Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
  • Login
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
Pivot

Savdo va mijozlarni jalb qilish

by Gulnoza Sobirova
Aprel 9, 2025
in Yangiliklar
Reading Time: 4 mins read
A A
Savdo va mijozlarni jalb qilish
Share on FacebookShare on TwitterShare on Telegram

Savdo va mijozlarni jalb qilish – startaplar uchun daromadni oshirish va uzoq muddatli muvaffaqiyatga erishishning muhim bosqichlari. Samarali savdo strategiyasi mahsulotni bozorga muvaffaqiyatli chiqarish va raqobat sharoitida o‘z o‘rnini topishga yordam beradi. Shu bilan birga, mijozlarni jalb qilish ularning mahsulot yoki xizmat bilan tanishishi va uni sotib olishga qaror qilishijarayonini o‘z ichiga oladi.

Mijoz profilini aniqlash (Customer Persona): Samarali savdo strategiyasining birinchi bosqichi maqsadli mijoz profilini aniqlashdir. Mijoz profilini yaratish orqali mahsulot yoki xizmat kimlaruchun mo‘ljallanganini aniqlash mumkin. Mijoz profilida ularning demografik xususiyatlari, ehtiyojlari, muammolari va motivatsiyalari keltiriladi. Bu ma‘lumotlar savdo jamoasiga qaysi mijozlarga e‘tibor qaratishva qanday vositalar orqali ularni jalb qilish kerakligini belgilashda yordam beradi.

Qiymat taklifini aniqlash va taqdim etish: Savdo jarayonida mijozlarga mahsulot yoki xizmatning qiymat taklifini aniq taqdim etish muhimdir. Qiymat taklifi mahsulot mijozlarning qaysimuammosini hal qilishi va ularga qanday foyda keltirishini tushuntiradi. Yaxshi tuzilgan qiymat taklifi mijozlarni jalb qilishda samarali bo‘ladi, chunki ular mahsulot ularning ehtiyojlariga qanday mos kelishini bilib oladilar. Savdo jamoasi mijozlar bilan muloqot qilganda, ushbu qiymat taklifini ta‘kidlab o‘tishi kerak.

Savdo kanallarini tanlash: Savdo strategiyasini ishlab chiqishda mahsulotni mijozlargaqanday yetkazish va qanday sotish kerakligini aniqlash zarur. Bu savdo kanallarini tanlashni talabqiladi. Onlayn savdolar uchun veb-saytlar, ijtimoiy tarmoqlar va “E-commerce” platformalari mos bo‘lsa,oflayn savdolar uchun do‘konlar, distribyutorlar va sotuv jamoalari samarali bo‘lishi mumkin. Tanlangan savdo kanallariga qarab, mijozlarni jalb qilish usullari ham turlicha bo‘ladi. Masalan, onlayn savdo uchun SEO, PPC reklama va ijtimoiy media marketing vositalaridan foydalanish mumkin.

Savdo jarayonini optimallashtirish (Sales Funnel): Savdo jarayonini samarali boshqarish uchun sotuv voronkasi (sales funnel) yaratish kerak. Bu mijozning mahsulot bilan tanishishidan to sotib olishgacha bo‘lgan bosqichlarni ko‘rsatadi. Bu marketing modeli quyidagi bosqichlardan iborat:

•    Awareness (xabardorlik): mijoz mahsulot yoki xizmat haqida birinchi marta biladi.

•       Interest (qiziqish): mijoz mahsulot yoki xizmatga qiziqish bildiradi va uning foydalari haqida ko‘proq ma‘lumot olishni xohlaydi.

•     Decision (qaror): mijoz mahsulot yoki xizmatni sotib olish haqida qaror qabul qiladi.

•     Action (harakat): mijoz mahsulot yoki xizmatni sotib

oladi.

Sotuv voronkasi orqali mijozlarni kuzatib borish va har bir bosqichda qanday vositalardan foydalanishkerakligini belgilash orqali sotuvlar samaradorligini oshirish mumkin.

