5 mins read
A A
Qozog‘iston startap bozori o‘smoqda. Keyingi muammo — global ekspansiya
Share on FacebookShare on TwitterShare on Telegram

Qozog‘iston startap ekotizimi so‘nggi yillarda jadal rivojlandi. 2026-yilgi Kazakhstan Startup Landscape hisobotiga ko‘ra, RISE bazasiga Qozog‘istondagi 1 500 dan ortiq startap va texnologik kompaniya kiritilgan. Shuningdek, mamlakatda 203 dan ziyod venchur investitsiya olgan kompaniya va birinchi “yunikorn” mavjud. Venture kapital hajmi 2020-yildagi $20 milliondan 2025-yilda $209 millionga yetdi. 2026-yilda esa RISE Research bu ko‘rsatkich $460 milliondan oshishini prognoz qilmoqda.

Bu raqamlar bir qarashda ekotizim o‘zining asosiy muammosini — kapital va startaplar yetishmasligini — yengib o‘tayotgandek taassurot qoldiradi. Ammo hisobotning eng muhim xulosasi boshqa joyda. Startap ulg‘aygani sari uning muammosi ham o‘zgaradi.

Startapning ilk bosqichida asosiy savol oddiy: “Qanday qilib pul topamiz?”

Idea bosqichidagi kompaniyalarning 37 foizi, MVP bosqichidagilarning 40 foizi funding yetishmasligini asosiy o‘sish to‘sig‘i deb ko’rsatgan. Ammo kompaniya ilk foydalanuvchilarini topgach, muammo o’zgaradi. First users bosqichida customer acquisition va sales 42 foiz bilan eng katta muammoga aylanadi. Kompaniya muntazam daromad ola boshlaganida esa bu ko‘rsatkich yanada yuqori: regular revenue bosqichidagi kompaniyalarning 47 foizi, active growth bosqichidagilarning 43 foizi customer acquisition va salesni asosiy bottleneck sifatida ko‘rsatgan.

Bu jarayonni quyidagicha ko‘rish mumkin:
Idea → kapital
MVP → kapital
First users → mijozlar
Revenue → sotuv
Growth → masshtablash

Ya’ni startap uchun kapital zarur, ammo kapitalning o‘zi kompaniyani o’stirmaydi. U kompaniyaga mijoz topish imkonini beradi. Shuning uchun kompaniya ma’lum bosqichga yetgach, “qancha pul jalb qildi?” degan savoldan ko‘ra “shu pul evaziga qancha real talab yaratdi?” degan savol muhimroq bo‘ladi.

Hisobotga ko‘ra, early-stage kompaniyalarning 47 foizi, scaling kompaniyalarning 48 foizi kelgusi 12 oy uchun xalqaro bozorga chiqishni ustuvor yo‘nalish sifatida ko’rsatgan. Ammo xalqaro bozorga chiqish istagi bilan real natija o‘rtasida sezilarli farq bor.

Early-stage kompaniyalarning atigi 16 foizi xorijda pul to‘laydigan mijozga ega. Scaling kompaniyalarda esa bu ko‘rsatkich 40 foiz. Shunday qilib, scaling bosqichidagi kompaniyalar xalqaro bozorda paying customer topish bo‘yicha early-stage kompaniyalardan 2,5 baravar oldinda.

Bu Qozog‘iston startaplari uchun muammo xalqaro bozorda ishlash istagining yo‘qligida emasligini ko‘rsatadi. Asosiy masala — ijro, sotuv kanallari va kerakli bozorga kirish imkoniyati.

Nega global bozorga chiqish qiyin?

Early-stage kompaniyalarning 34 foizi xalqaro ekspansiya uchun budjet yetishmasligini asosiy muammo deb ko’rsatgan. Scaling kompaniyalarda esa moliyadan ko‘ra boshqa muammo ustun: 33 foiz kompaniya xorijda sales team yoki hamkorlari yo‘qligini asosiy to‘siq sifatida qayd etgan.

Bundan tashqari, scaling kompaniyalarning 15 foizi xorijiy bozordagi mahalliy presence, huquqiy talablar, tartibga solish va to‘lov tizimlari bilan bog‘liq masalalarni muammo sifatida ko’rsatgan. Demak, kompaniya rivojlangani sari muammo yana o‘zgaradi:

Early-stage:
“Xorijga chiqish uchun pulimiz yetmaydi.”

Scaling:
“Xorijga chiqdik, lekin u yerda sotadigan odamimiz va hamkorimiz yo‘q.”

