Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
  • Login
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
Pivot

TTLK: Moda sanoatida texnologik inqilob

by Gulnoza Sobirova
Dekabr 16, 2024
in Startaplar
Reading Time: 4 mins read
A A
TTLK: Moda sanoatida texnologik inqilob
Share on FacebookShare on TwitterShare on Telegram

So‘nggi yillarda moda e-tijorat sanoati sezilarli o‘sishga erishdi. Ammo mijozlarni jalb qilish narxining oshishi va foydaning pasayishi ushbu sohada innovatsion texnologik yechimlarga ehtiyojni ko‘rsatdi. TTLK bu muammolarni hal qilishga qaratilgan startap bo‘lib, sun’iy intellekt yordamida mijozlarga o‘ziga xos uslubni kashf etish, chakana sotuvchilarga esa reklama xarajatlarini optimallashtirish imkonini beradi.

TTLK nima va u qanday ishlaydi?

TTLK – bu sun’iy intellektga asoslangan bepul platforma bo’lib, foydalanuvchilarga o’z xohishlariga ko’ra shaxsiy kiyim tavsiya qiladi. Pinterest, Instagram va Tinder xususiyatlarini birlashtirgan TTLK foydalanuvchilarga quyidagi imkoniyatlar beradi:

  • Sevimli kiyim-kechaklarni tanlash va ularga ovoz berish.
  • Shaxsiy kolleksiyalar yaratish.
  • Chakana sotuvchilar bilan tezda bog‘lanib, tanlangan mahsulotlarni xarid qilish.

Bu qulay platforma foydalanuvchilar uchun mutlaqo bepul.

TTLK g‘oyasi

Moda e-tijorat sohasida o‘tkazilgan tadqiqotlar quyidagilarni ko‘rsatdi:

  • 2019-yilda mijoz jalb qilish narxi $0.5 bo‘lgan bo‘lsa, bugungi kunda bu raqam $2.5 ga yetdi.
  • Chakana foyda marjasi 44% ga kamaydi.
  • Mahsulotlar narxi 21,4 foizga oshdi.

Bundan tashqari, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining 70% mahsulotlarni ko‘rib chiqsa-da, sotib ololmasdan qoladi, bu esa $45 milliard potensial daromad yo‘qotilishiga olib keladi. TTLK ushbu muammolarni hal qilish va iste’molchilar bilan chakana sotuvchilar o‘rtasidagi to’siqni yo‘qotish uchun yaratilgan.

Dastlabki qadamlar va qiyinchiliklar

TTLK tizimini yaratishda dastlab ma’lumotlar yetishmasligi asosiy muammo bo‘ldi. Mashina o‘qitish (ML) tizimini o‘rgatish uchun ma’lumot kerak edi, bu esa sotuvchilarni platformaga jalb qilishni talab qilardi. Shu bilan birga, sotuvchilarni jalb qilish uchun tizimning funksional va ishlashga tayyor bo‘lishi lozim edi. Shunga qaramay, jamoa hozirga kelib 20 dan ortiq sotuvchilar bilan muvaffaqiyatli hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi.

TTLK qanday daromad oladi?

Foydalanuvchilar uchun bepul bo‘lsa-da, TTLK daromadni hamkor chakana sotuvchilardan oladi. Do‘konlar platforma orqali amalga oshirilgan har bir savdo uchun to‘lov yoki oylik obuna orqali to‘lov qiladi. Bugungi kunda Selfi va Nursace kabi taniqli brendlar TTLKning asosiy hamkorlari qatoriga kiradi.

Asosiy ko‘rsatkichlar: TTLKning hozirgi natijalari
  • Kunlik faol foydalanuvchilar: 3000+
  • O‘rtacha foydalanish vaqti: 37 daqiqa.
  • Yalpi foyda marjasi: 68%.
TTLKning raqobatchilardan ustunligi

TTLK o‘zini ijtimoiy tarmoqlar (Google, Instagram, TikTok) va marketpleyslar (brend vebsaytlari, Ozon, Wildberries) o‘rtasidagi ko‘prik sifatida ko’rsatadi. Ijtimoiy tarmoqlar mahsulotlarni namoyish qilsa, bozorlar sotuvga e’tibor qaratadi. TTLK ikkala funksiyani birlashtirib, foydalanuvchilar uchun qulay xarid jarayonini ta’minlaydi va sotuvchilar uchun reklama xarajatlarini qisqartiradi.

TTLKning kelajak rejalari

TTLK quyidagi strategiyalarni amalga oshirishni rejalashtirgan:

  • Influenserlar bilan hamkorlik: Blogerlar orqali mahsulotlarni ommalashtirish.
  • Kunlik ulashuvni rag‘batlantirish: Foydalanuvchilarning platformada faol bo‘lishini ta’minlash.
  • Individual tavsiyalar berish: Har bir foydalanuvchining ehtiyojlariga moslashtirilgan tavsiyalar berish.
TTLK jamoasi

TTLK jamoasi ko‘plab muvaffaqiyatli startaplarni ishga tushirgan tajribali mutaxassislardan iborat:

  • Akbarov Asilbek (CEO): Biznes operatsiyalarini nazorat qiladi.
  • Maxkamjonxojizoda Nurislombek (CPO): Mahsulot ishlab chiqishga e’tibor qaratadi.
  • Qosimov Temur (CTO): Texnologik rivojlanishni boshqaradi.
Startup qilmoqchi bo’lganlarga tavsiyalar

TTLK asoschisi Asilbekning ta’kidlashicha, har qanday startapni ishga tushirishdan oldin bozorni puxta o‘rganish muhim. Talab bo‘lmagan bozorda hatto eng yaxshi mahsulot ham muvaffaqiyatsizlikka uchrashi mumkin.

