Sun’iy intellekt sohasidagi global portlash investorlar orasida ilgari kuzatilmagan qiziqish uyg‘otmoqda. Har oyda tobora ko‘proq startaplar $1 milliarddan ortiq baholanishga erishib, unicorn maqomini qo‘lga kirmoqda.
TechCrunch, Crunchbase va PitchBook ma’lumotlariga tayanib, shu yil ichida venture capital tomonidan moliyalashtirilgan va unicorn maqomiga yetgan barcha kompaniyalarni kuzatib bordi. Ularning aksariyati AI sohasida ishlasa-da, Loft Orbital kabi sun’iy yo‘ldosh texnologiyasi bilan shug‘ullanuvchilar va Kalshi kabi blokcheynga asoslangan savdo platformalari ham bu ro‘yxatdan joy olgan.
Ro‘yxat yil davomida yangilanib boriladi. Quyida hozirgacha unicorn maqomiga ega bo‘lgan eng qudratli startaplar bilan tanishing.
IYUN
Linear — $1.25 mlrd
Dasturiy mahsulotlarni boshqarish vositasi. 2019-yilda asos solingan. $82 mln C-raunddan so‘ng $1.25 mlrdga baholangan. Investorlar: Accel, Sequoia Capital.
Gecko — $1.62 mlrd
Yuruvchi, suzuvchi, uchuvchi va emaklovchi ma’lumot yig‘uvchi robotlar ishlab chiqaradi. 2013-yilda tashkil etilgan. $121 mln D-raund. Investorlar: Cox Enterprises, Drive Capital.
Meter — $1.25 mlrd
Internet infratuzilmasini boshqarish xizmatini korxonalarga taqdim etadi. 2015-yilda asos solingan. $170 mln C-raund. Investorlar: General Catalyst, Sequoia, Sam Altman, Lachy Groom.
Teamworks — $1.25 mlrd
Sport sohasidagi dasturiy echimlar ishlab chiqaradi. 2006-yilda asos solingan. $247 mln F-raund. Investorlar: Seaport Capital, General Catalyst.
Thinking Machines — $10 mlrd
AI tadqiqot kompaniyasi. 2024-yilda OpenAI sobiq xodimi Mira Murati tomonidan asos solingan. $2 mlrd «seed» raund. Investorlar: a16z, Nvidia.
Kalshi — $2 mlrd
Prognoz bozorlariga ixtisoslashgan blokcheyn platformasi. 2018-yilda tashkil etilgan. $185 mln C-raund. Investorlar: Sequoia, Global Founders Capital.
Decagon — $1.5 mlrd
AI yordamida mijozlarga xizmat ko‘rsatish agenti. 2023-yilda tashkil etilgan. $131 mln C-raund. Investorlar: a16z, Accel.
MAY
Pathos — $1.6 mlrd
Farmatsevtika startapi. 2020-yilda asos solingan. $365 mln D-raund. Investorlar: General Catalyst, Altimeter Capital.
Statsig — $1.1 mlrd
Mahsulot ishlab chiqish platformasi. 2021-yilda tashkil etilgan. $100 mln C-raund. Investorlar: Sequoia, Madrona, ICONIQ Growth.
SpreeAI — $1.5 mlrd
Onlayn xarid texnologiyalari startapi. 2020-yilda tashkil etilgan. Investorlar: Davidson Group.
Function — $2.5 mlrd
Salomatlik texnologiyasi kompaniyasi. 2020-yilda asos solingan. $200 mln raund. Investorlar: a16z.
Owner — $1 mlrd
Restoranlar uchun marketing dasturi. 2018-yilda tashkil topgan. $120 mln C-raund. Investorlar: Headline, Redpoint Ventures, SaaStr Fund, Meritech Capital.
Awardco — $1 mlrd
Xodimlar jalb qilish va mukofotlash platformasi. 2012-yilda tashkil etilgan. $165 mln B-raund. Investorlar: General Catalyst.
APREL
Nourish — $1 mlrd
Telemeditsina orqali dietologik maslahat beruvchi platforma. 2020-yilda tashkil etilgan. $70 mln B-raund. Investorlar: Index Ventures, Thrive Capital.
Chapter — $1.38 mlrd
Medicare bo‘yicha yo‘riqchi sog‘liqni saqlash texnologiyasi. 2013-yilda asos solingan. $75 mln D-raund. Investorlar: XYZ VC, Narya.
Threatlocker — $1.2 mlrd
Orlando (Florida) shahrida joylashgan ma’lumotlarni himoya qilish texnologiyasi. 2017-yilda asos solingan. $60 mln E-raund. Investorlar: General Atlantic, StepStone Group.
