Bugungi tez o‘zgarayotgan biznes muhitida muvaffaqiyat faqat yaxshi reja yoki ehtiyotkor boshqaruv bilan belgilanmaydi. Eng yirik kompaniyalar, texnologik gigantlar va global bozorlarni o‘zgartirgan startaplar ortida butunlay boshqa fikrlash modeli turadi. Ushbu model venchur kapital tafakkuri bo‘lib, u Ilya Strebulaev va Alex Dang tomonidan yozilgan mashhur “The Venture Mindset” kitobida chuqur ochib berilgan. Endilikda ushbu asar o‘zbek tiliga “Venchur zehniyati” nomi bilan tarjima qilindi va mahalliy o‘quvchilar uchun ochiq bo‘ldi.


Kitob nimani o‘rgatadi?
“Venchur zehniyati” — bu faqat investorlar uchun yozilgan kitob emas. Asar tadbirkorlar, korporativ rahbarlar, davlat tashkilotlarida qaror qabul qiluvchilar va innovatsiya bilan shug‘ullanuvchi har bir mutaxassis uchun amaliy qo‘llanma hisoblanadi.
Mualliflar venchur kapitalistlar qanday qilib:
- yuqori xavf sharoitida qaror qabul qilishi,
- muvaffaqiyatsizlikni jarayonning tabiiy qismi sifatida qabul qilishi,
- qisqa muddatli foyda emas, uzoq muddatli ulkan natijani ko‘zlashi,
- yuzlab g‘oyalar ichidan bittasini tanlab, unga to‘liq resurs berishi
kabi tamoyillarni real misollar asosida tushuntirib beradi. Kitobning asosiy g‘oyasi shundaki: katta yutuqlar kichik xatolardan qo‘rqmaydigan, portfel bilan o‘ylaydigan va uzoq muddatli istiqbolni ko‘ra oladigan zehniyat mahsulidir.
An’anaviy boshqaruv tizimlarida xatolar jazolanadi, ehtiyotkorlik esa ustun qo‘yiladi. Natijada katta imkoniyatlar ko‘pincha amalga oshmaydi. “Venchur zehniyati” esa buning aksini taklif etadi — xatoni emas, imkoniyatni o‘tkazib yuborishni eng katta xavf deb hisoblaydi. Zoom, Amazon, Tesla, Google kabi kompaniyalar muvaffaqiyati aynan shu tafakkur asosida qurilgan. Kitob ushbu misollar orqali venchur modelning nafaqat startaplar, balki yirik tashkilotlar va butun ekotizimlar uchun ham qanday ishlashini ko‘rsatib beradi.
“Venchur zehniyati” kitobining o‘zbek tiliga tarjima qilinishi — mahalliy startap ekotizimi, biznes hamjamiyati va yosh rahbarlar uchun muhim qadamdir. Endilikda global biznes tafakkurining eng ilg‘or konsepsiyalaridan biri ona tilimizda, tushunarli va qulay shaklda taqdim etildi.
Kitobni Uzum Market va Asaxiy Books orqali buyyurtma qilishingiz mumkin
Ulgurji savdo uchun: + 998 (90) 125 07 09

















