Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
  • Login
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
Pivot

O‘zbekistonda shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonun qayta ko‘rib chiqiladi — bu Apple Pay va Google Pay tizimlarini ishga tushirishga yo‘l ochadi

by Pivot
Noyabr 7, 2025
in Yangiliklar
Reading Time: 2 mins read
A A
O‘zbekistonda shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonun qayta ko‘rib chiqiladi — bu Apple Pay va Google Pay tizimlarini ishga tushirishga yo‘l ochadi
Share on FacebookShare on TwitterShare on Telegram

O‘zbekiston AQShdagi hamkorlar bilan birgalikda shaxsiy ma’lumotlarni saqlashga doir qonunchilikni yangilash ishlarini yakunlamoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyevning aytishicha, bu o‘zgarishlar mamlakatda Apple Pay va Google Pay kabi xalqaro to‘lov tizimlarini ishga tushirish imkonini beradi.

Prezident bu haqda 6-noyabr kuni Vashingtonda amerikalik texnologik kompaniyalar bilan uchrashuv chog‘ida ma’lum qildi. U O‘zbekiston sun’iy intellekt va raqamli transformatsiya bo‘yicha milliy dasturlarni qabul qilganini, shuningdek Google, Meta va Nvidia kabi yirik Amerika texnologik kompaniyalari ushbu yo‘nalishga qiziqish bildirganini ta’kidladi.

“Biz amerikalik hamkorlar bilan birgalikda qonunchilikni yangilash ishlarini yakunlamoqdamiz. Bu yangi texnologik hamkorlik imkoniyatlarini yaratadi — jumladan, Apple Pay va Google Pay kabi global to‘lov tizimlarini ishga tushirish, raqamli akademiyalar va startap xablarini tashkil etish imkonini beradi,” — dedi prezident O‘zbekiston 24 telekanali efirida.

Fon: Ma’lumotlarni joylashtirish talabi to‘siqqa aylangan

2021-yilda O‘zbekistonda “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartishlar kiritilgan edi. Qonunning 27¹-moddasiga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarolarining shaxsiy ma’lumotlarini qayta ishlovchi kompaniyalar bu ma’lumotlarni O‘zbekiston hududida joylashgan serverlarda saqlashi shart.

Biroq ushbu talab xalqaro texnologik va to‘lov kompaniyalari uchun bozorga kirishda muammolar tug‘dirdi. Moliyachi Shuhrat Qurbonovning ta’kidlashicha, qonun tili juda umumiy yozilgan va uni turlicha talqin qilish mumkin:

“Google Pay va Apple Pay kabi yirik kompaniyalar uchun muammo shundan iboratki, qonun shunday tilda yozilganki, uni istalgan taraf o‘zicha izohlashi mumkin. Yana izoh so‘ramoqchi bo‘lsangiz, kimdan so‘rashni ham bilmay qolasiz,” — deydi u.

Prezident Administratsiyasining moliyaviy texnologiyalar, raqamlashtirish va sun’iy intellekt bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Hikmatilla Ubaydullayev ham bu norma biznesda huquqiy noaniqlik sababli xavotir uyg‘otayotganini bildirgan.

Qonunni qayta ko‘rib chiqish zarurati

2025-yil iyul oyida o‘tkazilgan muhokamada davlat organlari, yuridik ekspertlar va texnologiya kompaniyalari 27¹-modda yaratayotgan huquqiy xatarlarni muhokama qildi. Uchrashuv ishtirokchilari ma’lumotlarni joylashtirishga (lokalizatsiyaga) yondashuvni qayta ko‘rib chiqish, ortiqcha tartibga solishni kamaytirish va xorijiy kompaniyalar uchun bozorni ochiqroq qilish zarurligini bildirishdi.

Jahon banki ham ilgari shunga o‘xshash tavsiyani bergan — xizmatlar sohasini rivojlantirish uchun ma’lumotlarni majburiy lokalizatsiya qilish talablarini yumshatish lozimligini qayd etgan edi.

