Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
  • Login
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
Pivot

Endi Gemini’da “mantiqiy fikrlash” imkoniyati bor

by Gulnoza Sobirova
Fevral 7, 2025
in Startaplar
Reading Time: 2 mins read
A A
Endi Gemini’da “mantiqiy fikrlash” imkoniyati bor
Share on FacebookShare on TwitterShare on Telegram

Google uzoq kutilgan yangi flagman sun’iy intellekt modeli – Gemini 2.0 Pro Experimental’ni rasman ishga tushirdi. Kompaniya bu xabarni boshqa bir qator sun’iy intellekt modellari taqdimoti doirasida e’lon qildi. Shuningdek, Google o‘zining “mantiqiy fikrlash” modeli bo‘lgan Gemini 2.0 Flash Thinking’ni ham Gemini ilovasida ommaga taqdim etmoqchi.

Biroq Google bu kabi sun’iy intellekt modellarini namoyish qilayotgan bir paytda texnologiya olami foydalanuvchilari Xitoyning DeepSeek startapining arzonroq mantiqiy fikrlash modellariga katta e’tibor qaratmoqda. DeepSeek’ning modellari Amerika texnologiya gigantlari tomonidan yaratilgan ilg‘or sun’iy intellekt modellari bilan munosib raqobat qilishi, hatto ularni ortda qoldirishi ham mumkin. Shuningdek, kompaniyalar DeepSeek API’dan foydalangan holda ushbu modellarni nisbatan arzon narxda ijaraga olishi ham mumkin.

Google va DeepSeek o‘tgan yilning dekabrida bir vaqtda sun’iy intellektga asoslangan “reasoning” modellarini chiqargan bo‘lsa-da, DeepSeekning R1 modeli ko‘proq e’tibor qozondi. Endilikda esa Google o‘zining ommabop Gemini ilovasi orqali Gemini 2.0 Flash Thinking modelini kengroq auditoriyaga yetkazmoqchi ekani yaqqol namoyon bo’lmoqda.

Gemini 2.0 Pro haqida to‘xtalsak: Google uni Gemini 1.5 Pro modelining davomchisi sifatida e’lon qildi va uni Gemini sun’iy intellekt modellari oilasidagi eng yetakchi namuna deya e’tirof etdi.

Kompaniya bundan bir hafta muqaddam Gemini ilovasining o‘zgarishlar jurnalida Gemini 2.0 Pro modelining chiqarilishi haqida rejalashtirilmagan holda e’lon berdi. Ammo bu safar barcha ma’lumotlar rasman tasdiqlandi. Google ushbu modelning sinov versiyasini Vertex AI va Google AI Studio platformalarida ishga tushirmoqchi. Shuningdek, Gemini ilovasi obunachilariga ham Gemini 2.0 Prodan foydalanish imkoniyati beriladi.

Google’ga ko‘ra, yangi model kod yozish hamda murakkab topshiriqlarni bajarish bo‘yicha juda samarali hamda avvalgi modellarga nisbatan “dunyo haqidagi bilimlarni yaxshiroq tushunish va mantiqan tahlil qilish” imkoniyatiga ega. Gemini 2.0 Pro foydalanuvchilar nomidan Google Search kabi vositalarga murojaat qilishi va kerak bo‘lganda kodni yozishi yoki buyruq berishi ham mumkin.

Bundan tashqari, Gemini 2.0 Proning kontekst oynasi 2 million tokendan iborat. Bu taxminan 1,5 million so‘zni bir martada qayta ishlash imkonini beradi. Boshqacha qilib aytganda, Google’ning eng so‘nggi modeli bitta so‘rovda “Garri Potter”ning yettita kitobini to‘liq qamrab ola oladi va yana taxminan 400 ming so‘z hajmidagi matnni sig‘dira oladigan “zaxira”ga ega bo‘ladi.

Google Gemini 2.0 Flash modelini keng ommaga taqdim etadi. Ushbu model 2024-yil dekabr oyida e’lon qilingan bo‘lib, endilikda barcha Gemini ilovasi foydalanuvchilari uchun ochiq bo‘ladi.

Qisqa qilib aytganda Google ayni vaqtda DeepSeek’ga nisbatan kuchayib borayotgan qiziqishni pasaytirish yoki unga raqobatchi yaratish maqsadida yangi, yanada iqtisodiy tejamkor Gemini 2.0 Flash-Lite modelini e’lon qilmoqda. Kompaniya ushbu model Gemini 1.5 Flash’ga nisbatan yuqoriroq hamda aniqroq natija ko‘rsatishi, ammo xuddi shu narx va tezlikda ishlashini ma’lum qildi.

