Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
  • Login
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
Pivot

O‘zbekistonning jahon kiberxavfsizlik reytingidagi o‘rni qanday?

by Gulnoza Sobirova
Yanvar 24, 2025
in Yangiliklar
Reading Time: 7 mins read
A A
O‘zbekistonning jahon kiberxavfsizlik reytingidagi o‘rni qanday?
Share on FacebookShare on TwitterShare on Telegram

Raqamli inqilob texnologiyalarni hayotimizning ajralmas qismiga aylantirdi. Davlat boshqaruvi, bank tizimi, sog‘liqni saqlash va hatto milliy xavfsizlik internetga asoslangan infratuzilmalarga bog‘liq bo‘lib bormoqda. Shu bilan birga, kiberxavfsizlik xavfi ham oshmoqda: global miqyosda sodir bo‘layotgan kiberhujumlar yildan yilga ko‘payib, davlatlar va kompaniyalarga ulkan zarar yetkazmoqda. Bu tahdidlar davlatlarning raqamli infratuzilmasini himoya qilish va kiberxavfsizlikni ta’minlash masalasini birinchi darajali ustuvor yo‘nalishga aylantirdi.

O‘zbekiston ham raqamli xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha zaruriy chora-tadbirlarni ko‘rmoqda. Biroq, jarayon xalqaro tendensiyalarni o‘rganish va qo‘shni davlatlar tajribasidan samarali foydalanishni talab etadi.

O‘zbekiston va qo‘shni davlatlarning kiberxavfsizlik bo‘yicha holati (GCI 2020)

Kiberxavfsizlik zamonaviy dunyoda davlatlarning milliy xavfsizligi va iqtisodiy barqarorligi uchun hal qiluvchi omil hisoblanadi. Xalqaro elektraloqa ittifoqi (ITU) tomonidan tuzilgan Global Kiberxavfsizlik Indeksi (GCI) davlatlarning axborot xavfsizligi sohasidagi sa’y-harakatlarini baholash uchun asosiy manbadir. Quyida O‘zbekiston va uning qo‘shni davlatlari bo‘yicha ma’lumotlar taqdim etiladi.

