Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
  • Login
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
Pivot

Farhod Ibragimov Enterprise Uzbekistan rahbarligiga tayinlandi

by Pivot
Sentabr 5, 2026
in Siyosat va tartibga solish, Yangiliklar
Reading Time: 2 mins read
A A
Farhod Ibragimov Enterprise Uzbekistan rahbarligiga tayinlandi
Share on FacebookShare on TwitterShare on Telegram

Enterprise Uzbekistan Xalqaro raqamli texnologiyalar markazi boshqaruv raisi lavozimiga Farhod Ibragimov tayinlandi.

Korporativ axborot yagona portalida e’lon qilingan ma’lumotga ko‘ra, markaz boshqaruv tarkibi 2026-yil 2-sentabr kuni tasdiqlandi. Markazning sobiq rahbari Amir Mardiyev maxsus huquqiy rejim bo‘yicha boshqaruv raisining o‘rinbosari etib belgilandi. Shuningdek, yangi boshqaruv tarkibiga Elyor Maqsudov (ishtirokchilar bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosar), Bahodir Ayupov (xalqaro biznesni rivojlantirish bo‘yicha o‘rinbosar) va Sardorjon Ahmedov (operatsion boshqaruv bo‘yicha o‘rinbosar) kiritildi.

Farhod Ibragimov ushbu tayinlovga qadar — 2025-yil fevral oyidan buyon IT Park Uzbekistan Kuzatuv kengashi raisi sifatida faoliyat yuritib, ekotizimni strategik rivojlantirish va Enterprise Uzbekistan’ni tashkil etish jarayonlariga rahbarlik qilgan. U bundan avval, 2017-yil noyabr oyidan boshlab texnoparkni (dastlab Mirzo Ulug‘bek nomidagi Innovatsiya markazi) boshqarib kelgan edi.

Enterprise Uzbekistan xalqaro markazi o‘zining huquqiy maqomiga 2026-yil 20-avgustda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tegishli konstitutsiyaviy qonunni imzolagach ega bo‘ldi. Markazni tashkil etish bo‘yicha tayyorgarlik ishlari 2025-yil noyabrdagi farmonga muvofiq Tashkent shahridagi IT Park bazasida boshlangan edi. Prezident tomonidan tasdiqlangan konsepsiyaga ko‘ra, markazda 2100-yilgacha amal qiluvchi maxsus huquqiy rejim joriy etiladi. Bu rejim ingliz huquqi tamoyillari hamda tartibga solish «qumdoni» (regulatory sandbox) mexanizmlarini o‘z ichiga oladi.

Ushbu loyiha bank va moliya sohasiga ixtisoslashgan Toshkent xalqaro moliya markazi bilan bir qatorda mamlakatdagi ikkita maxsus yurisdiksiyadan biriga aylanadi. Har ikkala markaz faoliyati 2027-yilda yo‘lga qo‘yilishi va u orqali 20 milliarddan 25 milliard AQSh dollarigacha bo‘lgan investitsiyalarni jalb etish rejalashtirilgan.

Enterprise Uzbekistan faoliyati bevosita O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raislik qiladigan maxsus Kengash tomonidan boshqariladi. Kengash tarkibidan Bosh vazir Abdulla Aripov, Bosh vazir o‘rinbosari – iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov, raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov, adliya vaziri Akbar Toshqulov, Markaziy bank raisi Timur Ishmetov, Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktori Dmitriy Li hamda Prezident administratsiyasining Moliya texnologiyalari, raqamlashtirish va sun’iy intellekt departamenti rahbari Bobur Xodjayev joy olgan.