Tayyorladi: Zuhraxon Mansurova

Previous Post

Startap va an’anaviy biznes: Qanday farqi bor?

Next Post

O‘zbekiston YIMi 2024-yilda 1,45 kvadrillion so‘mga yetdi: Tarkibi va o‘sish omillari

Gulnoza Sobirova

Related Posts

Nyu-Yorkda uylarni bepul tozalovchi startap ishga tushdi

Nyu-Yorkda uylarni bepul tozalovchi startap ishga tushdi

Iyul 27, 2026
Cyber Kalkan: O’zbek mobil ekotizimi uchun yangi kiberxavfsizlik platformasi

Cyber Kalkan: O’zbek mobil ekotizimi uchun yangi kiberxavfsizlik platformasi

May 22, 2026
Higgsfield AI: Series B raundi doirasida $4 milliardlik baho bilan yuzlab million dollar investitsiya jalb qilmoqda

Higgsfield AI: Series B raundi doirasida $4 milliardlik baho bilan yuzlab million dollar investitsiya jalb qilmoqda

May 2, 2026
Toshkentlik Kraken Express game dev studiyasining «Windrose» o‘yini 10 kunda $30 mln ishlab topdi

Toshkentlik Kraken Express game dev studiyasining «Windrose» o‘yini 10 kunda $30 mln ishlab topdi

May 1, 2026
Next Post
O‘zbekiston YIMi 2024-yilda 1,45 kvadrillion so‘mga yetdi: Tarkibi va o‘sish omillari

O‘zbekiston YIMi 2024-yilda 1,45 kvadrillion so‘mga yetdi: Tarkibi va o‘sish omillari

O‘zbekistonning oltin zaxirasi rekord darajaga yetdi – $35 milliarddan oshdi

O‘zbekistonning oltin zaxirasi rekord darajaga yetdi – $35 milliarddan oshdi

Please login to join discussion

false

  • Latest
  • Trending
  • Comments
AI sizning o‘rningizga fikrlay boshlasa nima bo‘ladi?

AI sizning o‘rningizga fikrlay boshlasa nima bo‘ladi?

Sentabr 11, 2026
Elektrtexnika sanoatiga 2030-yilgacha $3 mlrd investitsiya jalb qilinadi

Elektrtexnika sanoatiga 2030-yilgacha $3 mlrd investitsiya jalb qilinadi

Sentabr 10, 2026
O‘zbek alifbosidagi yangi harflarga o‘tishda eski yozuvdagi hujjat va peshlavhalarga ruxsat beriladi

O‘zbek alifbosidagi yangi harflarga o‘tishda eski yozuvdagi hujjat va peshlavhalarga ruxsat beriladi

Sentabr 10, 2026
ICT WEEK 2026 doirasida Startup & Venture Summit bo‘lib o‘tadi

ICT WEEK 2026 doirasida Startup & Venture Summit bo‘lib o‘tadi

Sentabr 9, 2026

Maktabni tashlab, $6,2 million yig‘gan yigit: Nozomio hikoyasi

Oktabr 2, 2025
Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Yanvar 6, 2026
San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

Yanvar 4, 2025
Chanel brendi tarixi: moda, atir va innovatsiyaga boy safar

Chanel brendi tarixi: moda, atir va innovatsiyaga boy safar

Fevral 17, 2025
Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

2025 yilda NATOning 1 milliard evrolik innovatsion jamg’armasi qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan VK turlari NATOning 24 ittifoqdoshi tomonidan qo’llab-quvvatlangan jamg’arma hozirgacha oltita VC fondiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.

We are the Intelligence Platform for Founders & Investors in Emerging Markets — combining news, data, and community to unlock opportunities across GCC, Central Asia, and frontier ecosystems.

Follow us

Categories

  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar

Pages

  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English

Recent Post

  • AI sizning o‘rningizga fikrlay boshlasa nima bo‘ladi?
  • Elektrtexnika sanoatiga 2030-yilgacha $3 mlrd investitsiya jalb qilinadi
  • O‘zbek alifbosidagi yangi harflarga o‘tishda eski yozuvdagi hujjat va peshlavhalarga ruxsat beriladi
  • Privacy policy

© 2025 Pivot

Welcome Back!

Sign In with Google
Sign In with Linked In
OR

Login to your account below

Forgotten Password?

Retrieve your password

Please enter your username or email address to reset your password.

Log In
No Result
View All Result
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
  • Login
  • Cart
  • uz Uzbek
  • en English

© 2025 Pivot

Are you sure want to unlock this post?
Unlock left : 0
Are you sure want to cancel subscription?