O‘zbekiston
  • Reyting: 70-o‘rin
  • Ball: 71.11
  • Izoh: O‘zbekiston 2020-yilda 71.11 ball bilan 70-o‘rinni egallagan. Bu natija mamlakatda axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha sezilarli sa’y-harakatlar amalga oshirilganini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, mamlakat “ikkinchi darajadagi rivojlanayotgan davlatlar” (Tier 2) qatoriga kirgan. (Manba: https://www.itu.int/dms_pub/itu-d/opb/str/D-STR-GCI.01-2021-PDF-E.pdf)
Qozog‘iston
  • Reyting: 54-o‘rin
  • Ball: 81.07
  • Izoh: Qozog‘iston Markaziy Osiyoda kiberxavfsizlik bo‘yicha yetakchi davlat hisoblanadi. Yuqori natijalarga erishishda sohaga oid qat’iy qonunchilik va zamonaviy infratuzilmaning rivojlanganligi muhim rol o‘ynagan.
Qirg‘iziston
  • Reyting: 92-o‘rin
  • Ball: 49.64
  • Izoh: Qirg‘izistonning kiberxavfsizlik darajasi nisbatan past bo‘lib, mamlakat reytingning quyi qismida joylashgan. Shunga qaramay, Qirg‘iziston raqamli xavfsizlik infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha ishlamoqda.
Tojikiston
  • Reyting: 129-o‘rin
  • Ball: 34.42
  • Izoh: Tojikistonda ahvol havas qilarli emas, mamlakatda kiberxavfsizlik bo‘yicha sezilarli o‘zgarishlar amalga oshirilmagan. Texnik infratuzilmaning zaifligi va resurslarning yetishmasligi rivojlanishdagi asosiy to‘siqlar hisoblanadi. (Manba: https://www.itu.int/dms_pub/itu-d/opb/str/D-STR-GCI.01-2021-PDF-E.pdf)
Turkmaniston
  • 2020-yil: GCI reytingida 144-o‘rinni egallagan.
  • 2023-yil: NCSI reytingida 164-o‘rinda qayd etilgan.
  • Izoh: Turkmanistonda kiberxavfsizlik darajasi bo‘yicha ma’lumotlar yetarli emas. Ammo mamlakatning texnologik rivojlanishi cheklanganligi va internetga kirish imkoniyatlari kamligi bois, bu borada sust natijalar qayd etilgan.
Afg‘oniston (2020-yil)
  • Reyting: 150-o‘rin
  • Ball: 23.96
  • Izoh: Afg‘oniston siyosiy va iqtisodiy muammolari sabab kiberxavfsizlik siyosatini to‘liq shakllantirish imkoniga ega bo‘lmagan.
Kiberxavfsizlik bo‘yicha yetakchi davlatlar va muammolar
Kiberxavfsizlik bo‘yicha eng yuqori reytingga ega 3 davlat
  1. AQSh
    • Kiberxavfsizlikning barcha yo‘nalishlarida yetakchi hisoblanadi.
    • Milliy Kiberxavfsizlik Strategiyasi davlat va xususiy sektor o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan.
    • Xalqaro razvedka almashinuvida faol qatnashadi.
    • AQShning bir nechta Kompyuter insidentlariga javob berish jamoalari (CIRT) mavjud bo‘lib, ular moliya, sog‘liqni saqlash kabi asosiy sohalarni himoya qiladi. Hukumat va xususiy sektor o‘rtasida hamkorlikni kengaytirish orqali yangi texnologiyalarni joriy qilmoqda.
  2. Buyuk Britaniya
    • Milliy Kiberxavfsizlik Markazi (NCSC) orqali milliy va sektorial tahdidlarni boshqaradi.
    • Kiberxavfsizlik strategiyalari xalqaro hamkorlik va innovatsiyani o‘z ichiga oladi.
    • Buyuk Britaniya texnik infratuzilmasini yangilash va kiberxavfsizlik mutaxassislarini tayyorlashga katta ahamiyat bermoqda.
  3. Singapur
    • Kiberxavfsizlik bo‘yicha qat’iy qonunlar va infratuzilmaga ega.
    • Xabardorlik kampaniyalari va mutaxassislarni tayyorlashda yetakchi.
    • Singapurda Kiberxavfsizlik agentligi (CSA) mavjud bo‘lib, muhim infratuzilmalarni himoya qilishga qaratilgan maxsus siyosatlarni ishlab chiqadi.
Eng past reytingga ega davlatlar
  1. Afg‘oniston: Kiberxavfsizlik siyosati va texnik infratuzilma zaifligi kuzatilmoqda. Mamlaka reytingda 150-o‘rinni egallagan.
  2. Yaman: Quyi natijaga kiberxavfsizlik siyosati va texnologik rivojlanishning yetishmasligi sabab bo‘lmoqda. Hukumatning resurslari cheklangan.
  3. Markaziy Afrika Respublikasi: Mamlakatda kiberxavfsizlik bo‘yicha milliy strategiya yo‘qi va infratuzilma zaif. Reytingda past ko‘rsatkich kuzatilgan.
Bolalarni virtual muhofaza qilish

ITU Child Online Protection (COP) Guidelines – ITU tomonidan e‘lon qilingan bolalarni virtual muhofaza qilish bo‘yicha qo‘llanma bo‘lib, bolalarni onlayn xavflardan himoya qilish global muammo ekanligini va buni hal qilish uchun jahon miqyosida yondashuv talab etilishini ta’kidlaydi. Pandemiya davrida masofaviy ta’limning ommalashishi bolalarning internetda ko‘proq vaqt o‘tkazishiga olib keldi, bu esa ularga bo‘lgan xavflarni oshirdi. Ushbu qo‘llanma bolalar, ota-onalar va o‘qituvchilarga virtual xavflarni boshqarishda yordam berish va raqamli texnologiyalardan samarali foydalanishni kuchaytirishni maqsad qilgan.

