Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
  • Login
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
Pivot

ChatGPT inson his-tuyg‘ulariga qanday ta’sir qilmoqda?

by Gulnoza Sobirova
Mart 25, 2025
in Yangiliklar
Reading Time: 3 mins read
A A
ChatGPT inson his-tuyg‘ulariga qanday ta’sir qilmoqda?
Share on FacebookShare on TwitterShare on Telegram

OpenAI ChatGPT’dan foydalanish inson hissiyotlariga qanday ta’sir qilishini o‘rgangan birinchi yirik tadqiqotni e’lon qildi, natijalar esa juda qiziqarli va biroz tashvishli. MIT Media Lab bilan hamkorlikda o‘tkazilgan bu tadqiqot insonlar va sun’iy intellekt o‘rtasidagi hissiy aloqaning kuchayib borayotganini ko‘rsatmoqda.

Tadqiqot ikki qismdan iborat bo‘ldi. Birinchi qismda 40 millionga yaqin ChatGPT bilan bo‘lgan suhbatlar tahlil qilindi. U foydalanuvchilarning chat-botdan foydalanganda o‘zlarini baxtli, xafa yoki yolg‘iz his qilishlari kabi hissiy holatlarini tahlil qildi. Ikkinchi qismda esa qariyb 1 000 kishi to‘rt hafta davomida kuzatildi. Ularning ChatGPT’dan kundalik foydalanishi haqiqatdagi his-tuyg‘ulariga- yolg‘izlik, hissiy qaramlik va ijtimoiy munosabatlarga qanday ta’sir qilgani o‘rganildi.

Hissiy aloqa kengayib bormoqda

Tadqiqotdagi muhim natijalardan biri shuki, faqat oz sonli foydalanuvchilar ChatGPT bilan muntazam ravishda chuqur hissiy muloqot qilgan. Ba’zilar har kuni 30 daqiqadan ortiq vaqt davomida sun’iy intellekt bilan gaplashgan. Bu shunchaki uy vazifasi yoki retseptlar haqida so‘rash emas edi. Ko‘pchilik o‘z hissiyotlari, muammolari yoki shaxsiy fikrlari haqida so‘z yuritgan.

Yana bir qiziqarli jihati shuki, ChatGPT ko‘pincha foydalanuvchining kayfiyatini aks ettirgan. Ya’ni kimdir g‘amgin yoki tushkun ohangda yozsa, AI ham shu ruhda javob qaytargan. Bu esa “aks sado” (feedback loop) holatini yaratgan: sun’iy intellekt foydalanuvchining his-tuyg‘ularini aks ettirgan, bu esa foydalanuvchini o‘sha kayfiyatda yana davom ettirishga undagan.

Gender farqlari va ovozli muloqotlar

Tadqiqotning ikkinchi qismi esa kutilmagan jinsga oid natijalarni ko‘rsatdi. Tadqiqotda ishtirok etgan ayollar muntazam ravishda ChatGPT’dan foydalangach, o‘zlarini biroz ko‘proq ijtimoiy jihatdan yolg‘iz his qilganliklarini aytishdi. Yana bir guruh foydalanuvchilar, ayniqsa, sun’iy intellekt bilan ovozli muloqot qilganlar (ayniqsa, qarama-qarshi jins ovoz bilan) — AI bilan hissiy jihatdan bog‘lanib qolishgani va yolg‘izlik hissi kuchayganini bildirgan.

Bu esa katta bir savolni o‘rtaga tashlaydi: agar sun’iy intellekt kundalik hayotimizda doimiy hamrohga aylansa, bu insonlar orasidagi haqiqiy munosabatlarga qanday ta’sir qiladi?

Taskin manbai yoki xavotir sababi?

Tadqiqot ChatGPT sizning ruhiy salomatingizga salbiy ta’sir qilishini ko‘rsatmaydi. Aksincha, ba’zi odamlar uchun u taskin beruvchi vosita bo‘lishi mumkin,masalan, suhbatdosh topa olmaydiganlar uchun. Ammo natijalar shuni ko‘rsatadiki, bundan ehtiyot bo‘lish lozim. Insonlarning sun’iy intellekt bilan hissiy bog‘lanib qolishi, ayniqsa bu haqiqiy insoniy aloqalar bilan almashsa, xavf tug‘dirishi mumkin.

Tadqiqotchilar bu borada chuqurroq o‘rganishlar zarurligini ta’kidlashmoqda. Chat – botlar tobora ilg‘or va hissiyotlarga javob bera oladigan darajaga yetar ekan, OpenAI kabi kompaniyalar bu vositalar foydalanuvchilarning ruhiy holatiga zarar emas, foyda keltirishiga ishonch hosil qilish uchun axloqiy mezonlarni belgilab borishlari kerak bo‘ladi.

Kelajakka nazar

OpenAI bu tadqiqot natijalarini ilmiy jurnallarda ekspertlar tomonidan ko‘rib chiqishga yuborishni rejalashtirmoqda va ularni butun dunyo bo‘ylab tadqiqotchilar hamda psixologlar uchun ochiq qiladi. Umid shuki, sun’iy intellekt inson hissiyotlariga qanday ta’sir qilishini yaxshiroq tushunish orqali ishlab chiquvchilar nafaqat foydali, balki hissiy jihatdan xavfsiz vositalarni yaratishlari mumkin bo‘ladi.

Bu tadqiqot hozirgi texnologiya olamidagi eng katta savollardan biriga javob topish yo‘lida muhim qadamdir:

Mashina bilan muloqot insoniy suhbat o‘rnini bosa oladimi va bosishi kerakmi?