Leadlarni jalb qilish va boshqarish (Lead Generation and Management): Savdo jarayonida mijozlarni jalb qilishning muhim qismi leadlarni jalb qilish va boshqarishdir. Leadlar – mahsulotyoki xizmatga qiziqish bildirgan potensial mijozlar. Ularni jalb qilish uchun turli marketing vositalaridan, masalan, SEO, PPC, e-mail marketing, blogpostlar va ijtimoiy media kampaniyalaridan foydalanish mumkin. Leadlarni boshqarish uchun CRM (Customer Relationship Management) tizimlaridan foydalanish tavsiya etiladi. CRM orqali mijozlar bilan munosabatlarni kuzatib borish, ularning qiziqishlarinitahlil qilish va ularga mos ravishda takliflar yuborish mumkin.

Mijozlarni jalb qilish strategiyalari: Mijozlarni jalb qilish uchun quyidagi strategiyalardan foydalanish mumkin:

•       Ijtimoiy tarmoqlar va kontent marketingi: bunda ijtimoiy tarmoqlarda aktiv bo‘lish va foydalikontent yaratish orqali mijozlarni jalb qilish hamda ularning mahsulot bilan tanishishi ta‘minlanadi.

•    E-mail marketing: e-mail marketing orqali mijozlarga yangiliklar, maxsus takliflar va boshqa foydali ma‘lumotlarni yetkazish, ularning mahsulot bilan doimiy aloqada bo‘lishi ta‘minlanadi.

•            SEO va reklama: bunda qidiruv tizimlarida mahsulotni osongina topish uchun SEO optimallashtirish va onlayn reklama kampaniyalarini tashkil etish kerak.

•         Eventlar va vebinarlar: bunda maxsus tadbirlar, treninglar va vebinarlar tashkil etish orqalimijozlarni

mahsulot bilan tanishtirish va ularni jalb qilish mumkin.

Mijozlarni ushlab qolish va sodiqlikni oshirish: Mijozlarni jalb qilishdan keyin ularni uzoqmuddatli sodiq mijozlarga aylantirish ham muhimdir. Buning uchun mijozlarga yuqori darajadagi xizmat ko‘rsatish, feedback – fikr-mulohazalarini bo‘lishish tizimini o‘rnatish va ular bilan doimiy muloqot qilish zarur. Sodiqlik dasturlari va maxsus bonuslar orqali mijozlarni qayta-qayta mahsulot sotib olishga undash mumkin. Mijozlarni ushlab qolish startapning barqaror daromadini ta‘minlaydi va marketingxarajatlarini kamaytiradi.

Real tajribadan misol: “Zingo” til o‘rganish platformasini rivojlantirishda mijozlarni jalb qilish uchun kontent marketingi va ijtimoiy tarmoq kampaniyalari tashkil etdik. Potensial foydalanuvchilarga til o‘rganish bo‘yicha foydali materiallar va treninglarni taqdim etish orqali ularning qiziqishini oshirdik. E-mail marketing orqali platformaga yangi foydalanuvchilarni jalb qilishda o‘quvchilarimizga maxsus chegirmalar va bonuslar taklif qildik. Shu tarzda “Zingo” qisqa vaqt ichida mijozlar bazasini kengaytirishga va ularga yuqori sifatli xizmat ko‘rsatish orqali sodiqlikni oshirishga erishdi.

Savdo va mijozlarni jalb qilish startaplar uchun daromadni oshirish va bozor ulushini kengaytirishda muhim elementlardir. Yaxshi tuzilgan savdo strategiyasi va mijozlarni jalb qilish usullari orqali startapbozorda tez o‘sish imkoniyatiga ega bo‘ladi hamda muvaffaqiyati uzoq vaqt davom etadi.

Previous Post

Marketing asoslari: brending va strategiya

Next Post

Startap moliyasi va mablag‘ jalb qilish

Gulnoza Sobirova

Related Posts

Yevropada Yandex’ning sho‘ba korxonasi Yango taksi xizmati foydalanuvchilari ma’lumotlarini Rossiyaga berganlikda gumonlanib, 100 million yevro miqdorida jarimaga tortildi

Yevropada Yandex’ning sho‘ba korxonasi Yango taksi xizmati foydalanuvchilari ma’lumotlarini Rossiyaga berganlikda gumonlanib, 100 million yevro miqdorida jarimaga tortildi

May 11, 2026
Qozog‘iston «Bayterak» majmuasidan «Soyuz-5» raketasining ilk parvozini muvaffaqiyatli amalga oshirdi

