Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
  • Login
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
Pivot

Google Chrome “Inkognito” rejimida maxfiylikni oshirish uchun skriptlarni bloklashni sinovdan o‘tkazmoqda

by Gulnoza Sobirova
Avgust 14, 2025
in IT
Reading Time: 2 mins read
A A
Google Chrome “Inkognito” rejimida maxfiylikni oshirish uchun skriptlarni bloklashni sinovdan o‘tkazmoqda
Share on FacebookShare on TwitterShare on Telegram

Google Windows 11’dagi Chrome brauzerining “Inkognito” rejimida maxfiylikni kuchaytirishga qaratilgan yangi funksiyani sinovdan o‘tkazmoqda. PrivacySandboxFingerprintingProtectionEnabled deb nomlangan ushbu imkoniyat foydalanuvchini turli saytlar bo‘ylab qayta aniqlashga xizmat qiluvchi “device fingerprinting” (qurilma raqamli barmoq izi) usullaridan foydalanadigan uchinchi tomon skriptlarini bloklaydi.

Qanday ishlaydi

Funksiya yoqilganda, Chrome Canvas, WebGL, shrift aniqlash yoki audio tahlil kabi API’lar orqali noyob identifikatorlar to‘playdigan uchinchi tomon skriptlarini yuklashni to‘xtatadi. Bu esa reklamachilar uchun cookie-fayllarsiz ham foydalanuvchini kuzatishni ancha qiyinlashtiradi.

Bunda barcha domenlar bloklanmaydi — faqat MDL (Marked Domains List) ro‘yxatiga kiritilganlari. Domen uchinchi tomon sifatida harakat qilganda va foydalanuvchi qurilmasi yoki brauzeridan ortiqcha ma’lumot olishga urinayotganda ro‘yxatga kiritiladi.

Google bu tizimni joriy qilish uchun Fetch spetsifikatsiyasiga kichik o‘zgartirish taklif qilgan. Bu brauzerlarga odatdagi xavfsizlik tekshiruvlari (CSP tekshiruvi, aralash kontent tekshiruvi) o‘tgach, so‘rovlarni bloklash yoki himoya qilish imkonini beruvchi standart mexanizm yaratadi.

Masalan, agar domen Canvas, WebGL yoki shrift tekshirish orqali foydalanuvchining noyob identifikatorini shakllantirib, uni yuborsa, sayt egasi ushbu identifikator yordamida cookie-faylsiz ham foydalanuvchiga moslashtirilgan reklama ko‘rsatishi mumkin. Chrome’ning yangi “Inkognito” skript bloklash funksiyasi esa bunday skriptlarning yuklanishini oldini oladi.

Boshqa brauzerlar bilan taqqoslash
  • Safari — Intelligent Tracking Prevention (ITP) orqali uchinchi tomon cookie-fayllari va kuzatuvchi skriptlarni to‘liq bloklaydi.
  • Firefox — Enhanced Tracking Protection (ETP) funksiyasiga ega.
  • Microsoft Edge — Tracking Prevention funksiyasini taklif qiladi.

Safari va Firefox oddiy ko‘rish rejimida ham tajovuzkor kuzatuvchi skriptlarni bloklasa, Chrome’ning yondashuvi ehtiyotkorroq — himoya faqat “Inkognito” rejimida va faqat ro‘yxatdagi domenlarga tatbiq etiladi.

Qaysi brauzerlarda bo‘ladi

Google bu funksiyani faqat Chrome’ning “Inkognito” rejimida joriy qilishini va barcha Chromium asosidagi brauzerlarda tatbiq etish rejalashtirilmaganini ma’lum qildi.

Yangi “Inkognito” rejimida manzil satrida “ko‘z” belgisi paydo bo‘ladi. U orqali joriy sayt uchun himoyani vaqtincha o‘chirib qo‘yish mumkin. Sozlamalarda esa funksiyani butunlay o‘chirish tugmasi bo‘ladi, chunki ba’zi saytlar skriptlar bloklanganda ishlamasligi mumkin.

Ushbu sinov Google Chrome 139 versiyasi chiqishi ortidan o‘tkazilmoqda. Yangi versiyada manzil satri va yangi oyna sahifasida sun’iy intellekt asosidagi qidiruv tavsiyalari paydo bo‘ldi, shuningdek, manzil satri orqali tezkor qidiruv yorliqlarini yaratish imkoniyatlari kengaytirildi.

Google to‘liq anonimlikka trafikni yo‘naltirishsiz erishish qiyinligini tan olsa-da, ushbu skript bloklash tizimi Chrome’ning “Inkognito” rejimida maxfiylikni oshirish yo‘lidagi navbatdagi qadam bo‘ladi.

