Startap uchun investitsiya izlayotgan founderlar qaysi fond, investor yoki dasturlarga murojaat qilishi mumkin?
Ro‘yxatda angel investorlar, venchur fondlari, grant dasturlari, akselerator va inkubatorlar, shuningdek Markaziy Osiyodagi ayrim fondlar o‘rin olgan.
Angel investorlar va investorlar klublari
CS// Angels
Nexus Angel Club
Bahrom Abdukadirov
O‘zbekiston venchur fondlari
Aloqa Ventures
UzVC
IT Park Ventures
United Ventures
SQB Ventures
Hayot Ventures
UC Ventures
Semurg VC
AIS Ventures
Silkbridge Ventures
Sarmo Ventures
Paynet Ventures
X-Togo Capital
Yoshlar Ventures
Imkon Ventures
Sturgeon Capital
Domino Ventures
Big Sky Capital
2026-yilda IT Park Ventures fond kapitalini $10 mln dan $30 mln gacha oshirdi va Seed hamda Series A bosqichidagi texnologik startaplarga e’tiborini kuchaytirdi. Fond ayrim loyihalar uchun $3 mln gacha investitsiya ko‘rib chiqishi mumkin.
Yoshlar Ventures esa mahsuloti hali tayyor bo‘lmagan loyihalardan boshlab, global bozorga chiqayotgan startaplargacha moliyalashtirish imkoniyatlarini taklif qilmoqda. Fond sahifasida investitsiya miqdori bosqichga qarab 500 mln so‘mdan 5 mlrd so‘mgacha ekani ko‘rsatilgan.
Grant dasturlari
President Tech Award
World Bank MUNIS
Akselerator va inkubatorlar
Startup Garage
Plug and Play Uzbekistan
Google for Startups Silkway
Alchemist SVR
UzCombinator
IRA Tashkent
Techstars Uzbekistan
RS Bootcamp
Red Team Accelerator
Justart Venture Studio
Qozog‘iston venchur fondlari
Most Ventures
BYB Capital
MA7 Ventures
Big Sky Capital
Activat VC
Astana Hub Ventures
White Hill Capital
BGlobal Ventures
Axiom Capital
MyVentures
Ozarbayjon
Sabah Fund
Caucasus Ventures
Tojikiston
55 Group
Investitsiya olish jarayoni
Investorlar ro‘yxatini topish — jarayonning faqat birinchi bosqichi. Investor odatda startapga shunchaki “mana pul” deb mablag‘ bermaydi. U loyiha, bozor, jamoa, moliyaviy ko‘rsatkichlar va o‘sish imkoniyatlarini baholaydi.
Odatda jarayon quyidagicha kechadi:
1. Investor topish va murojaat qilish
Founder o‘z startapi bosqichiga, yo‘nalishiga va kerakli investitsiya miqdoriga mos investor yoki fondni tanlaydi va pitch deck, moliyaviy model hamda boshqa asosiy ma’lumotlarni taqdim etadi.
2. Pitch va muzokaralar
Investor startapning mahsuloti, bozori, jamoasi, traction’i va o‘sish strategiyasi bilan tanishadi. Loyiha qiziqish uyg‘otsa, investitsiya shartlari muhokama qilinadi.
3. Valuation va equity
Investor kompaniyaga qancha mablag‘ kiritishi va buning evaziga kompaniyaning qancha ulushini (equity) olishi kelishiladi. Masalan, kompaniya $1 mln ga baholansa va investor $200 ming kiritsa, kelishilgan tuzilishga qarab investor kompaniyaning ma’lum ulushiga ega bo‘ladi. Shuning uchun founder investitsiya miqdori bilan birga kompaniyaning qancha qismini berayotganini ham hisobga olishi kerak.
4. Due diligence
Bu bosqichda investor startap taqdim etgan ma’lumotlarni tekshiradi. Moliyaviy hisobotlar, kompaniyaning huquqiy hujjatlari, oldingi investitsiyalar, intellektual mulk, mijozlar, daromadlar va boshqa muhim ma’lumotlar ko‘rib chiqilishi mumkin.
5. Term sheet
Tomonlar asosiy shartlar bo‘yicha kelishsa, term sheet tayyorlanadi. Unda investitsiya miqdori, valuation, investor ulushi va boshqa muhim shartlar belgilanadi.
6. Hujjatlarni imzolash va investitsiya
Yakuniy hujjatlar kelishilib, imzolangach, bitim yopiladi va investitsiya mablag‘lari kompaniyaga o‘tkaziladi. Shu sababli startap uchun “investor topish” faqat kerakli fondning kontaktini topishdan iborat emas. Founder avval o‘z loyihasini investitsiyaga tayyorlashi, mos investorni tanlashi, muzokara olib borishi va kompaniya ulushi evaziga kapital jalb qilish shartlarini tushunishi kerak.
Ro‘yxat vaqt o‘tishi bilan yangilanib boradi. Yangi fondlar, investorlar yoki dasturlar paydo bo‘lsa, keyingi yangilanishlarda qo‘shib boriladi.
















