Startup Garage tomonidan tashkil etilgan 3-mavsum Grand Demo Day tadbiri School 21 markazida bo‘lib o‘tdi. Ikki oy davom etgan saralash va akseleratsiya jarayonidan so‘ng finalga chiqqan 10 ta startap — Bitimchi AI, ReMagnit, ASOX Market, Nomad Rivals, DentaGo, Swipies AI, ALBUS, HRHub, Visitca va FinSight — o‘z loyihalarini investorlar va venchur fondlari oldida taqdim etdi.
Grand Demo Day’da kimlar soft commitment oldi?
$105,000 lik eng katta commitment — Bitimchi AI’da
- SQB Ventures – $50,000
- Imkon Ventures – $20,000
- UC Ventures – $30,000
- CS Angels – $5,000

Bitimchi AI bizneslarning huquqiy va buxgalteriya jarayonlarini bitta platformada boshqarishga yordam beruvchi AI yechimni ishlab chiqmoqda. Platformada shartnoma yaratish va tahlil qilish, soliqlarni hisoblash, kontragentni STIR orqali tekshirish, hujjatlarni Didox orqali yuborish hamda AI yuristdan maslahat olish kabi funksiyalar mavjud.
FinSight – $60,000
- Imkon Ventures – $20,000
- AloqaVentures – $20,000
- UC Ventures – $20,000

FinSight kichik va o‘rta bizneslar uchun moliyaviy boshqaruvni avtomatlashtiradi. Tizim tranzaksiyalar asosida P&L, balans va pul oqimini shakllantirib, prognoz va risk tahlili orqali biznesdagi moliyaviy xavflarni oldindan aniqlashga yordam beradi.
Swipies AI – $50,000
Swipies AI SQB Ventures’dan $50,000 soft commitment oldi. Startap kompaniyalar uchun korporativ jarayonlarda foydalanishga mo‘ljallangan AI yechimlarini ishlab chiqmoqda.

HRHub – $20,000
HRHub loyihasiga Imkon Ventures tomonidan $20,000 soft commitment bildirildi.

HRHub kompaniyalardagi HR jarayonlarini bitta tizimda boshqarishga yordam beruvchi o‘zbek tilidagi platforma. Unda xodimlarni yollash, xodimlar bazasi, davomat, ish haqi, hujjatlar, ta’til, so‘rovnomalar va analitika kabi funksiyalar birlashtirilgan.
Kaja Games investorlar bilan strategik hamkorlikni boshlaydi

Kaja Games ham Grand Demo Day’da investorlar bilan keyingi hamkorlik uchun kelishuvga erishgan loyihalardan biri bo‘ldi. Startap IT Park Ventures, CS Angels, AloqaVentures va individual investorlar bilan advayzerlik hamkorligi bo‘yicha kelishuvlarga erishdi. Moliyaviy commitment summasi ochiqlanmagan.
DentaGo uchun yangi klinikalar kanali
DentaGo esa CS Angels bilan strategik hamkorlik bo‘yicha kelishuvga erishdi. Hamkorlik doirasida DentaGo’ni CS Angels portfelidagi tibbiyot yo‘nalishidagi startaplar bilan integratsiya qilish va ular bilan hamkorlik qilish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi.
Startaplar uchun qo‘shimcha imkoniyatlar
Grand Demo Day faqat investitsiya kelishuvlari bilan cheklanib qolmadi. C-Space Coworking tadbirda qatnashgan startaplarga coworking zonasidan foydalanish uchun 2,000,000 so‘mlik vaucherlar taqdim etdi.
Keyingi Grand Demo Day sahnasida sizning startapingiz ham bo‘lishi mumkin. Arizani topshiring va imkoniyatni qo‘ldan boy bermang: SGdemodaybot
Bosh hamkor: Imkon Acceleration
Hamkorlar: C-Space Coworking, School 21
Investorlar: Imkon Ventures,AloqaVentures, IT Park Ventures, United Ventures, UC Ventures, CS Angels, Agro Ventures, SQB Ventures
Media hamkor: Pivot
Eslatib o‘tamiz, soft commitment yakuniy investitsiya degani emas. Bu investorning loyihaga investitsiya kiritishga bildirgan dastlabki jiddiy qiziqishi bo‘lib, yakuniy bitim odatda due diligence va boshqa huquqiy jarayonlardan keyin rasmiylashtiriladi.

















