Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
  • Login
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
Pivot

Markaziy Osiyo dunyodagi eng tez o‘sayotgan startap mintaqasiga aylandi. O‘zbekiston esa “Yil mamlakati” deb topildi

by Pivot
Iyun 2, 2026
in Yangiliklar
Reading Time: 2 mins read
A A
Share on FacebookShare on TwitterShare on Telegram

Bir necha yil avval Markaziy Osiyo global startap xaritasida deyarli ko‘rinmas edi. Mintaqa ko‘proq xomashyo eksporti, migratsiya yoki geosiyosiy muhokamalar bilan tilga olinardi. Bugun esa vaziyat o‘zgarmoqda.

StartupBlink tomonidan e’lon qilingan Global Startup Ecosystem Index 2026 hisobotiga ko‘ra, Markaziy Osiyo dunyodagi eng tez o‘sayotgan startap mintaqasiga aylandi. So‘nggi bir yil ichida mintaqaning startap ekotizimi 81 foizga o‘sgan bo‘lib, bu dunyodagi barcha submintaqalar orasidagi eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.

Bu o‘sishning asosiy drayverlari sifatida O‘zbekiston va Qozog‘iston qayd etilgan. Ayniqsa, O‘zbekiston natijalari xalqaro ekspertlar e’tiborini tortdi.

O‘zbekiston — “Country of the Year 2026”

StartupBlink O‘zbekistonni «Country of the Year 2026» deb e’lon qildi. Bu unvon mamlakatning startap ekotizimi rivojlanish sur’atlari bo‘yicha dunyodagi eng katta yutuqqa erishgan davlat sifatida beriladi.

2026-yilda O‘zbekiston global reytingda 19 pog‘onaga ko‘tarilib, 79-o‘rinni egalladi. Mamlakatning startap ekotizimi bir yil ichida 227 foizdan ortiq o‘sgan bo‘lib, bu hisobotdagi eng yuqori natija sifatida qayd etilgan. Agar 2023-yilda O‘zbekiston 111-o‘rinda bo‘lganini hisobga olsak, mamlakat uch yil ichida 32 pog‘onaga ko‘tarilgan.
Toshkent mintaqaning yangi innovatsion markaziga aylanmoqda.

Hisobotda alohida ta’kidlanishicha, Toshkent bugun Markaziy Osiyoning eng faol innovatsion markazlaridan biriga aylanmoqda. Poytaxt bir yil ichida global startap shaharlari reytingida 121 pog‘onaga ko‘tarilib, dunyoning eng yaxshi startap shaharlari orasida 229-o‘ringa chiqdi.
Bundan tashqari, Samarqand va Farg‘ona ham ilk bor dunyoning Top-1000 startap shaharlari ro‘yxatiga kirdi.
Bugungi kunda O‘zbekiston Markaziy Osiyoda startap hamjamiyati faolligi, korporativ hamkorliklar, investitsiyalar va ekotizim ko‘rinuvchanligi bo‘yicha yetakchi o‘rinlarni egallamoqda.

Bu natijalar ortida nima turibdi?

So‘nggi yillarda mamlakatda texnologik tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qator tashabbuslar amalga oshirildi. Jumladan, IT Park faoliyatining kengayishi, startaplar uchun soliq imtiyozlari, xalqaro investorlarni jalb qilish va venchur bozorini rivojlantirishga qaratilgan dasturlar ekotizimning tez sur’atlarda shakllanishiga xizmat qildi.

2026-yilda qabul qilingan yangi dasturlar esa startaplarni maktab bosqichidan boshlab qo‘llab-quvvatlashni maqsad qilgan. Hukumat 2030-yilgacha mamlakatdagi startaplar sonini 5 mingtaga yetkazish va $2 milliardgacha venchur investitsiya jalb qilishni rejalashtirmoqda.

Endi asosiy savol: keyingi qadam nima?

Reytingdagi tez o‘sish muhim signal. Ammo global tajriba shuni ko‘rsatadiki, startap ekotizimining haqiqiy kuchi reytinglarda emas, balki dunyo bozoriga chiqa oladigan kompaniyalarda namoyon bo‘ladi.
Bugun O‘zbekiston startap ekotizimi shakllanish bosqichidan o‘sish bosqichiga o‘tmoqda. Endi asosiy vazifa — ko‘proq xalqaro investorlarni jalb qilish, global bozorlar uchun mahsulot yaratadigan startaplarni ko‘paytirish va muvaffaqiyatli exit hamda unicorn hikoyalarini yaratishdan iborat.
Markaziy Osiyo dunyoning eng tez o‘sayotgan startap mintaqasiga aylangan bir paytda, O‘zbekiston ushbu transformatsiyaning markazida turibdi. Endi savol mintaqa o‘sadimi yoki yo‘qmi emas, balki bu o‘sishni «Global texnologik muvaffaqiyatlarga aylantira olishda».

