Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
  • Login
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
Pivot

Eng yirik texnologik haftalik — ICTWEEK Uzbekistan 2026 boshlandi

by Pivot
Sentabr 22, 2026
in Voqealar
Reading Time: 6 mins read
A A
Eng yirik texnologik haftalik — ICTWEEK Uzbekistan 2026 boshlandi
Share on FacebookShare on TwitterShare on Telegram

Toshkent, O‘zbekiston, 2026-yil 22-sentabr. Central Asian Expo Uzbekistan (CAEx) majmuasida mamlakatning eng yirik texnologik haftaligi — ICTWEEK Uzbekistan 2026 boshlandi. 25-sentabrgacha davom etadigan tadbir xalqaro va mahalliy IT kompaniyalari, investorlar, startaplar, davlat tashkilotlari hamda global texnologiya sohasi vakillarini bir maydonga jamlaydi.

Bu yil ICTWEEK xalqaro miqyosini sezilarli darajada kengaytirdi. Tadbirda 70 dan ortiq mamlakat vakillari, 25 mingdan ziyod tashrif buyuruvchi, jumladan, qariyb 2 ming nafar xorijiy mehmon ishtirok etishi kutilmoqda. Ko‘rgazma ekspozitsiyasida 200 dan ortiq tashkilotning yechimlari namoyish etiladi, biznes dasturida esa 200 dan ziyod spiker va ekspert ishtirok etadi.

AQSh, Xitoy, Yaponiya, Gruziya, Ummon, Turkiya, Tojikiston va boshqa mamlakatlarning kompaniyalari hamda texnologik tashkilotlari milliy pavilyonlarda o‘z faoliyatini namoyish etadi. Haftalik doirasida xalqaro kompaniyalar va mahalliy startaplar ham o‘z ishlanmalari va yechimlarini taqdim etadi.

So‘nggi yillarda ICTWEEK sohaviy ko‘rgazmadan venchur investitsiyalari, IT xizmatlari eksporti, xalqaro kompaniyalarning O‘zbekistonda faoliyat boshlashi, startaplarni rivojlantirish, sun’iy intellekt, bulutli texnologiyalar, autsorsing va raqamli infratuzilma kabi yo‘nalishlar muhokama qilinadigan xalqaro platformaga aylandi.

ICTWEEK biznes dasturi to‘rt kunni qamrab olib, yirik sammitlar, forumlar, konferensiyalar, texnologik musobaqalar va pitch-sessiyalarni o‘z ichiga oladi.

ICTWEEK’ning birinchi kuni rasmiy ochilish marosimi va ICT Expo 2026 ko‘rgazmasi bilan tanishuvdan boshlanadi. Startup & Venture Summit doirasida startap asoschilari, investorlar, venchur fondlari, akseleratorlar, korporatsiyalar va davlat tashkilotlari vakillari bir maydonda uchrashadi. Ishtirokchilar startap ekotizimini rivojlantirish, investitsiyalar jalb qilish, xalqaro miqyosda kengayish va texnologik kompaniyalarning global bozorlarga chiqishi masalalarini muhokama qiladi.

Shu kuni Uzbek–Japan Digital Community Forum ham bo‘lib o‘tadi. Forum O‘zbekiston va Yaponiyaning davlat organlari, texnologik kompaniyalari, investorlari va innovatsion ekotizimlari vakillarini birlashtiradi. Asosiy e’tibor raqamli hamkorlik, investitsiya loyihalari va ikki mamlakat kompaniyalarining yangi bozorlarga chiqish imkoniyatlariga qaratiladi.

So‘nggi ikki yil ichida IT Park rezidenti maqomiga ega yapon kompaniyalari soni 2 tadan 25 taga oshdi. Forum ushbu hamkorlikni yanada rivojlantirish, ikki mamlakat biznesi, investorlari va texnologik tashkilotlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni yo‘lga qo‘yish uchun platforma bo‘lib xizmat qiladi.

Ikkinchi kun O‘zbekistonni yangi texnologik yurisdiksiya sifatida rivojlantirishga bag‘ishlangan Enterprise Uzbekistan Summit bilan boshlanadi. Asosiy e’tibor huquqiy aniqlik, institutsional infratuzilma hamda xalqaro texnologik kompaniyalar va investitsiyalarni jalb qilish uchun yaratilayotgan sharoitlarga qaratiladi.