Previous Post

Siz hech qachon yutqazmaydigan o‘yin

Next Post

O‘zbekiston va Palo Alto Networks: Kiberxavfsizlikda strategik hamkorlik sari yangi qadam

Pivot

Related Posts

UzNIF IPO’si $600 milliondan ortiq mablag‘ jalb qildi

UzNIF IPO’si $600 milliondan ortiq mablag‘ jalb qildi

May 13, 2026
Markaziy Osiyoda $30 millionlik yangi GIG Fund ochildi

Markaziy Osiyoda $30 millionlik yangi GIG Fund ochildi

May 13, 2026
Yevropada Yandex’ning sho‘ba korxonasi Yango taksi xizmati foydalanuvchilari ma’lumotlarini Rossiyaga berganlikda gumonlanib, 100 million yevro miqdorida jarimaga tortildi

Yevropada Yandex’ning sho‘ba korxonasi Yango taksi xizmati foydalanuvchilari ma’lumotlarini Rossiyaga berganlikda gumonlanib, 100 million yevro miqdorida jarimaga tortildi

May 11, 2026
Qozog‘iston «Bayterak» majmuasidan «Soyuz-5» raketasining ilk parvozini muvaffaqiyatli amalga oshirdi

Qozog‘iston «Bayterak» majmuasidan «Soyuz-5» raketasining ilk parvozini muvaffaqiyatli amalga oshirdi

May 2, 2026
Next Post
O‘zbekiston va Palo Alto Networks: Kiberxavfsizlikda strategik hamkorlik sari yangi qadam

O‘zbekiston va Palo Alto Networks: Kiberxavfsizlikda strategik hamkorlik sari yangi qadam

Veon Qozog‘istonda raqamli ekotizimni kengaytiradi: taksi va yetkazib berish xizmatlarini yo‘lga qo‘ymoqda

Veon Qozog‘istonda raqamli ekotizimni kengaytiradi: taksi va yetkazib berish xizmatlarini yo‘lga qo‘ymoqda

Please login to join discussion
  • Trending
  • Comments
  • Latest

Maktabni tashlab, $6,2 million yig‘gan yigit: Nozomio hikoyasi

Oktabr 2, 2025
Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Yanvar 6, 2026
San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

Yanvar 4, 2025
Alipos startup received a $200,000 investment offer on the “Taqdimot” TV show

AliPos startapi Taqdimot ko’rsatuvida investorlardan $200,000 lik taklif oldi

Noyabr 25, 2025
Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

2025 yilda NATOning 1 milliard evrolik innovatsion jamg’armasi qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan VK turlari NATOning 24 ittifoqdoshi tomonidan qo’llab-quvvatlangan jamg’arma hozirgacha oltita VC fondiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.

Imzolashdan oldin har bir shartnomani AI o’qisa-chi?

Imzolashdan oldin har bir shartnomani AI o’qisa-chi?

May 15, 2026
UzNIF IPO’si $600 milliondan ortiq mablag‘ jalb qildi

UzNIF IPO’si $600 milliondan ortiq mablag‘ jalb qildi

May 13, 2026
Markaziy Osiyoda $30 millionlik yangi GIG Fund ochildi

Markaziy Osiyoda $30 millionlik yangi GIG Fund ochildi

May 13, 2026
Yevropada Yandex’ning sho‘ba korxonasi Yango taksi xizmati foydalanuvchilari ma’lumotlarini Rossiyaga berganlikda gumonlanib, 100 million yevro miqdorida jarimaga tortildi

Yevropada Yandex’ning sho‘ba korxonasi Yango taksi xizmati foydalanuvchilari ma’lumotlarini Rossiyaga berganlikda gumonlanib, 100 million yevro miqdorida jarimaga tortildi

May 11, 2026

Pivot

We are the Intelligence Platform for Founders & Investors in Emerging Markets — combining news, data, and community to unlock opportunities across GCC, Central Asia, and frontier ecosystems.

Follow us

Categories

  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar

Pages

  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English

Recent Post

  • Imzolashdan oldin har bir shartnomani AI o’qisa-chi?
  • UzNIF IPO’si $600 milliondan ortiq mablag‘ jalb qildi
  • Markaziy Osiyoda $30 millionlik yangi GIG Fund ochildi
  • Privacy policy

© 2025 Pivot

Welcome Back!

Sign In with Google
Sign In with Linked In
OR

Login to your account below

Forgotten Password?

Retrieve your password

Please enter your username or email address to reset your password.

Log In
No Result
View All Result
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
  • Login
  • Cart
  • uz Uzbek
  • en English

© 2025 Pivot

Are you sure want to unlock this post?
Unlock left : 0
Are you sure want to cancel subscription?