Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
  • Login
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
Pivot

IT Park Uzbekistan: Saudiya Arabistoni va Oman bilan hamkorlikni kengaytirmoqda

by Gulnoza Sobirova
Avgust 15, 2025
in IT
Reading Time: 3 mins read
A A
IT Park Uzbekistan: Saudiya Arabistoni va Oman bilan hamkorlikni kengaytirmoqda
Share on FacebookShare on TwitterShare on Telegram

IT Park Uzbekistan delegatsiyasi bosh direktori Abdulahad Kuchkarov yetakchiligida Saudiya Arabistoni Qirolligi va Oman Sultanligiga rasmiy tashrif uyushtirdi. Safar doirasida davlat organlari va yetakchi texnologik kompaniyalar bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi, ularning maqsadi — xizmatlarni O‘zbekistonda lokalizatsiya qilish, qo‘shma loyihalarni ishga tushirish va startaplarni qo‘llab-quvvatlashdir. E’tibor asosan investitsion hamkorlik va IT-xizmatlar eksportini kengaytirishga qaratildi.

Elm Company: startap-ekotizim va IT-xizmatlarni eksport qilish

Saudiya Arabistonida Elm Company xalqaro biznes bo‘yicha bosh direktori Hakim Al-Rashid bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tomonlar startap-ekotizimni rivojlantirish, IT-xizmatlarni eksport qilish va davlat xizmatlarini raqamlashtirish masalalarini muhokama qildilar. Shuningdek, Elm kompaniyasini IT Park rezidenti sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish, O‘zbekistonda hamkorlik va mintaqaviy loyihalarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Elm Company — Saudiya Arabistonidagi yetakchi IT-kompaniya bo‘lib, raqamli yechimlar, kibertahdidlardan himoya, ma’lumotlar analitikasi va e-gov xizmatlariga ixtisoslashgan.

RAM Systems

RAM Systems bosh direktori Raid Marglani bilan uchrashuvda O‘zbekistonda, xususan Marg‘ilon va Qo‘qon shaharlarida vakolatxona ochish rejalari muhokama qilindi. Kompaniya IT Park rezidenti statusini olgach, soliq imtiyozlari, infratuzilma va kadrlarni tanlashda yordamdan foydalanishi mumkin bo‘ladi.

RAM Systems — Saudiya texnologiya va muhandislik kompaniyasi bo‘lib, raqamli konsalting, muhandislik yechimlari va trening xizmatlarini taqdim etadi.

Saudi Technology Ventures: startap va sarmoya platformasi

STV vakillari bilan uchrashuvlarda IT Park uchun sarmoya va hamkorlik imkoniyatlari, boshqa yirik venchur fondlar bilan aloqalar o‘rnatish masalalari muhokama qilindi. STV IT Parkni o‘z sheriklariga tavsiya qilishga tayyorligini bildirdi.

STV 2016 yilda tashkil etilgan bo‘lib, MENA mintaqasidagi fintech, logistika va e-commerce sohalariga investitsiya qiladi va Saudiya Vision 2030 strategiyasida faol ishtirok etadi.

MISA va NEOM: innovatsiyalar va qo‘shma loyihalar

Saudiya Investitsiyalar Vazirligi (MISA) bilan uchrashuvda o‘yin va kreativ sanoatlarni rivojlantirish, startaplar uchun sheriklik va investitsiyalar jalb qilish masalalari muhokama qilindi.

NEOM innovatsiya rahbari Wyatt Roy bilan esa startap-ekotizimni rivojlantirish, qo‘shma akseleratsiya dasturlari va ilg‘or texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha imkoniyatlar ko‘rib chiqildi.

Xalqaro kompaniyalar bilan hamkorlik

Safar davomida Xpence, Sadq Solutions, Rowad Business Holdings va Ejaro kabi kompaniyalar bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, ularning O‘zbekistonda vakolatxona ochish, startaplar bilan hamkorlik va moliyaviy texnologiyalar (fintech) bo‘yicha loyihalarni rivojlantirish niyatlari muhokama qilindi.

Oman bilan raqamli hamkorlik

Oman Transport, Aloqa va IT vazirligi, SME Authority va Oman Investment Bank bilan uchrashuvlarda startaplar, innovatsion yechimlar va IT-xizmatlarni eksport qilish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, Oman Data Park bilan uchrashuv orqali O‘zbekistonda ma’lumot markazlarini qurish va bulutli yechimlarni joriy etish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Natijalar va istiqbollar

Ushbu tashrif IT Park Uzbekistan rezidentlari uchun Fors ko‘rfazi mamlakatlarida yangi imkoniyatlar ochib beradi: eksport, global akseleratorlar, strategik sheriklar va sarmoyadorlar bilan aloqalar. Xorijiy kompaniyalar vakolatxonasini ochishi esa O‘zbekistonni mintaqaviy raqamli markaz sifatida mustahkamlash, yangi ish o‘rinlari yaratish va texnologiya sohasiga investitsiyalar jalb qilish imkonini beradi.

Saudiya Arabistoni va Oman tashriflari O‘zbekiston IT-sektorini rivojlantirish yo‘lida muhim xalqaro qadam bo‘ldi va mintaqadagi boshqa mamlakatlarda yangi kelishuvlarni va’dalamoqda.