Dasturdan Enterprise Uzbekistan vakillarining chiqishlari, EY va BDO ekspertlarining asosiy ma’ruzalari, IT Park Uzbekistan va Enterprise Uzbekistan ishtirokidagi fireside chat, shuningdek, Rethinking Jurisdictions for the Global Technology Economy panel muhokamasi o‘rin olgan.

Ishtirokchilar xalqaro kompaniyalar nima sababdan biznes yuritish uchun O‘zbekistonni tanlayotgani, ekotizimning asosiy institutlari o‘rtasida vazifalar qanday taqsimlanayotgani va texnologik iqtisodiyotning keyingi rivoji uchun qanday tartibga solish sharoitlari zarurligini muhokama qiladi.

Shuningdek, OTS Technology Forum va Tech & Service Outsourcing Conference bo‘lib o‘tadi. Xalqaro kompaniyalar va soha ekspertlari O‘zbekistonda IT autsorsing, biznes jarayonlari autsorsingi, BPO, GBS hamda servis markazlarini rivojlantirish masalalarini muhokama qiladi.

2026-yilning birinchi yarmida IT Park’ga 608 ta eksportga yo‘naltirilgan kompaniya qo‘shildi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 178 foizga ko‘p. Bugungi kunda IT Park rezidentlari IT xizmatlari va raqamli mahsulotlarni 102 mamlakatga eksport qilmoqda.

AI Threats to Education & Employment sessiyasi sun’iy intellektning ta’lim, professional ko‘nikmalar va mehnat bozoriga ta’siriga bag‘ishlanadi. Amazon Web Services, Coursera, iFLYTEK, Alibaba Cloud va OX Group vakillari AI loyihalari uchun bulutli infratuzilma, ko‘p tilli AI modellari, AI Model-as-a-Service, biznes jarayonlarini avtomatlashtirish hamda mutaxassislarni kelajak kasblariga tayyorlash masalalarini muhokama qiladi.

Kunning asosiy voqealaridan biri StartupBlink va IT Park Uzbekistan hamkorligida tashkil etiladigan Global Startup Ecosystem Awards 2026 bo‘ladi. Marosim tarixda ilk bor oflayn formatda o‘tkaziladi, O‘zbekiston esa uni qabul qilgan birinchi mamlakatga aylanadi.

2026-yilda StartupBlink O‘zbekistonni Country of the Year deb e’tirof etdi. Bir yil davomida mamlakat global reytingda 19 pog‘ona yuqorilab, 79-o‘rinni egalladi. Toshkent esa 121 pog‘ona ko‘tarilib, 229-o‘ringa chiqdi va Markaziy Osiyodagi eng yuqori o‘rinni egallagan startap shahriga aylandi.

Uchinchi kunning markaziy tadbirlaridan biri Startup World Cup 2026 mintaqaviy finali bo‘ladi. Saralab olingan 15 ta texnologik startap investorlar va xalqaro ekspertlarga o‘z mahsulotlari, biznes modellari, bozor salohiyati va rivojlanish strategiyalarini taqdim etadi.

Loyihalar sun’iy intellekt, fintech, SaaS, deeptech, iste’mol texnologiyalari va boshqa yo‘nalishlarni qamrab oladi. G‘olib O‘zbekistonni San-Fransiskodagi global finalda namoyish etadi va 1 million AQSh dollari miqdoridagi investitsiya mukofoti uchun kurashish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Startup World Cup Silikon vodiysida joylashgan Pegasus Tech Ventures kompaniyasi tomonidan tashkil etiladi. Kompaniya 2 milliard AQSh dollaridan ortiq aktivlarni boshqaradi. Uning portfelida 300 dan ortiq investitsiya, 88 ta exit va 29 ta IPO mavjud. 2017-yildan buyon Startup World Cup platformasi 50 mingdan ortiq ishtirokchi, 2,5 ming investor va 500 spikerni birlashtirdi. Dunyoning turli mamlakatlarida 100 dan ortiq mintaqaviy musobaqa tashkil etilgan.

