Press ESC to close

BMT O‘zbekiston yalpi ichki mahsulotining 2025-yilda 5,9 foizga o‘sishini prognoz qilmoqda

Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Jahon iqtisodiy holati va istiqbollari 2025” (WESP 2025) hisobotida 2024-yilda 6,1 foiz o‘sishdan so‘ng, O‘zbekiston YaIM 2025-yilda 5,9 foizga o‘sishi prognoz qilinmoqda. 2026-yilda iqtisodiy o‘sish o‘rtacha 5,4% gacha bo‘lishi prognoz qilinmoqda.

Turizm O‘zbekiston iqtisodiyotini kengaytirishning muhim drayveri bo‘lib qolmoqda, deyiladi xabarda.

O‘zbekistonda inflyatsiya 2024-yildagi 9 foizdan 2025-yilda 7,4 foizgacha, 2026-yilda esa yana 5,2 foizgacha pasayishi kutilmoqda.

Dunyo bo‘yicha jahon savdosi hajmi Osiyodan sanoat mahsulotlari eksporti va faol xizmatlar savdosi hisobiga 2024-yilda 3,4 foizga o‘sib, 2025-yilda 3,2 foizga o‘sishi prognoz qilinmoqda. Biroq, savdo keskinligi, proteksionistik choralar va geosiyosiy noaniqliklar kabi xatarlar ushbu prognozlarga ta’sir qilishi mumkin.

Global inflyatsiyaning 2024-yildagi 4 foizdan 2025-yilda 3,4 foizgacha pasayishi uy xo‘jaliklari va tadbirkorlik subyektlari foydasiga bo‘lishi prognoz qilinmoqda. Inflyatsion bosim pasayishi bilan yirik markaziy banklar foiz stavkalarini pasaytirishda davom etishi kutilmoqda.

Ushbu pasayish tendensiyasiga qaramay, ba’zi rivojlanayotgan mamlakatlarda inflyatsiya darajasi yuqoriligicha qoladi, 2025-yilda har beshinchi davlatda ikki raqamli stavkalar kuzatiladi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan