Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
  • Login
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
Pivot

O‘zbekiston 2030-yilga borib $2 mlrd dollarlik venchur investitsiyalarini jalb qilishni rejalashtirmoqda

by Pivot
Yanvar 23, 2026
in Yangiliklar
Reading Time: 2 mins read
A A
O‘zbekiston 2030-yilga borib $2 mlrd dollarlik venchur investitsiyalarini jalb qilishni rejalashtirmoqda
Share on FacebookShare on TwitterShare on Telegram

O‘zbekistonda 2030-yilga qadar startaplar sonini 5000 taga yetkazish rejalashtirilmoqda, bu esa kamida 20 mingta yangi ish o‘rni yaratish imkonini beradi. Bu haqida 20-yanvar kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda ma’lum qilindi.

Tadbirda ta’kidlanishicha, 2024–2025-yillarda mamlakat startap va venchur ekotizimining umumiy qiymati 3,9 mlrd dollarga yetgan. Bugungi kunda 750 dan ortiq mahalliy startaplar mavjud bo‘lib, ularni 15 ta venchur fondi qo‘llab-quvvatlamoqda, venchur kapitalining umumiy hajmi esa 180 mln dollardan oshgan. 2030-yilga kelib ushbu ko‘rsatkichni 2 mlrd dollarga yetkazish ko‘zda tutilgan.

Mamlakatda startaplarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha g‘oya, ishlanma, ishga tushirish va kengaytirish (masshtablashtirish) bosqichlarini qamrab oluvchi to‘rt bosqichli tizim joriy etilmoqda. Bunda grantlar, soliq imtiyozlari, hamkorlikda moliyalashtirish mexanizmlari va eksport xarajatlarini qoplash ko‘zda tutilgan.

«Biz oldimizga qiymati 1 mln dollardan yuqori bo‘lgan kamida 500 ta, 10 mln dollarlik 100 ta va qiymati 100 mln dollardan oshadigan 25 ta startap-loyihani shakllantirish vazifasini qo‘ymoqdamiz. Prezident faqat qaror qabul qilish bilan cheklanib qolmay, ushbu tashabbuslarni keng targ‘ib qilish va ommalashtirishni ta’minlash bo‘yicha topshiriq berdi», — dedi Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov «O‘zbekiston 24» telekanaliga bergan intervyusida.

Vazir, shuningdek, Prezident tomonidan sun’iy intellekt sohasidagi qonun imzolanganini, mazkur hujjat SI texnologiyalaridan foydalanishda suiiste’molliklarning oldini olishga qaratilganini ma’lum qildi. «Bungacha sun’iy intellektning o‘zi nima ekanligi, u qanday ishlashi va qaysi sohalarda qo‘llanilishi mumkinligi borasida aniq tayanch tushunchalar, shuningdek, tegishli huquqiy asos mavjud emas edi», — deya ta’kidladi Shermatov.

Sun’iy intellektni qo‘llash ko‘lamini kengaytirish doirasida mamlakatning 15 ta yetakchi oliygohida laboratoriyalar tashkil etish rejalashtirilgan. U yerda bitiruvchilar sun’iy intellekt sohasida yetakchi ekanligini tasdiqlovchi sertifikatlarga ega bo‘lishlari va o‘z kasbiy yo‘nalishida kamida bitta chet tilini bilishlari talab etiladi. MyGov.uz portaliga esa kamida 100 ta yangi raqamli xizmat qo‘shiladi.

Prezident 50 dan ortiq xizmatlarga sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish, Aholining yagona reyestrini yaratish, shuningdek, biznes ochish, yakka tartibdagi tadbirkorlar xodimlarini hisobga olish, bank kartalarini rasmiylashtirish, SIM-karta olish, sug‘urta va reklama xizmatlarini ko‘rsatish jarayonlarini to‘liq raqamlashtirish bo‘yicha topshiriq berdi.

Bundan tashqari, davlat rahbari hududlarda 5G texnologiyalari, yuqori tezlikdagi internet va sun’iy yo‘ldosh aloqasini kengaytirish zarurligiga alohida urg‘u berdi.

Ushbu choralar iqtisodiyotni kompleks raqamlashtirishni ta’minlash va O‘zbekistonda innovatsion kompaniyalarni keng ko‘lamda rivojlantirish uchun sharoit yaratishga qaratilgan.