Bunga mahalliy presence bilan bog‘liq huquqiy, regulatory va payment muammolari ham qo‘shiladi. Scaling kompaniyalarning 15 foizi aynan shu omillarni asosiy to‘siq sifatida ko‘rsatgan.

Founderlar uchun network ham kapital kabi muhim

Hisobot muammoning yana bir tomonini founderlar bilan suhbatlar orqali ko’rsatadi. 30 founderning 15 nafari investorlarni jalb qilish qiyinligini asosiy muammo sifatida qayd etgan. 8 nafari mahalliy kapital yetishmasligini, 7 nafari esa Qozog‘istonda Series A yoki growth-stage bosqichlari uchun kapital cheklanganini aytgan.

Yana 6 founder xorijiy investorlar kompaniyadan boshqa mamlakatda relocation yoki presence bo‘lishini kutishini ta’kidlagan. Xalqaro ekspansiya haqida gap ketganda esa boshqa muammolar oldinga chiqadi:

12 founder — madaniy va til farqlarini;
8 founder — target bozorda network va reputation yo‘qligini;
4 founder — tartibga solish masalalarini;
2 founder — viza va immigratsiya cheklovlarini muammo sifatida ko‘rsatgan.

Shu bilan birga, 30 founderning 26 nafari network va relationshipsni kompaniya o‘sishi uchun muhim omil deb baholagan. Demak, kompaniya kattalashgani sari uning ehtiyoji faqat moliyaviy resurslar bilan cheklanmaydi. Investorlar, mijozlar, hamkorlar, mahalliy ekspertlar va xalqaro aloqalar ham o‘sish infratuzilmasining bir qismiga aylanadi.

2020-yilda $20 million bo‘lgan venture funding 2025-yilda $209 millionga yetdi. 2026-yil uchun esa $460 milliondan ortiq prognoz mavjud. Bu taxminan 23 baravar o’sish. Ammo bu raqamni shunchaki “Qozog‘istonda venture boom boshlandi” deb talqin qilishga shoshilmaslik kerak. Chunki hisobotning o‘zi kapital o‘sishi concentrated ekanini ta’kidlaydi. 2025-yil Qozog‘iston startap ekotizimi uchun burilish nuqtasi bo‘ldi: Higgsfield birinchi unicornga aylandi va uning katta funding roundlari umumiy venture hajmining keskin o‘sishiga sezilarli hissa qo‘shdi.

Shuning uchun ikki ko‘rsatkichni alohida ko‘rish kerak: Qozog‘istonda katta hajmdagi venture kapital paydo bo‘lyaptimi? — Ha. Bu kapital ko‘plab kompaniyalarning keyingi bosqichga chiqishini ta’minlaydigan chuqur venchur bozori shakllanganini anglatadimi? — Hali bunga to‘liq javob berish qiyin.

Higgsfield Qozog‘iston ekotizimi uchun alohida ahamiyatga ega. Hisobotga ko‘ra, kompaniya 2023-yilda tashkil etilgan, Series B bosqichiga yetgan, jami $538 mln mablag‘ jalb qilgan va 30 mln.dan ortiq global foydalanuvchiga ega.

Bu Qozog‘istondan turib global kompaniya qurish mumkinligini ko’rsatadi. Endi ekotizim uchun muhim masala bunday natijani takrorlash imkoniyati bilan bog‘liq. Agar keyingi yillarda yana bir nechta Qozog‘iston kompaniyasi global miqyosda shunga o‘xshash natijaga erishsa, Higgsfield alohida muvaffaqiyat emas, balki shakllangan startup pipelinening bir qismi sifatida ko‘rilishi mumkin.

Qozog‘iston startap ekotizimi kapital va startaplar sonini oshirish bosqichidan global miqyosda o‘sish bosqichiga o‘tmoqda. Endi asosiy muammo faqat investitsiya jalb qilish emas, balki mijoz topish, xalqaro bozorlarga chiqish va kompaniyalarni scale qilishdir. Higgsfield misoli bunday kompaniyalarni yaratish mumkinligini ko‘rsatdi. Endi Qozog‘iston uchun asosiy vazifa — bitta muvaffaqiyatli unicorn emas, balki global kompaniyalarni muntazam yaratadigan ekotizimni shakllantirish.

Maqola RISE Research — Kazakhstan Startup Landscape 2026 hisoboti asosida yozildi. Hisobot 602 ta kompaniya so‘rovi, 30 ta founder intervyusi, Astana Hub ma’lumotlari va venture deal bazasi asosida tayyorlangan.