Sun’iy intellekt hayotimizning ajralmas qismiga aylanishi bilan bu savollarning javobi har qachongidan ham muhim bo‘lib boradi.

Tayyorladi: Navro‘zaxon Bo‘riyeva

Previous Post

BYD texnologiyasi mashina zaryadlashni bir necha daqiqalik jarayonga aylantirib, bozorga jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda

Next Post

O‘zbekistonda “Birinchi imkoniyat” tamoyili joriy etiladi: Yangi tadbirkorlar uchun qo‘llab-quvvatlash tizimi

Gulnoza Sobirova

Related Posts

Yevropada Yandex’ning sho‘ba korxonasi Yango taksi xizmati foydalanuvchilari ma’lumotlarini Rossiyaga berganlikda gumonlanib, 100 million yevro miqdorida jarimaga tortildi

Yevropada Yandex’ning sho‘ba korxonasi Yango taksi xizmati foydalanuvchilari ma’lumotlarini Rossiyaga berganlikda gumonlanib, 100 million yevro miqdorida jarimaga tortildi

May 11, 2026
Qozog‘iston «Bayterak» majmuasidan «Soyuz-5» raketasining ilk parvozini muvaffaqiyatli amalga oshirdi

Qozog‘iston «Bayterak» majmuasidan «Soyuz-5» raketasining ilk parvozini muvaffaqiyatli amalga oshirdi

May 2, 2026
Firstpoint VC AI-startaplar uchun €50 mlnlik fondni ishga tushirdi

Firstpoint VC AI-startaplar uchun €50 mlnlik fondni ishga tushirdi

Aprel 22, 2026
O‘zbekistonning Doomers Entertainment studiyasi Steam’da yangi o‘yinini taqdim etdi

O‘zbekistonning Doomers Entertainment studiyasi Steam’da yangi o‘yinini taqdim etdi

Aprel 21, 2026
Next Post
O‘zbekistonda “Birinchi imkoniyat” tamoyili joriy etiladi: Yangi tadbirkorlar uchun qo‘llab-quvvatlash tizimi

O‘zbekistonda “Birinchi imkoniyat” tamoyili joriy etiladi: Yangi tadbirkorlar uchun qo‘llab-quvvatlash tizimi

Xitoylik investorlar Buxoroda yirik loyihalarni amalga oshirmoqda

Xitoylik investorlar Buxoroda yirik loyihalarni amalga oshirmoqda

Please login to join discussion
  • Trending
  • Comments
  • Latest

Maktabni tashlab, $6,2 million yig‘gan yigit: Nozomio hikoyasi

Oktabr 2, 2025
Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Yanvar 6, 2026
San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

Yanvar 4, 2025
Alipos startup received a $200,000 investment offer on the “Taqdimot” TV show

AliPos startapi Taqdimot ko’rsatuvida investorlardan $200,000 lik taklif oldi

Noyabr 25, 2025
Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

2025 yilda NATOning 1 milliard evrolik innovatsion jamg’armasi qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan VK turlari NATOning 24 ittifoqdoshi tomonidan qo’llab-quvvatlangan jamg’arma hozirgacha oltita VC fondiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.

2025 yilda NATOning 1 milliard evrolik innovatsion jamg’armasi qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan VK turlari NATOning 24 ittifoqdoshi tomonidan qo’llab-quvvatlangan jamg’arma hozirgacha oltita VC fondiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.

Yevropada Yandex’ning sho‘ba korxonasi Yango taksi xizmati foydalanuvchilari ma’lumotlarini Rossiyaga berganlikda gumonlanib, 100 million yevro miqdorida jarimaga tortildi

Yevropada Yandex’ning sho‘ba korxonasi Yango taksi xizmati foydalanuvchilari ma’lumotlarini Rossiyaga berganlikda gumonlanib, 100 million yevro miqdorida jarimaga tortildi

May 11, 2026
AI hammani ishsiz qoldiradi(mi?)

AI hammani ishsiz qoldiradi(mi?)

May 8, 2026
INMerge Innovation Summit o’zining Roadshow seriyasini INMerge Tashkent bilan davom ettirdi

INMerge Innovation Summit o’zining Roadshow seriyasini INMerge Tashkent bilan davom ettirdi

May 6, 2026
O’zbek IT kompaniyalari nima uchun xorijga chiqolmaydi?

O’zbek IT kompaniyalari nima uchun xorijga chiqolmaydi?

May 5, 2026

Pivot

We are the Intelligence Platform for Founders & Investors in Emerging Markets — combining news, data, and community to unlock opportunities across GCC, Central Asia, and frontier ecosystems.

Follow us

Categories

  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar

Pages

  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English

Recent Post

  • Yevropada Yandex’ning sho‘ba korxonasi Yango taksi xizmati foydalanuvchilari ma’lumotlarini Rossiyaga berganlikda gumonlanib, 100 million yevro miqdorida jarimaga tortildi
  • AI hammani ishsiz qoldiradi(mi?)
  • INMerge Innovation Summit o’zining Roadshow seriyasini INMerge Tashkent bilan davom ettirdi
  • Privacy policy

© 2025 Pivot

Welcome Back!

Sign In with Google
Sign In with Linked In
OR

Login to your account below

Forgotten Password?

Retrieve your password

Please enter your username or email address to reset your password.

Log In
No Result
View All Result
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
  • Login
  • Cart
  • uz Uzbek
  • en English

© 2025 Pivot

Are you sure want to unlock this post?
Unlock left : 0
Are you sure want to cancel subscription?