Tibbiyotda «Post-mortem» atamasi oʻlim sababini aniqlash uchun oʻtkaziladigan autopsiyani anglatadi. Startap va IT sohasida esa bu barbod boʻlgan loyiha yoki inqirozli hodisadan soʻng, nima uchun xato yuz berganini shaxslarni ayblamasdan (Blameless Post-mortem) xolis tahlil qilish amaliyotidir.
1. Post-mortem oʻtkazishning 5 ta qadami
- Faktlarni toʻplash: Hissiyotlarga berilmasdan, aniq raqamlar va xronologiyani yozib chiqish.
- Asosiy sababni aniqlash (Root Cause Analysis): «Nega bu sodir boʻldi?» degan savolni 5 marta ketma-ket berish («5 Whys» metodologiyasi).
- Blameless madaniyati: Hech kimni shaxsan ayblamasdan, tizim va jarayondagi kamchiliklarni topish.
- Xulosalarni hujjatlashtirish: Chiqarilgan saboqlarni ochiq hisobot koʻrinishida e’lon qilish.
- Chora-tadbirlar rejasini tuzish: Kelajakda bunday xatoga yoʻl qoʻymaslik uchun aniq qadamlarni belgilash.
Startaplarning 90% tanazzul sabablari haqida Startaplarning 90%i nima uchun fail boʻladi? Asosiy 10 ta xato tahlili maqolamizda oʻqing. Post-mortem tahlil — bu magʻlubiyat va xatolarni kelajakdagi muvaffaqiyat poydevoriga aylantirish san’atidir.

















