Startup Garage O‘zbekistonda startap g‘oyalari va amaliy playbooklarga mo‘ljallangan Irshod.uz platformasini ishga tushirdi. Platforma yangi founderlarga startapni nimadan boshlash, g‘oyani qanday baholash va mahsulot yaratishdan oldin bozor talabini qanday tekshirish bo‘yicha amaliy yo‘l-yo‘riq berishni maqsad qilgan.
Irshod’ning asosiy tamoyili — “Avval tekshir, keyin qur.”
“Bizda g‘oyalar yetishmaydi, deb o‘ylamayman. Asosiy muammo — qaysi g‘oya haqiqiy imkoniyat ekanini aniqlash, uni tez va arzon tekshirish, keyin esa kompaniyaga aylantirish bo‘yicha amaliy tizimning yetishmasligi. Irshod’ni aynan shu bo‘shliqni to‘ldirish uchun quryapmiz”, — deydi Muhammad Xalil.
Playbooklar orqali startup qurish
Irshod’dagi materiallar oddiy maqolalardan ko‘ra amaliy playbook formatiga yo‘naltirilgan. Ularda muammoni aniqlash, ideal mijozni topish, customer interview o‘tkazish, raqobatchilarni o‘rganish va talabni smoke test yoki landing page orqali tekshirish kabi jarayonlar yoritiladi.
Platformaning maqsadi — founder mahsulotni oylar davomida ishlab chiqib, keyinchalik unga bozor talabi yo‘qligini aniqlashi kabi holatlarning oldini olish.
Platformada AgroTech, TourismTech, LogisticsTech, GovTech, SaaS, AI va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha kompaniyalar hamda startap imkoniyatlari tahlil qilinadi. Bunda asosiy e’tibor xorijiy kompaniyalarni ko‘chirishga emas, ular hal qilgan muammolarning O‘zbekistonda ham mavjudligini aniqlashga qaratiladi.
Agar muammo mahalliy bozorda ham mavjud bo‘lsa, keyingi bosqichda modelni mahalliy mijozlar, narxlar, distribution va bozor sharoitiga moslashtirish ko‘zda tutiladi.
Idea-to-company platformaga aylanishi mumkin
Hozirda Irshod startup g‘oyalari va playbooklar platformasi sifatida ish boshlagan. Kelajakda esa unda founderlar g‘oyalarni saqlashi, validation jarayonini yuritishi, customer interview natijalarini qayd etishi va eksperimentlarni kuzatishi mumkin bo‘lgan tizim yaratish rejalashtirilmoqda.
Natijada platforma oddiy bilim bazasidan idea-to-company tizimiga aylanishi mumkin. Founder g‘oyani topadi, uni tekshiradi, talabni baholaydi va shundan keyingina mahsulot yaratishga o‘tadi.
Startap bilimlarini o‘zbek tilida kengaytirish
Irshod’ning yana bir yo‘nalishi — startup qurishga oid amaliy bilimlarni o‘zbek tilida ko‘paytirish. Platformada yangi playbooklar va startap opportunity tahlillari muntazam e’lon qilib boriladi. Kelajakda founderlar, investorlar va soha ekspertlari o‘z bilim va tajribalarini ulasha oladigan marketplace yaratish ham rejalashtirilgan. Startup Garage’ning ta’kidlashicha, asosiy maqsad startap qurishni ko‘proq odam uchun tushunarli, amaliy va tizimli jarayonga aylantirish.
Irshod.uz hozir foydalanish uchun ochiq.