Cyberhaven — $1 mlrd
Ma’lumotlar oqimini aniqlovchi texnologiya. 2015-yilda tashkil etilgan. $100 mln D-raund. Investorlar: Khosla Ventures, Redpoint Ventures.
MART
Fleetio — $1.5 mlrd
Avtoparklarni boshqarish dasturi. 2012-yilda tashkil topgan. $454 mln D-raund. Investorlar: Elephant, Goldman Sachs Alternatives.
The Bot Company — $2 mlrd
Robototexnika platformasi. 2024-yilda asos solingan. $150 mln erta bosqich investitsiyasi. Hozirgacha $300 mln jamg‘arilgan.
Celestial AI — $2.5 mlrd
AI chip texnologiyasi kompaniyasi. 2020-yilda Kaliforniyada tashkil etilgan. $250 mln C-raund. Investorlar: Fidelity, BlackRock, Engine Ventures.
Underdog Fantasy — $1.3 mlrd
Sport o‘yinlari platformasi. 2020-yilda asos solingan. $70 mln C-raund. Investorlar: Spark Capital.
Build Ops — $1 mlrd
Qurilish kompaniyalari uchun dasturiy ta’minot. 2018-yilda asos solingan. $122.6 mln C-raund. Investorlar: Founders Fund, Fika Ventures.
Insilico Medicine — $1 mlrd
AI asosidagi dori tadqiqoti. 2014-yilda tashkil etilgan. $110 mln E-raund. Investorlar: Lilly Ventures, Value Partners Group.
Olipop — $2 mlrd
Probiotik gazli ichimliklar ishlab chiqaruvchi brend. 2018-yilda tashkil topgan. $137.9 mln C-raund. Investorlar: Scoop Ventures, J.P. Morgan Growth Equity Partners.
Peregrine — $2.5 mlrd
Ma’lumotlarni integratsiyalash va tahlil qilish platformasi. 2017-yilda tashkil etilgan. $190 mln C-raund. Investorlar: Sequoia, Fifth Down Capital.
Assured — $1 mlrd
Sug‘urta da’volarini AI yordamida qayta ishlash tizimi. 2019-yilda tashkil etilgan. $23 mln B-raund. Investorlar: ICONIQ Capital, Kleiner Perkins. Exit rejasi haqida ma’lumot yo‘q.
FEVRAL
Abridge — $2.8 mlrd
Tibbiy nutqni yozuvga aylantiruvchi texnologiya. 2018-yilda tashkil etilgan. $250 mln D-raund. Investorlar: Elad Gil, IVP.
OpenEvidence — $1 mlrd
Tibbiy hujjatlar va dalillarni tahlil qilish platformasi. 2017-yilda asos solingan. $75 mln A-raund. Investorlar: Sequoia Capital.
Hightouch — $1.2 mlrd
Ma’lumotlarni avtomatlashtirilgan ravishda uzatish platformasi. 2018-yilda tashkil etilgan. $80 mln C-raund. Investorlar: Sapphire Ventures, Bain Capital Ventures.
YANVAR
Kikoff — $1 mlrd
Shaxsiy moliya boshqaruvi platformasi. 2019-yilda tashkil topgan. So‘nggi raund summasi oshkor qilinmagan. Investorlar: Female Founders Fund, Lightspeed, Steph Curry.
Netradyne — $1.35 mlrd
Kompyuter ko‘rish texnologiyasi startapi. 2015-yilda asos solingan. $90 mln D-raund. Investor: Point72 Ventures.
Hippocratic AI — $1.6 mlrd
Sog‘liqni saqlashga oid AI modellari yaratuvchisi. 2023-yilda tashkil etilgan. $141 mln B-raund. Investorlar: Kleiner Perkins.
Truveta — $1 mlrd
Genetik tadqiqot platformasi. 2020-yilda asos solingan. $320 mln raund. Investorlar: Microsoft, Regeneron Pharmaceuticals.
Clay — $1.25 mlrd
AI asosida ishlovchi savdo platformasi. 2017-yilda tashkil topgan. $40 mln B-raund. Investorlar: Sequoia, First Round, Boldstart, Box Group.
Mercor — $2 mlrd
AI asosidagi masofaviy yollash platformasi. 2022-yilda tashkil topgan. $100 mln B-raund. Investorlar: Felicis, Menlo Ventures, Jack Dorsey, Peter Thiel, Anthology Fund.Loft Orbital — $1 mlrd
Sun’iy yo‘ldosh texnologiyalari kompaniyasi. 2017-yilda tashkil etilgan. $170 mln C-raund. Investorlar: Temasek, Uncork Capital, Tikehau Capital.
Tayyorladi: Ismailova Laylo