Previous Post

Imkon Ventures Dcard startapiga $20,000 investitsiya kiritdi

Next Post

Startup Garage Irshod.uz platformasini ishga tushirdi

Pivot

Related Posts

General Motors elektromobillar uchun to‘rtinchi avlod platformasini taqdim etdi

General Motors elektromobillar uchun to‘rtinchi avlod platformasini taqdim etdi

Oktabr 23, 2026
Google Cloud OpenAI modellarini platformasiga qo‘shib, bizneslar uchun AI tanlovini kengaytirmoqda

Google Cloud OpenAI modellarini platformasiga qo‘shib, bizneslar uchun AI tanlovini kengaytirmoqda

Oktabr 23, 2026
AQSh kompaniyasi Samarqandda ma’lumotlar markazi qurishni rejalashtirmoqda

AQSh kompaniyasi Samarqandda ma’lumotlar markazi qurishni rejalashtirmoqda

Oktabr 23, 2026
O‘zbekiston Visa, Nasdaq va Citi bilan moliya bozorini rivojlantirishni muhokama qildi

O‘zbekiston Visa, Nasdaq va Citi bilan moliya bozorini rivojlantirishni muhokama qildi

Oktabr 23, 2026
Next Post

Startup Garage Irshod.uz platformasini ishga tushirdi

Bojxona toʻlovini pasaytirilib, KOB moliyalashtirish kengaytiriladi

Bojxona toʻlovini pasaytirilib, KOB moliyalashtirish kengaytiriladi

Please login to join discussion

false

  • Latest
  • Trending
  • Comments
General Motors elektromobillar uchun to‘rtinchi avlod platformasini taqdim etdi

General Motors elektromobillar uchun to‘rtinchi avlod platformasini taqdim etdi

Oktabr 23, 2026
Google Cloud OpenAI modellarini platformasiga qo‘shib, bizneslar uchun AI tanlovini kengaytirmoqda

Google Cloud OpenAI modellarini platformasiga qo‘shib, bizneslar uchun AI tanlovini kengaytirmoqda

Oktabr 23, 2026
AQSh kompaniyasi Samarqandda ma’lumotlar markazi qurishni rejalashtirmoqda

AQSh kompaniyasi Samarqandda ma’lumotlar markazi qurishni rejalashtirmoqda

Oktabr 23, 2026
O‘zbekiston Visa, Nasdaq va Citi bilan moliya bozorini rivojlantirishni muhokama qildi

O‘zbekiston Visa, Nasdaq va Citi bilan moliya bozorini rivojlantirishni muhokama qildi

Oktabr 23, 2026

Maktabni tashlab, $6,2 million yig‘gan yigit: Nozomio hikoyasi

Oktabr 2, 2025
Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Yanvar 6, 2026
Andijonlik asoschi bilan ochiq suhbat: Higgsfield AI ortidagi Alex Mashrabov

Andijonlik asoschi bilan ochiq suhbat: Higgsfield AI ortidagi Alex Mashrabov

Noyabr 16, 2025
San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

Yanvar 4, 2025
Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

2025 yilda NATOning 1 milliard evrolik innovatsion jamg’armasi qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan VK turlari NATOning 24 ittifoqdoshi tomonidan qo’llab-quvvatlangan jamg’arma hozirgacha oltita VC fondiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.

We are the Intelligence Platform for Founders & Investors in Emerging Markets — combining news, data, and community to unlock opportunities across GCC, Central Asia, and frontier ecosystems.

Follow us

Categories

  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar

Pages

  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English

Recent Post

  • General Motors elektromobillar uchun to‘rtinchi avlod platformasini taqdim etdi
  • Google Cloud OpenAI modellarini platformasiga qo‘shib, bizneslar uchun AI tanlovini kengaytirmoqda
  • AQSh kompaniyasi Samarqandda ma’lumotlar markazi qurishni rejalashtirmoqda
  • Privacy policy

© 2025 Pivot

Welcome Back!

Sign In with Google
Sign In with Linked In
OR

Login to your account below

Forgotten Password?

Retrieve your password

Please enter your username or email address to reset your password.

Log In
No Result
View All Result
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
  • Login
  • Cart
  • uz Uzbek
  • en English

© 2025 Pivot

Are you sure want to unlock this post?
Unlock left : 0
Are you sure want to cancel subscription?