Asosiy maqsadlar:
  1. Bolalarni onlayn xavflardan himoya qilish bo‘yicha qonun va strategiyalarni ishlab chiqish.
  2. Mamlakatlar uchun onlayn muammolarni hal qilish mexanizmlarini yaratish.
  3. Maktablar uchun maxsus o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va xabardorlikni oshirish kampaniyalarini yo‘lga qo‘yish. Dunyo bo‘ylab 194 ta davlatning 86 tasi bolalarni virtual himoya qilish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rganini bildirdi, ammo atigi 13 foizida ushbu masalaga bag‘ishlangan alohida strategiya mavjud. Yevropa mintaqasidagi davlatlar ushbu sohada yetakchi bo‘lib, 89 foizi bolalar himoyasi bo‘yicha qonunlarni to‘liq amalga oshirgan. Global miqyosda 101 ta muammolarni xabar berish mexanizmi, jumladan, telefon liniyalari, veb-saytlar, elektron pochta manzillari va ijtimoiy tarmoqlar qayd etilgan. (Manba: ITU Child Online Protection Guidelines)
Xulosa

Kiberxavfsizlik zamonaviy dunyoda doimiy ravishda rivojlanib borayotgan va milliy xavfsizlik bilan chambarchas bog‘liq sohadir. O‘zbekiston o‘zining kiberxavfsizlik darajasini oshirish uchun quyidagi choralarni ko‘rishi mumkin:

  1. Milliy strategiyani yangilash: Kiberxavfsizlik bo‘yicha qonunchilikni yanada kuchaytirish va maxsus strategiyalarni ishlab chiqish zarur.
  2. Xalqaro hamkorlikni kuchaytirish: Xalqaro tashkilotlar va yetakchi davlatlar bilan tajriba almashish.
  3. Texnik infratuzilmani rivojlantirish: Zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish va maxsus insidentlarga javob berish jamoalarini tashkil etish.
  4. Bolalarni virtual himoya qilish: Maxsus qonunlar qabul qilish, maktablarda kiberxavfsizlik bo‘yicha o‘quv dasturlarini joriy etish.
  5. Jamoatchilikni xabardor qilish: Kiberxavfsizlik bo‘yicha ommaviy axborot vositalarida kampaniyalar tashkil etish.

Ushbu qadamlar orqali O‘zbekiston nafaqat milliy xavfsizlikni mustahkamlaydi, balki xalqaro miqyosda kiberxavfsizlik bo‘yicha kuchli mavqega ega bo‘lish imkoniyatini oshiradi.

Tayyorladi: Gulnoza Mixailovna

Previous Post

Google HTC’ning XR biznesining bir qismini 250 million dollarga sotib oldi

Next Post

«Latte omili»: kichik xarajatlarning katta ta’siri

Gulnoza Sobirova

Related Posts

Oʻzbekiston kapital bozori burilish nuqtasida: $1 mlrd investitsiya, dual listing va Bazel III nimani anglatadi?

Oʻzbekiston kapital bozori burilish nuqtasida: $1 mlrd investitsiya, dual listing va Bazel III nimani anglatadi?