Toshkentdagi final doirasida 40 ta uchrashuv stoliga ega Speed Dating sessiyasi ham bo‘lib o‘tadi. Startaplar investorlar va potensial hamkorlar bilan bevosita muloqot qilish, o‘z loyihalarini taqdim etish va hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Mintaqaviy final tashkilotchilari Pegasus Tech Ventures va Don’t Settle, hamkorlari esa Raqamli texnologiyalar vazirligi, IT Park Uzbekistan va IT Park Ventures hisoblanadi.

Shu kuni O‘zbekiston va Yaqin Sharq mamlakatlari o‘rtasidagi texnologik va investitsiyaviy hamkorlikka bag‘ishlangan Uzbekistan–Middle East Tech Summit ham bo‘lib o‘tadi.

Yana bir muhim tadbir — SABRIYA, texnologiya sanoatida ayollar tadbirkorligi va liderligiga bag‘ishlangan platforma bo‘ladi. Ishtirokchilar va taklif etilgan ekspertlar ayollarning raqamli iqtisodiyotdagi o‘rni, texnologik kompaniyalarni rivojlantirish hamda o‘z loyihalarini yo‘lga qo‘yish imkoniyatlarini muhokama qiladi.

Yakuniy kun bulutli texnologiyalar, sun’iy intellekt, startaplar va o‘yin sanoatiga bag‘ishlanadi.

AWS Community Day Uzbekistan 500 dan ortiq dasturchi, bulutli texnologiyalar bo‘yicha mutaxassis va texnologiya ishqibozlarini birlashtiradi. Dasturda 15 dan ortiq spiker, jumladan, Amazon Web Services vitse-prezidenti va Chief Evangelist Jeff Barr ishtirok etishi rejalashtirilgan. Texnik sessiyalar serverless texnologiyalar, sun’iy intellekt va mashinaviy o‘qitish, Amazon SageMaker, Amazon Bedrock, konteynerlar, DevOps, kiberxavfsizlik hamda zamonaviy bulutli arxitekturaga bag‘ishlanadi.

Shuningdek, Ignyte AI Challenge 2026, o‘yin sanoatiga bag‘ishlangan GameGap tadbiri hamda AloqaVentures tomonidan tashkil etilgan TAQDIMOT startap-shousining maxsus soni bo‘lib o‘tadi.

TAQDIMOT doirasida saralab olingan startaplar o‘z mahsulotlari va biznes modellarini investorlar hamda venchur fondlari vakillariga taqdim etadi, ekspertlarning fikr-mulohazalarini oladi va potensial investitsiyalar hamda hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qiladi.

ICTWEEK’ning xalqaro ko‘lami O‘zbekistonning global texnologik iqtisodiyotga integratsiyalashuvi jarayonini ham aks ettiradi. Xorijiy kompaniyalar uchun mamlakat nafaqat rivojlanib borayotgan bozor, balki Markaziy Osiyoda keyingi faoliyatni yo‘lga qo‘yish uchun platforma sifatida ham qiziqish uyg‘otmoqda.

O‘zbekiston kompaniyalari uchun esa ICTWEEK xalqaro buyurtmachilar, investorlar va texnologik hamkorlar bilan bevosita uchrashuvlar o‘tkazish imkonini beradi. Bunday aloqalar kapital jalb qilish, eksport shartnomalarini tuzish va yangi bozorlarga chiqish uchun boshlang‘ich nuqtaga aylanishi mumkin.

Kapital va istiqbolli loyihalar, xalqaro talab va mahalliy kompetensiyalar, global kompaniyalar va mintaqaviy imkoniyatlar o‘rtasidagi bog‘liqlik ICTWEEK Uzbekistan 2026 haftaligining asosiy mazmunlaridan biriga aylanmoqda.

ICTWEEK Uzbekistan 2026 22–25-sentabr kunlari Toshkentdagi Central Asian Expo Uzbekistan (CAEx) majmuasida bo‘lib o‘tadi.

