Qozog‘istonning Dasco Capital investitsiya kompaniyasi va Qazaqstan Investment Corporation (QIC) AI, raqamli texnologiyalar va kreativ industriyalarga yo‘naltiriladigan $50 millionlik Tolqyn AI Venture Fund bo‘yicha strategik hamkorlik kelishuvini imzoladi.
Fond mablag‘larining 50 foizi Qozog‘iston, Markaziy Osiyo va Kavkazdagi loyihalarga, qolgan qismi esa global bozorlardagi startaplarga yo‘naltirilishi rejalashtirilgan. Mintaqaviy portfelning asosiy bozori Qozog‘iston bo‘ladi.
Tolqyn AI Venture Fund sun’iy intellekt, raqamli texnologiyalar hamda kino, animatsiya va boshqa kreativ yo‘nalishlarda tez kengayish imkoniyatiga ega loyihalarni moliyalashtirishni ko‘zlamoqda. Fond Qozog‘iston startaplariga kapital jalb qilish bilan birga, xalqaro kompaniyalarga investitsiya qilish imkonini ham beradi.
QIC rahbariyatiga ko‘ra, fond mamlakatda texnologik va kreativ tadbirkorlikni rivojlantirish, mahalliy g‘oyalarni bozorda talabga ega mahsulot va kompaniyalarga aylantirishga xizmat qilishi kerak. Dasco Capital esa AI kino, animatsiya va kontent yaratish jarayonlarini keskin o‘zgartirayotganini ta’kidlamoqda.
Markaziy Osiyo uchun bu kelishuv muhim signal: mintaqadagi AI va kreativ texnologiyalar uchun yirikroq venchur kapital manbalari shakllanmoqda. Biroq QIC’ning fondga aniq qancha mablag‘ kiritishi va investitsiya shartlari hali fond hujjatlarida belgilanadi.
Manba: Trend.az