Dekabr 15, 2025
Perplexity AI va Kristiano Ronaldo: “Elite hamkorlik” texnologiya va sport birlashmoqda

Perplexity AI va Kristiano Ronaldo: “Elite hamkorlik” texnologiya va sport birlashmoqda

Dekabr 6, 2025
Nvidia Synopsys’ga $2 milliard investitsiya kiritdi

Nvidia Synopsys’ga $2 milliard investitsiya kiritdi

Dekabr 2, 2025
O‘zbekistonda yangi bank ochilishi kutilmoqda

O‘zbekistonda yangi bank ochilishi kutilmoqda

Dekabr 1, 2025
Next Post
«Latte omili»: kichik xarajatlarning katta ta’siri

"Latte omili": kichik xarajatlarning katta ta'siri

50 yoshdan keyin ham muvaffaqiyatga erishish mumkinligini isbotlagan ayollar

50 yoshdan keyin ham muvaffaqiyatga erishish mumkinligini isbotlagan ayollar

Please login to join discussion
  • Trending
  • Comments
  • Latest

Maktabni tashlab, $6,2 million yig‘gan yigit: Nozomio hikoyasi

Oktabr 2, 2025
San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

Yanvar 4, 2025
Alipos startup received a $200,000 investment offer on the “Taqdimot” TV show

AliPos startapi Taqdimot ko’rsatuvida investorlardan $200,000 lik taklif oldi

Noyabr 25, 2025
Chanel brendi tarixi: moda, atir va innovatsiyaga boy safar

Chanel brendi tarixi: moda, atir va innovatsiyaga boy safar

Fevral 17, 2025
Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

2025 yilda NATOning 1 milliard evrolik innovatsion jamg’armasi qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan VK turlari NATOning 24 ittifoqdoshi tomonidan qo’llab-quvvatlangan jamg’arma hozirgacha oltita VC fondiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.

2025 yilda NATOning 1 milliard evrolik innovatsion jamg’armasi qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan VK turlari NATOning 24 ittifoqdoshi tomonidan qo’llab-quvvatlangan jamg’arma hozirgacha oltita VC fondiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.

Oʻzbekiston kapital bozori burilish nuqtasida: $1 mlrd investitsiya, dual listing va Bazel III nimani anglatadi?

Oʻzbekiston kapital bozori burilish nuqtasida: $1 mlrd investitsiya, dual listing va Bazel III nimani anglatadi?

Dekabr 15, 2025
YouTube: hazildan boshlangan startap 2026 yilda janrga asoslangan TV obunalarini ishga tushiradi

YouTube: hazildan boshlangan startap 2026 yilda janrga asoslangan TV obunalarini ishga tushiradi

Dekabr 11, 2025
Pitch yoki failure: pitchdan oldin startap asoschilari uchun yakuniy tayyorlik cheklisti

Pitch yoki failure: pitchdan oldin startap asoschilari uchun yakuniy tayyorlik cheklisti

Dekabr 11, 2025
O‘zbekiston farmatsevtika sektori: tizimli muammolar va ularni yechishi mumkin bo‘lgan startaplar bozori

O‘zbekiston farmatsevtika sektori: tizimli muammolar va ularni yechishi mumkin bo‘lgan startaplar bozori

Dekabr 8, 2025

Pivot

We are the Intelligence Platform for Founders & Investors in Emerging Markets — combining news, data, and community to unlock opportunities across GCC, Central Asia, and frontier ecosystems.

Follow us

Categories

  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar

Pages

  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English

Recent Post

  • Oʻzbekiston kapital bozori burilish nuqtasida: $1 mlrd investitsiya, dual listing va Bazel III nimani anglatadi?
  • YouTube: hazildan boshlangan startap 2026 yilda janrga asoslangan TV obunalarini ishga tushiradi
  • Pitch yoki failure: pitchdan oldin startap asoschilari uchun yakuniy tayyorlik cheklisti
  • Privacy policy

© 2025 Pivot

Welcome Back!

Sign In with Google
Sign In with Linked In
OR

Login to your account below

Forgotten Password?

Retrieve your password

Please enter your username or email address to reset your password.

Log In
No Result
View All Result
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
  • Login
  • Cart
  • uz Uzbek
  • en English

© 2025 Pivot

Are you sure want to unlock this post?
Unlock left : 0
Are you sure want to cancel subscription?