Qozog‘iston «Bayterak» majmuasidan «Soyuz-5» raketasining ilk parvozini muvaffaqiyatli amalga oshirdi

May 2, 2026
Firstpoint VC AI-startaplar uchun €50 mlnlik fondni ishga tushirdi

Firstpoint VC AI-startaplar uchun €50 mlnlik fondni ishga tushirdi

Aprel 22, 2026
O‘zbekistonning Doomers Entertainment studiyasi Steam’da yangi o‘yinini taqdim etdi

O‘zbekistonning Doomers Entertainment studiyasi Steam’da yangi o‘yinini taqdim etdi

Aprel 21, 2026
Next Post
Startap moliyasi va mablag‘ jalb qilish

Startap moliyasi va mablag‘ jalb qilish

LaCafe — 3 kunda ishga tushadigan, yetkazib berish xizmati bilan to‘liq avtomatlashtirilgan yechim

LaCafe — 3 kunda ishga tushadigan, yetkazib berish xizmati bilan to‘liq avtomatlashtirilgan yechim

Please login to join discussion
  • Trending
  • Comments
  • Latest

Maktabni tashlab, $6,2 million yig‘gan yigit: Nozomio hikoyasi

Oktabr 2, 2025
Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Yanvar 6, 2026
San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

Yanvar 4, 2025
Alipos startup received a $200,000 investment offer on the “Taqdimot” TV show

AliPos startapi Taqdimot ko’rsatuvida investorlardan $200,000 lik taklif oldi

Noyabr 25, 2025
Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

2025 yilda NATOning 1 milliard evrolik innovatsion jamg’armasi qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan VK turlari NATOning 24 ittifoqdoshi tomonidan qo’llab-quvvatlangan jamg’arma hozirgacha oltita VC fondiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.

2025 yilda NATOning 1 milliard evrolik innovatsion jamg’armasi qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan VK turlari NATOning 24 ittifoqdoshi tomonidan qo’llab-quvvatlangan jamg’arma hozirgacha oltita VC fondiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.

Yevropada Yandex’ning sho‘ba korxonasi Yango taksi xizmati foydalanuvchilari ma’lumotlarini Rossiyaga berganlikda gumonlanib, 100 million yevro miqdorida jarimaga tortildi

Yevropada Yandex’ning sho‘ba korxonasi Yango taksi xizmati foydalanuvchilari ma’lumotlarini Rossiyaga berganlikda gumonlanib, 100 million yevro miqdorida jarimaga tortildi

May 11, 2026
AI hammani ishsiz qoldiradi(mi?)

AI hammani ishsiz qoldiradi(mi?)

May 8, 2026
INMerge Innovation Summit o’zining Roadshow seriyasini INMerge Tashkent bilan davom ettirdi

INMerge Innovation Summit o’zining Roadshow seriyasini INMerge Tashkent bilan davom ettirdi

May 6, 2026
O’zbek IT kompaniyalari nima uchun xorijga chiqolmaydi?

O’zbek IT kompaniyalari nima uchun xorijga chiqolmaydi?

May 5, 2026

Pivot

We are the Intelligence Platform for Founders & Investors in Emerging Markets — combining news, data, and community to unlock opportunities across GCC, Central Asia, and frontier ecosystems.

Follow us

Categories

  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar

Pages

  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English

Recent Post

  • Yevropada Yandex’ning sho‘ba korxonasi Yango taksi xizmati foydalanuvchilari ma’lumotlarini Rossiyaga berganlikda gumonlanib, 100 million yevro miqdorida jarimaga tortildi
  • AI hammani ishsiz qoldiradi(mi?)
  • INMerge Innovation Summit o’zining Roadshow seriyasini INMerge Tashkent bilan davom ettirdi
  • Privacy policy

© 2025 Pivot

Welcome Back!

Sign In with Google
Sign In with Linked In
OR

Login to your account below

Forgotten Password?

Retrieve your password

Please enter your username or email address to reset your password.

Log In
No Result
View All Result
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
  • Login
  • Cart
  • uz Uzbek
  • en English

© 2025 Pivot

Are you sure want to unlock this post?
Unlock left : 0
Are you sure want to cancel subscription?