Previous Post

ChatGPT rasman reklamalarni joriy qilishini tasdiqladi

Next Post

Startup Garage sanoat ekspertlarini startap asoschilariga aylantiruvchi Venture Builders dasturini ishga tushirmoqda

Pivot

Related Posts

Anthropic o‘zining asosiy xavfsizlik va’dasidan voz kechdi

Anthropic o‘zining asosiy xavfsizlik va’dasidan voz kechdi

Fevral 28, 2026

Xitoyning global investitsiya xaritasidagi keskin burilish

Fevral 6, 2026
O‘zbekiston davlat axborot tizimlaridagi ma’lumotlar sizib chiqishi: fuqarolar nima qilishi kerak?

O‘zbekiston davlat axborot tizimlaridagi ma’lumotlar sizib chiqishi: fuqarolar nima qilishi kerak?

Fevral 4, 2026
Imkon VC O‘zbekistonda startap investitsiyalarini soddalashtirish va kraudfanding orqali asoschilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ish boshladi

Imkon VC O‘zbekistonda startap investitsiyalarini soddalashtirish va kraudfanding orqali asoschilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ish boshladi

Fevral 1, 2026
Next Post
Startup Garage sanoat ekspertlarini startap asoschilariga aylantiruvchi Venture Builders dasturini ishga tushirmoqda

Startup Garage sanoat ekspertlarini startap asoschilariga aylantiruvchi Venture Builders dasturini ishga tushirmoqda

General Atlantic o’z ulushini oshirishi ortidan Odoo’ning bozor qiymati 7 milliard yevrodan oshdi

General Atlantic o'z ulushini oshirishi ortidan Odoo'ning bozor qiymati 7 milliard yevrodan oshdi

Please login to join discussion
  • Trending
  • Comments
  • Latest

Maktabni tashlab, $6,2 million yig‘gan yigit: Nozomio hikoyasi

Oktabr 2, 2025
Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Yanvar 6, 2026
San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

Yanvar 4, 2025
Alipos startup received a $200,000 investment offer on the “Taqdimot” TV show

AliPos startapi Taqdimot ko’rsatuvida investorlardan $200,000 lik taklif oldi

Noyabr 25, 2025
Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

2025 yilda NATOning 1 milliard evrolik innovatsion jamg’armasi qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan VK turlari NATOning 24 ittifoqdoshi tomonidan qo’llab-quvvatlangan jamg’arma hozirgacha oltita VC fondiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.

Dunyoning eng yirik IT kompaniyalarida ishlamoqchimisiz? Meta CTO’si nomzodlarda qidiradigan top xislatlar

Dunyoning eng yirik IT kompaniyalarida ishlamoqchimisiz? Meta CTO’si nomzodlarda qidiradigan top xislatlar

Mart 6, 2026
YorYor: to‘y madaniyatini raqamlashtirayotgan o‘zbek startapi

YorYor: to‘y madaniyatini raqamlashtirayotgan o‘zbek startapi

Mart 4, 2026
O‘zbekiston venchur bozori tahlili 2025

O‘zbekiston venchur bozori tahlili 2025

Mart 3, 2026
Central Eurasian Venture Forum 2026: Bitimlar tuziladigan va mintaqa kapitali shakllanadigan maydon

Central Eurasian Venture Forum 2026: Bitimlar tuziladigan va mintaqa kapitali shakllanadigan maydon

Mart 2, 2026

Pivot

We are the Intelligence Platform for Founders & Investors in Emerging Markets — combining news, data, and community to unlock opportunities across GCC, Central Asia, and frontier ecosystems.

Follow us

Categories

  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar

Pages

  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English

Recent Post

  • Dunyoning eng yirik IT kompaniyalarida ishlamoqchimisiz? Meta CTO’si nomzodlarda qidiradigan top xislatlar
  • YorYor: to‘y madaniyatini raqamlashtirayotgan o‘zbek startapi
  • O‘zbekiston venchur bozori tahlili 2025
  • Privacy policy

© 2025 Pivot

Welcome Back!

Sign In with Google
Sign In with Linked In
OR

Login to your account below

Forgotten Password?

Retrieve your password

Please enter your username or email address to reset your password.

Log In
No Result
View All Result
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
  • Login
  • Cart
  • uz Uzbek
  • en English

© 2025 Pivot

Are you sure want to unlock this post?
Unlock left : 0
Are you sure want to cancel subscription?