Previous Post

Qirg‘izistonda Starlink ishga tushdi. Bu O‘zbekiston uchun nimani anglatadi?

Next Post

Banklar endi mijozlar uchun raqobatlashadi — kichik biznesga kredit beruvchi platforma 1-iyuldan ishga tushadi

Pivot

Related Posts

Elektrtexnika sanoatiga 2030-yilgacha $3 mlrd investitsiya jalb qilinadi

Elektrtexnika sanoatiga 2030-yilgacha $3 mlrd investitsiya jalb qilinadi

Sentabr 10, 2026
O‘zbek alifbosidagi yangi harflarga o‘tishda eski yozuvdagi hujjat va peshlavhalarga ruxsat beriladi

O‘zbek alifbosidagi yangi harflarga o‘tishda eski yozuvdagi hujjat va peshlavhalarga ruxsat beriladi

Sentabr 10, 2026
Qozog‘istonda ta’lim va ishga joylashishni bog‘laydigan yagona raqamli ekotizim yaratiladi

Qozog‘istonda ta’lim va ishga joylashishni bog‘laydigan yagona raqamli ekotizim yaratiladi

Sentabr 8, 2026
Talabalar uchun innovatsion g‘oyalar tanlovi: g‘oliblarga 500 mln so‘mgacha grant

Talabalar uchun innovatsion g‘oyalar tanlovi: g‘oliblarga 500 mln so‘mgacha grant

Sentabr 8, 2026
Next Post
Banklar endi mijozlar uchun raqobatlashadi — kichik biznesga kredit beruvchi platforma 1-iyuldan ishga tushadi

Banklar endi mijozlar uchun raqobatlashadi — kichik biznesga kredit beruvchi platforma 1-iyuldan ishga tushadi

Qozog‘istonlik rejissyor Aytore Joldaskali boshchiligidagi Higgsfield AI jamoasi yaratgan to‘liq metrajli sun’iy intellekt filmi Kann festivalida namoyish etildi

Qozog‘istonlik rejissyor Aytore Joldaskali boshchiligidagi Higgsfield AI jamoasi yaratgan to‘liq metrajli sun’iy intellekt filmi Kann festivalida namoyish etildi

Please login to join discussion

false

  • Latest
  • Trending
  • Comments
AI sizning o‘rningizga fikrlay boshlasa nima bo‘ladi?

AI sizning o‘rningizga fikrlay boshlasa nima bo‘ladi?

Sentabr 11, 2026
Elektrtexnika sanoatiga 2030-yilgacha $3 mlrd investitsiya jalb qilinadi

Elektrtexnika sanoatiga 2030-yilgacha $3 mlrd investitsiya jalb qilinadi

Sentabr 10, 2026
O‘zbek alifbosidagi yangi harflarga o‘tishda eski yozuvdagi hujjat va peshlavhalarga ruxsat beriladi

O‘zbek alifbosidagi yangi harflarga o‘tishda eski yozuvdagi hujjat va peshlavhalarga ruxsat beriladi

Sentabr 10, 2026
ICT WEEK 2026 doirasida Startup & Venture Summit bo‘lib o‘tadi

ICT WEEK 2026 doirasida Startup & Venture Summit bo‘lib o‘tadi

Sentabr 9, 2026

Maktabni tashlab, $6,2 million yig‘gan yigit: Nozomio hikoyasi

Oktabr 2, 2025
Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Yanvar 6, 2026
San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

Yanvar 4, 2025
Chanel brendi tarixi: moda, atir va innovatsiyaga boy safar

Chanel brendi tarixi: moda, atir va innovatsiyaga boy safar

Fevral 17, 2025
Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

2025 yilda NATOning 1 milliard evrolik innovatsion jamg’armasi qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan VK turlari NATOning 24 ittifoqdoshi tomonidan qo’llab-quvvatlangan jamg’arma hozirgacha oltita VC fondiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.

We are the Intelligence Platform for Founders & Investors in Emerging Markets — combining news, data, and community to unlock opportunities across GCC, Central Asia, and frontier ecosystems.

Follow us

Categories

  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar

Pages

  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English

Recent Post

  • AI sizning o‘rningizga fikrlay boshlasa nima bo‘ladi?
  • Elektrtexnika sanoatiga 2030-yilgacha $3 mlrd investitsiya jalb qilinadi
  • O‘zbek alifbosidagi yangi harflarga o‘tishda eski yozuvdagi hujjat va peshlavhalarga ruxsat beriladi
  • Privacy policy

© 2025 Pivot

Welcome Back!

Sign In with Google
Sign In with Linked In
OR

Login to your account below

Forgotten Password?

Retrieve your password

Please enter your username or email address to reset your password.

Log In
No Result
View All Result
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
  • Login
  • Cart
  • uz Uzbek
  • en English

© 2025 Pivot

Are you sure want to unlock this post?
Unlock left : 0
Are you sure want to cancel subscription?