Startapni oddiy an’anaviy biznesdan ajratib turadigan eng asosiy xususiyat — bu uning masshtablanuvchanligi (Scalability). Bu kompaniya daromadlarini karrasiga oshirish jarayonida resurs va xarajatlarni minimal darajada ushlab turish qobiliyatidir.
1. Premature scaling (Barvaqt masshtablash) xavfi
Startup Genome tadqiqotlariga koʻra, startaplarning 74%i aynan «Premature Scaling» — ya’ni hali Product-Market Fit ga erishmasdan va unit ekonomika moslashmasdan turib, marketing hamda ekspansiyaga katta pul tikib yuborishi sababli inqirozga uchraydi.
Barvaqt masshtablanishga urinish startaplar tanazzulining asosiy sababchilaridan biridir. Avval mahalliy bozorda PMF ni isbotlang, soʻngra xalqaro ekspansiyani boshlang.
Masshtablashdan oldin albatta bozor mosligini tekshiring: Product-Market Fit (PMF) nima? Mahsulot va bozor mosligini aniqlash. Oʻz vaqtida va toʻgʻri qilingan masshtablash startapni bir necha milliard dollarlik unicorn kompaniyaga aylantirishi mumkin.

