Previous Post

O‘zbekiston va Belarus savdosi 8 oyda $731,3 mlnga yetdi

Next Post

Anthropic IPO hujjatida AI xavflari haqida ogohlantirdi

Pivot

Related Posts

Oʻzbekiston mintaqaviy venchur bitimlarida yetakchilik qilmoqda, ammo exit jarayonlari ortda qolmoqda

Oʻzbekiston mintaqaviy venchur bitimlarida yetakchilik qilmoqda, ammo exit jarayonlari ortda qolmoqda

Sentabr 7, 2026
Startapga investitsiyani qayerdan jalb qilish mumkin?

Startapga investitsiyani qayerdan jalb qilish mumkin?

Sentabr 2, 2026
O‘zbekiston startap ekotizimida birgalikda investitsiya kiritish madaniyati shakllanmoqda

O‘zbekiston startap ekotizimida birgalikda investitsiya kiritish madaniyati shakllanmoqda

Avgust 27, 2026
O’zbekiston-Qozog’iston savdosidagi to’siqlar 10-avgustdan bekor bo’ladi

O’zbekiston-Qozog’iston savdosidagi to’siqlar 10-avgustdan bekor bo’ladi

Avgust 8, 2026
Next Post
Anthropic IPO hujjatida AI xavflari haqida ogohlantirdi

Anthropic IPO hujjatida AI xavflari haqida ogohlantirdi

Meta’ning Muse AI-agenti AQSh App Store’da 1-o‘ringa chiqdi

Meta’ning Muse AI-agenti AQSh App Store’da 1-o‘ringa chiqdi

Please login to join discussion

false

  • Latest
  • Trending
  • Comments
Turkiya 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarni cheklaydi

Turkiya 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarni cheklaydi

Oktabr 12, 2026
Anthropic $42 mlrd zarar ko‘rganiga qaramay $2 trlnga baholanishi mumkin

Anthropic $42 mlrd zarar ko‘rganiga qaramay $2 trlnga baholanishi mumkin

Oktabr 12, 2026
AI aktyorlarni almashtiryaptimi? Endi ularning raqamli qiyofasi ham litsenziyalanmoqda

AI aktyorlarni almashtiryaptimi? Endi ularning raqamli qiyofasi ham litsenziyalanmoqda

Oktabr 12, 2026
Yandex’dagi uzilishlar O‘zbekiston bozoriga qanday ta’sir qiladi?

Yandex’dagi uzilishlar O‘zbekiston bozoriga qanday ta’sir qiladi?

Oktabr 12, 2026

Maktabni tashlab, $6,2 million yig‘gan yigit: Nozomio hikoyasi

Oktabr 2, 2025
Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Yanvar 6, 2026
Andijonlik asoschi bilan ochiq suhbat: Higgsfield AI ortidagi Alex Mashrabov

Andijonlik asoschi bilan ochiq suhbat: Higgsfield AI ortidagi Alex Mashrabov

Noyabr 16, 2025
San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

Yanvar 4, 2025
Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

2025 yilda NATOning 1 milliard evrolik innovatsion jamg’armasi qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan VK turlari NATOning 24 ittifoqdoshi tomonidan qo’llab-quvvatlangan jamg’arma hozirgacha oltita VC fondiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.

2025 yilda NATOning 1 milliard evrolik innovatsion jamg’armasi qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan VK turlari NATOning 24 ittifoqdoshi tomonidan qo’llab-quvvatlangan jamg’arma hozirgacha oltita VC fondiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.

Pivot

We are the Intelligence Platform for Founders & Investors in Emerging Markets — combining news, data, and community to unlock opportunities across GCC, Central Asia, and frontier ecosystems.

Follow us

Categories

  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar

Pages

  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English

Recent Post

  • Turkiya 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarni cheklaydi
  • Anthropic $42 mlrd zarar ko‘rganiga qaramay $2 trlnga baholanishi mumkin
  • AI aktyorlarni almashtiryaptimi? Endi ularning raqamli qiyofasi ham litsenziyalanmoqda
  • Privacy policy

© 2025 Pivot

Welcome Back!

Sign In with Google
Sign In with Linked In
OR

Login to your account below

Forgotten Password?

Retrieve your password

Please enter your username or email address to reset your password.

Log In
No Result
View All Result
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
  • Login
  • Cart
  • uz Uzbek
  • en English

© 2025 Pivot

Are you sure want to unlock this post?
Unlock left : 0
Are you sure want to cancel subscription?