Previous Post

Elon Musk’ning xAI hamasoschisi Igor Babuschkin kompaniyani tark etdi

Next Post

IT Park Uzbekistan: Saudiya Arabistoni va Oman bilan hamkorlikni kengaytirmoqda

Gulnoza Sobirova

Related Posts

O‘zbekiston Saudiya Arabistoni bilan birgalikda $150 millionlik data-markaz qurilishini boshladi

O‘zbekiston Saudiya Arabistoni bilan birgalikda $150 millionlik data-markaz qurilishini boshladi

Oktabr 23, 2025
IT Park Uzbekistan: Saudiya Arabistoni va Oman bilan hamkorlikni kengaytirmoqda

IT Park Uzbekistan: Saudiya Arabistoni va Oman bilan hamkorlikni kengaytirmoqda

Avgust 15, 2025
Google yangi “vibe-coding” dasturi Opal bilan oddiy foydalanuvchilarni dasturchiga aylantirmoqchi

Google yangi “vibe-coding” dasturi Opal bilan oddiy foydalanuvchilarni dasturchiga aylantirmoqchi

Iyul 28, 2025
Swift dasturlash tilida JSON bilan ishlashni Codable yordamida avtomatlashtirish

Swift dasturlash tilida JSON bilan ishlashni Codable yordamida avtomatlashtirish

Iyun 21, 2025
Next Post
IT Park Uzbekistan: Saudiya Arabistoni va Oman bilan hamkorlikni kengaytirmoqda

IT Park Uzbekistan: Saudiya Arabistoni va Oman bilan hamkorlikni kengaytirmoqda

ChatGPT mobil ilovasi $2 milliard daromadga erishdi, har bir o‘rnatilishdan o‘rtacha $2,91 ishlab topmoqda

ChatGPT mobil ilovasi $2 milliard daromadga erishdi, har bir o‘rnatilishdan o‘rtacha $2,91 ishlab topmoqda

Please login to join discussion
  • Trending
  • Comments
  • Latest

Maktabni tashlab, $6,2 million yig‘gan yigit: Nozomio hikoyasi

Oktabr 2, 2025
Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Yanvar 6, 2026
San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

Yanvar 4, 2025
Alipos startup received a $200,000 investment offer on the “Taqdimot” TV show

AliPos startapi Taqdimot ko’rsatuvida investorlardan $200,000 lik taklif oldi

Noyabr 25, 2025
Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

2025 yilda NATOning 1 milliard evrolik innovatsion jamg’armasi qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan VK turlari NATOning 24 ittifoqdoshi tomonidan qo’llab-quvvatlangan jamg’arma hozirgacha oltita VC fondiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.

Imzolashdan oldin har bir shartnomani AI o’qisa-chi?

Imzolashdan oldin har bir shartnomani AI o’qisa-chi?

May 15, 2026
UzNIF IPO’si $600 milliondan ortiq mablag‘ jalb qildi

UzNIF IPO’si $600 milliondan ortiq mablag‘ jalb qildi

May 13, 2026
Markaziy Osiyoda $30 millionlik yangi GIG Fund ochildi

Markaziy Osiyoda $30 millionlik yangi GIG Fund ochildi

May 13, 2026
Yevropada Yandex’ning sho‘ba korxonasi Yango taksi xizmati foydalanuvchilari ma’lumotlarini Rossiyaga berganlikda gumonlanib, 100 million yevro miqdorida jarimaga tortildi

Yevropada Yandex’ning sho‘ba korxonasi Yango taksi xizmati foydalanuvchilari ma’lumotlarini Rossiyaga berganlikda gumonlanib, 100 million yevro miqdorida jarimaga tortildi

May 11, 2026

Pivot

We are the Intelligence Platform for Founders & Investors in Emerging Markets — combining news, data, and community to unlock opportunities across GCC, Central Asia, and frontier ecosystems.

Follow us

Categories

  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar

Pages

  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English

Recent Post

  • Imzolashdan oldin har bir shartnomani AI o’qisa-chi?
  • UzNIF IPO’si $600 milliondan ortiq mablag‘ jalb qildi
  • Markaziy Osiyoda $30 millionlik yangi GIG Fund ochildi
  • Privacy policy

© 2025 Pivot

Welcome Back!

Sign In with Google
Sign In with Linked In
OR

Login to your account below

Forgotten Password?

Retrieve your password

Please enter your username or email address to reset your password.

Log In
No Result
View All Result
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
  • Login
  • Cart
  • uz Uzbek
  • en English

© 2025 Pivot

Are you sure want to unlock this post?
Unlock left : 0
Are you sure want to cancel subscription?