AI yordamida dasturiy ta’minot ishlab chiqishga ixtisoslashgan Factory startapi $200 mln investitsiya jalb qildi. Yangi raunddan so‘ng kompaniyaning bahosi $5 mlrdga yetdi.
Factory 2023-yilda tashkil etilgan. Kompaniya dasturchilarga kod yozish, testlarni bajarish, xatolarni aniqlash va boshqa vazifalarda yordam beruvchi AI-agentlar — Droidsni ishlab chiqadi.
Factory’ning maqsadi AI’dan oddiy kod yozish vositasi sifatida emas, balki dasturiy ta’minot ishlab chiqish jarayonining turli bosqichlarini bajara oladigan agent sifatida foydalanishdir.
Kompaniya bahosi qanday oshdi?
Factory joriy yilning aprel oyida $150 mln investitsiya olib, $1,5 mlrd bahoga chiqqan edi. Taxminan besh oy ichida kompaniyaning bahosi uch baravardan ko‘proq oshib, $5 mlrdga yetdi.
Yangi raundda Blackstone, Khosla Ventures, Sequoia Capital va Insight Partners kabi investorlar qatnashdi.
Factory yangi mablag‘ni AI-agentlarini rivojlantirish va ularni yirik kompaniyalarda qo‘llashni kengaytirishga yo‘naltirmoqchi.

