TTLK: Moda texnologiyasining kelajagi

TTLK – moda sanoatini zamonaviy texnologiyalar yordamida tubdan o‘zgartirayotgan startap. Bu mijozlar uchun qulay xarid jarayonini ta’minlab, sotuvchilarga marketing strategiyasini optimallashtirishda ko‘mak beradi va moda e-tijoratida yuqori standartlarni belgilaydi. Ushbu innovatsion startap President Tech Award tanlovida birinchi o’rinni qo’lga kiritib, 100 000 AQSh dollari miqdoridagi mukofotga ega bo’ldi va moda texnologiyalarining yetakchi startapiga aylandi.

Navro‘zaxon Bo‘riyeva

Previous Post

2025 yilda NATOning 1 milliard evrolik innovatsion jamg’armasi qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan VK turlari NATOning 24 ittifoqdoshi tomonidan qo’llab-quvvatlangan jamg’arma hozirgacha oltita VC fondiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.

Next Post

IT Park Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida vakolatxona ochdi

Gulnoza Sobirova

Related Posts

AI dasturchilar o‘rnini bosishga yaqinlashmoqda: Factory $5 mlrd bahoga yetdi

Sentabr 16, 2026
Nyu-Yorkda uylarni bepul tozalovchi startap ishga tushdi

Nyu-Yorkda uylarni bepul tozalovchi startap ishga tushdi

Iyul 27, 2026
Cyber Kalkan: O’zbek mobil ekotizimi uchun yangi kiberxavfsizlik platformasi

Cyber Kalkan: O’zbek mobil ekotizimi uchun yangi kiberxavfsizlik platformasi

May 22, 2026
Higgsfield AI: Series B raundi doirasida $4 milliardlik baho bilan yuzlab million dollar investitsiya jalb qilmoqda

Higgsfield AI: Series B raundi doirasida $4 milliardlik baho bilan yuzlab million dollar investitsiya jalb qilmoqda

May 2, 2026
Next Post
IT Park Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida vakolatxona ochdi

IT Park Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida vakolatxona ochdi

Oʻn dollarli matohlar sotiluvchisidan 31 milliardli kompaniya egasigacha

Oʻn dollarli matohlar sotiluvchisidan 31 milliardli kompaniya egasigacha

Please login to join discussion

false

  • Latest
  • Trending
  • Comments
Turkiya 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarni cheklaydi

Turkiya 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarni cheklaydi

Oktabr 12, 2026
Anthropic $42 mlrd zarar ko‘rganiga qaramay $2 trlnga baholanishi mumkin

Anthropic $42 mlrd zarar ko‘rganiga qaramay $2 trlnga baholanishi mumkin

Oktabr 12, 2026
AI aktyorlarni almashtiryaptimi? Endi ularning raqamli qiyofasi ham litsenziyalanmoqda

AI aktyorlarni almashtiryaptimi? Endi ularning raqamli qiyofasi ham litsenziyalanmoqda

Oktabr 12, 2026
Yandex’dagi uzilishlar O‘zbekiston bozoriga qanday ta’sir qiladi?

Yandex’dagi uzilishlar O‘zbekiston bozoriga qanday ta’sir qiladi?

Oktabr 12, 2026

Maktabni tashlab, $6,2 million yig‘gan yigit: Nozomio hikoyasi

Oktabr 2, 2025
Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Yanvar 6, 2026
Andijonlik asoschi bilan ochiq suhbat: Higgsfield AI ortidagi Alex Mashrabov

Andijonlik asoschi bilan ochiq suhbat: Higgsfield AI ortidagi Alex Mashrabov

Noyabr 16, 2025
San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

Yanvar 4, 2025
Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

2025 yilda NATOning 1 milliard evrolik innovatsion jamg’armasi qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan VK turlari NATOning 24 ittifoqdoshi tomonidan qo’llab-quvvatlangan jamg’arma hozirgacha oltita VC fondiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.

2025 yilda NATOning 1 milliard evrolik innovatsion jamg’armasi qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan VK turlari NATOning 24 ittifoqdoshi tomonidan qo’llab-quvvatlangan jamg’arma hozirgacha oltita VC fondiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.

Pivot

We are the Intelligence Platform for Founders & Investors in Emerging Markets — combining news, data, and community to unlock opportunities across GCC, Central Asia, and frontier ecosystems.

Follow us

Categories

  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar

Pages

  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English

Recent Post

  • Turkiya 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarni cheklaydi
  • Anthropic $42 mlrd zarar ko‘rganiga qaramay $2 trlnga baholanishi mumkin
  • AI aktyorlarni almashtiryaptimi? Endi ularning raqamli qiyofasi ham litsenziyalanmoqda
  • Privacy policy

© 2025 Pivot

Welcome Back!

Sign In with Google
Sign In with Linked In
OR

Login to your account below

Forgotten Password?

Retrieve your password

Please enter your username or email address to reset your password.

Log In
No Result
View All Result
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
  • Login
  • Cart
  • uz Uzbek
  • en English

© 2025 Pivot

Are you sure want to unlock this post?
Unlock left : 0
Are you sure want to cancel subscription?