Previous Post

Google Chrome “Inkognito” rejimida maxfiylikni oshirish uchun skriptlarni bloklashni sinovdan o‘tkazmoqda

Next Post

ChatGPT mobil ilovasi $2 milliard daromadga erishdi, har bir o‘rnatilishdan o‘rtacha $2,91 ishlab topmoqda

Gulnoza Sobirova

Related Posts

O‘zbekiston Saudiya Arabistoni bilan birgalikda $150 millionlik data-markaz qurilishini boshladi

O‘zbekiston Saudiya Arabistoni bilan birgalikda $150 millionlik data-markaz qurilishini boshladi

Oktabr 23, 2025
Google Chrome “Inkognito” rejimida maxfiylikni oshirish uchun skriptlarni bloklashni sinovdan o‘tkazmoqda

Google Chrome “Inkognito” rejimida maxfiylikni oshirish uchun skriptlarni bloklashni sinovdan o‘tkazmoqda

Avgust 14, 2025
Google yangi “vibe-coding” dasturi Opal bilan oddiy foydalanuvchilarni dasturchiga aylantirmoqchi

Google yangi “vibe-coding” dasturi Opal bilan oddiy foydalanuvchilarni dasturchiga aylantirmoqchi

Iyul 28, 2025
Swift dasturlash tilida JSON bilan ishlashni Codable yordamida avtomatlashtirish

Swift dasturlash tilida JSON bilan ishlashni Codable yordamida avtomatlashtirish

Iyun 21, 2025
Next Post
ChatGPT mobil ilovasi $2 milliard daromadga erishdi, har bir o‘rnatilishdan o‘rtacha $2,91 ishlab topmoqda

ChatGPT mobil ilovasi $2 milliard daromadga erishdi, har bir o‘rnatilishdan o‘rtacha $2,91 ishlab topmoqda

“Iste’doding isrof bo‘lyapti” — $29 mlrd kompaniya asoschisiga aylangan Nik Molnarning yo‘li

“Iste’doding isrof bo‘lyapti” — $29 mlrd kompaniya asoschisiga aylangan Nik Molnarning yo‘li

Please login to join discussion
  • Trending
  • Comments
  • Latest

Maktabni tashlab, $6,2 million yig‘gan yigit: Nozomio hikoyasi

Oktabr 2, 2025
San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

Yanvar 4, 2025
Alipos startup received a $200,000 investment offer on the “Taqdimot” TV show

AliPos startapi Taqdimot ko’rsatuvida investorlardan $200,000 lik taklif oldi

Noyabr 25, 2025
Chanel brendi tarixi: moda, atir va innovatsiyaga boy safar

Chanel brendi tarixi: moda, atir va innovatsiyaga boy safar

Fevral 17, 2025
Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

2025 yilda NATOning 1 milliard evrolik innovatsion jamg’armasi qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan VK turlari NATOning 24 ittifoqdoshi tomonidan qo’llab-quvvatlangan jamg’arma hozirgacha oltita VC fondiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.

Oʻzbekiston kapital bozori burilish nuqtasida: $1 mlrd investitsiya, dual listing va Bazel III nimani anglatadi?

Oʻzbekiston kapital bozori burilish nuqtasida: $1 mlrd investitsiya, dual listing va Bazel III nimani anglatadi?

Dekabr 15, 2025
YouTube: hazildan boshlangan startap 2026 yilda janrga asoslangan TV obunalarini ishga tushiradi

YouTube: hazildan boshlangan startap 2026 yilda janrga asoslangan TV obunalarini ishga tushiradi

Dekabr 11, 2025
Pitch yoki failure: pitchdan oldin startap asoschilari uchun yakuniy tayyorlik cheklisti

Pitch yoki failure: pitchdan oldin startap asoschilari uchun yakuniy tayyorlik cheklisti

Dekabr 11, 2025
O‘zbekiston farmatsevtika sektori: tizimli muammolar va ularni yechishi mumkin bo‘lgan startaplar bozori

O‘zbekiston farmatsevtika sektori: tizimli muammolar va ularni yechishi mumkin bo‘lgan startaplar bozori

Dekabr 8, 2025

Pivot

We are the Intelligence Platform for Founders & Investors in Emerging Markets — combining news, data, and community to unlock opportunities across GCC, Central Asia, and frontier ecosystems.

Follow us

Categories

  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar

Pages

  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English

Recent Post

  • Oʻzbekiston kapital bozori burilish nuqtasida: $1 mlrd investitsiya, dual listing va Bazel III nimani anglatadi?
  • YouTube: hazildan boshlangan startap 2026 yilda janrga asoslangan TV obunalarini ishga tushiradi
  • Pitch yoki failure: pitchdan oldin startap asoschilari uchun yakuniy tayyorlik cheklisti
  • Privacy policy

© 2025 Pivot

Welcome Back!

Sign In with Google
Sign In with Linked In
OR

Login to your account below

Forgotten Password?

Retrieve your password

Please enter your username or email address to reset your password.

Log In
No Result
View All Result
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
  • Login
  • Cart
  • uz Uzbek
  • en English

© 2025 Pivot

Are you sure want to unlock this post?
Unlock left : 0
Are you sure want to cancel subscription?