Previous Post

Qoraqalpog‘istonga 2027-yilda $5 mlrd investitsiya jalb qilinadi

Next Post

IT Park Ventures 6 ta texnologik startapga investitsiya kiritdi

Pivot

Related Posts

Startup Garage Grand Demo Day – $235,000 soft commitment berildi

Startup Garage Grand Demo Day – $235,000 soft commitment berildi

Oktabr 8, 2026
ICT WEEK 2026 doirasida Startup & Venture Summit bo‘lib o‘tadi

ICT WEEK 2026 doirasida Startup & Venture Summit bo‘lib o‘tadi

Sentabr 9, 2026
Kuzning eng yirik startap haftaligi: ICT Week 2026 doirasida nimalar bo‘ladi?

Kuzning eng yirik startap haftaligi: ICT Week 2026 doirasida nimalar bo‘ladi?

Sentabr 5, 2026
Toshkentda Silk Road Finance & Technology Forum davom etmoqda

Toshkentda Silk Road Finance & Technology Forum davom etmoqda

Avgust 25, 2026
Next Post
IT Park Ventures 6 ta texnologik startapga investitsiya kiritdi

IT Park Ventures 6 ta texnologik startapga investitsiya kiritdi

ICT Week doirasida Startup Garage investorlar bilan studio darajasidagi bitim yoki exit bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda

ICT Week doirasida Startup Garage investorlar bilan studio darajasidagi bitim yoki exit bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda

Please login to join discussion

false

  • Latest
  • Trending
  • Comments
Turkiya 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarni cheklaydi

Turkiya 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarni cheklaydi

Oktabr 12, 2026
Anthropic $42 mlrd zarar ko‘rganiga qaramay $2 trlnga baholanishi mumkin

Anthropic $42 mlrd zarar ko‘rganiga qaramay $2 trlnga baholanishi mumkin

Oktabr 12, 2026
AI aktyorlarni almashtiryaptimi? Endi ularning raqamli qiyofasi ham litsenziyalanmoqda

AI aktyorlarni almashtiryaptimi? Endi ularning raqamli qiyofasi ham litsenziyalanmoqda

Oktabr 12, 2026
Yandex’dagi uzilishlar O‘zbekiston bozoriga qanday ta’sir qiladi?

Yandex’dagi uzilishlar O‘zbekiston bozoriga qanday ta’sir qiladi?

Oktabr 12, 2026

Maktabni tashlab, $6,2 million yig‘gan yigit: Nozomio hikoyasi

Oktabr 2, 2025
Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Yanvar 6, 2026
Andijonlik asoschi bilan ochiq suhbat: Higgsfield AI ortidagi Alex Mashrabov

Andijonlik asoschi bilan ochiq suhbat: Higgsfield AI ortidagi Alex Mashrabov

Noyabr 16, 2025
San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

Yanvar 4, 2025
Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

2025 yilda NATOning 1 milliard evrolik innovatsion jamg’armasi qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan VK turlari NATOning 24 ittifoqdoshi tomonidan qo’llab-quvvatlangan jamg’arma hozirgacha oltita VC fondiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.

2025 yilda NATOning 1 milliard evrolik innovatsion jamg’armasi qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan VK turlari NATOning 24 ittifoqdoshi tomonidan qo’llab-quvvatlangan jamg’arma hozirgacha oltita VC fondiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.

Pivot

We are the Intelligence Platform for Founders & Investors in Emerging Markets — combining news, data, and community to unlock opportunities across GCC, Central Asia, and frontier ecosystems.

Follow us

Categories

  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar

Pages

  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English

Recent Post

  • Turkiya 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarni cheklaydi
  • Anthropic $42 mlrd zarar ko‘rganiga qaramay $2 trlnga baholanishi mumkin
  • AI aktyorlarni almashtiryaptimi? Endi ularning raqamli qiyofasi ham litsenziyalanmoqda
  • Privacy policy

© 2025 Pivot

Welcome Back!

Sign In with Google
Sign In with Linked In
OR

Login to your account below

Forgotten Password?

Retrieve your password

Please enter your username or email address to reset your password.

Log In
No Result
View All Result
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
  • Login
  • Cart
  • uz Uzbek
  • en English

© 2025 Pivot

Are you sure want to unlock this post?
Unlock left : 0
Are you sure want to cancel subscription?