Startaplar olamining statistikasi shuni koʻrsatadiki, yangi tuzilgan loyihalarning taxminan 90%i muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. Xoʻsh, nega koʻplab ajoyib gʻoyalar va katta investitsiyalarga ega loyihalar barbod boʻladi? CB Insights tadqiqotlariga tayanib, asosiy 10 ta xatoni koʻrib chiqamiz.
1. Startaplar barbod boʻlishining top-10 sababi (CB Insights ma’lumotlari)
| Oʻrin | Muvaffaqiyatsizlik sababi | Ulush (%) | Muammoning asosiy mazmuni |
| 1 | No Market Need | 42% | Bozorga kerak boʻlmagan mahsulot yaratish |
| 2 | Ran Out of Cash | 29% | Burn rate va runway ni notoʻgʻri boshqarish |
| 3 | Not the Right Team | 23% | Notoʻgʻri shakllantirilgan jamoa va kelishmovchiliklar |
| 4 | Get Outcompeted | 19% | Raqobatchilardan ustunlik topa olmaslik |
| 5 | Pricing / Cost Issues | 18% | Unit ekonomika va narx modelidagi xatolar |
| 6 | User Unfriendly Product | 17% | Murakkab UI/UX va foydalanishdagi noqulayliklar |
| 7 | Product Without a Business Model | 17% | Aniq daromad (monetizatsiya) modelining yoʻqligi |
| 8 | Poor Marketing | 14% | Mijozlarni jalb qilish kanallarini topa olmaslik |
| 9 | Ignore Customers | 14% | Mijozlar fikr-mulohazalarini e’tiborsiz qoldirish |
| 10 | Pivot Gone Bad | 10% | Asossiz va notoʻgʻri yoʻnalishga pivot qilish |
CB Insights tadqiqotiga koʻra, muvaffaqiyatsizlikning birinchi raqamli sababi mahsulotning yomonligi emas, balki unga bozor ehtiyojining yoʻqligidir (42%). Ushbu xatolarning oldini olish uchun gʻoyangizni dastlab MVP orqali sinab koʻring: MVP (Minimum Viable Product) nima? Kam budjet bilan gʻoyani tekshirish
Ushbu xatolarni oldindan bilish va ularni takrorlamaslik startapning oʻsib rivojlanish imkoniyatini keskin oshiradi.

















