Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
  • Login
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
Pivot

Markaziy Osiyo haqidagi AI animatsion film SIGGRAPH 2026 sahnasiga chiqdi

by Pivot
Avgust 6, 2026
in Yangiliklar
Reading Time: 2 mins read
A A
Markaziy Osiyo haqidagi AI animatsion film SIGGRAPH 2026 sahnasiga chiqdi
Share on FacebookShare on TwitterShare on Telegram

Markaziy Osiyo madaniy merosidan ilhomlangan «Kök Börü» nomli qisqa metrajli animatsion film dunyodagi eng nufuzli kompyuter grafikasi va animatsiya konferensiyalaridan biri — SIGGRAPH 2026 doirasida namoyish etildi. Film AI video platformasi Higgsfield tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, loyiha konferensiyaning NVIDIA AI in Production Day dasturida ham taqdim etildi.

15 daqiqalik film XV asrdagi Markaziy Osiyoda kechadigan voqealarni hikoya qiladi. Syujet an’anaviy ko‘k bo‘ri (kokpar) o‘yinidan ilhomlangan bo‘lib, bo‘ron vaqtida bo‘rilar to‘dasi olib ketgan qizini yillar o‘tib izlashga otlangan ko‘chmanchi ona Ana haqida hikoya qiladi. Mualliflarning aytishicha, loyiha orqali xalqaro auditoriyani Markaziy Osiyoning kam yoritilgan tarixi va madaniyati bilan tanishtirish maqsad qilingan.

Film qirg‘izistonlik rejissyor Shakhnazar Borboev hamda qozog‘istonlik rejissyorlar Amina Ömirjan va Stepan Abramov tomonidan suratga olingan. Personajlarga qozog‘istonlik professional aktyorlar qozoq tilida ovoz bergan.

Loyiha ustida atigi 12 kishilik jamoa ishlagan. Ular generativ sun’iy intellektni an’anaviy qo‘lda chizilgan animatsiya bilan uyg‘unlashtirib, filmni ikki hafta ichida yakunlashga muvaffaq bo‘lgan. Higgsfield ma’lumotlariga ko‘ra, shunday hajmdagi animatsion filmni klassik usulda yaratish odatda 1–2 yil vaqt va 1–2 million dollar byudjet talab qiladi.

SIGGRAPH 2026 doirasida Higgsfield jamoasi NVIDIA sahnasida filmni yaratishda qo‘llangan AI pipeline’ni ham namoyish etdi. Kompaniya asoschisi va bosh direktori Alex Mashrabov sun’iy intellekt rassomlarni almashtirish uchun emas, balki kichik jamoalarga katta hajmdagi ijodiy loyihalarni amalga oshirish imkonini beruvchi vosita sifatida yaratilganini ta’kidladi.

«Kök Börü» generativ AI professional animatsiya ishlab chiqarishida qanday qo‘llanilishi mumkinligini namoyish etuvchi amaliy misollardan biri sifatida e’tibor qozondi. Shu bilan birga, loyiha Markaziy Osiyo madaniyati va folklorini global texnologiya hamjamiyatiga olib chiqqan ilk yirik AI animatsion filmlardan biri bo‘ldi.

Previous Post

O‘zbekiston ilk bor Informatika bo‘yicha xalqaro olimpiadaga mezbonlik qiladi

Next Post

O’zbekiston-Qozog’iston savdosidagi to’siqlar 10-avgustdan bekor bo’ladi

Pivot

Related Posts

Elektrtexnika sanoatiga 2030-yilgacha $3 mlrd investitsiya jalb qilinadi

Elektrtexnika sanoatiga 2030-yilgacha $3 mlrd investitsiya jalb qilinadi

Sentabr 10, 2026
O‘zbek alifbosidagi yangi harflarga o‘tishda eski yozuvdagi hujjat va peshlavhalarga ruxsat beriladi

O‘zbek alifbosidagi yangi harflarga o‘tishda eski yozuvdagi hujjat va peshlavhalarga ruxsat beriladi

Sentabr 10, 2026
Qozog‘istonda ta’lim va ishga joylashishni bog‘laydigan yagona raqamli ekotizim yaratiladi

Qozog‘istonda ta’lim va ishga joylashishni bog‘laydigan yagona raqamli ekotizim yaratiladi

Sentabr 8, 2026
Talabalar uchun innovatsion g‘oyalar tanlovi: g‘oliblarga 500 mln so‘mgacha grant

Talabalar uchun innovatsion g‘oyalar tanlovi: g‘oliblarga 500 mln so‘mgacha grant

Sentabr 8, 2026
Next Post
O’zbekiston-Qozog’iston savdosidagi to’siqlar 10-avgustdan bekor bo’ladi

O'zbekiston-Qozog'iston savdosidagi to'siqlar 10-avgustdan bekor bo'ladi

Yandex Uzbekistan transport sohasi uchun birinchi milliy hakatonga hamkorlik qiladi

Yandex Uzbekistan transport sohasi uchun birinchi milliy hakatonga hamkorlik qiladi

Please login to join discussion

false

  • Latest
  • Trending
  • Comments
AI sizning o‘rningizga fikrlay boshlasa nima bo‘ladi?

AI sizning o‘rningizga fikrlay boshlasa nima bo‘ladi?

Sentabr 11, 2026
Elektrtexnika sanoatiga 2030-yilgacha $3 mlrd investitsiya jalb qilinadi

Elektrtexnika sanoatiga 2030-yilgacha $3 mlrd investitsiya jalb qilinadi

Sentabr 10, 2026
O‘zbek alifbosidagi yangi harflarga o‘tishda eski yozuvdagi hujjat va peshlavhalarga ruxsat beriladi

O‘zbek alifbosidagi yangi harflarga o‘tishda eski yozuvdagi hujjat va peshlavhalarga ruxsat beriladi

Sentabr 10, 2026
ICT WEEK 2026 doirasida Startup & Venture Summit bo‘lib o‘tadi

ICT WEEK 2026 doirasida Startup & Venture Summit bo‘lib o‘tadi

Sentabr 9, 2026

Maktabni tashlab, $6,2 million yig‘gan yigit: Nozomio hikoyasi

Oktabr 2, 2025
Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Yanvar 6, 2026
San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

Yanvar 4, 2025
Chanel brendi tarixi: moda, atir va innovatsiyaga boy safar

Chanel brendi tarixi: moda, atir va innovatsiyaga boy safar

Fevral 17, 2025
Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

2025 yilda NATOning 1 milliard evrolik innovatsion jamg’armasi qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan VK turlari NATOning 24 ittifoqdoshi tomonidan qo’llab-quvvatlangan jamg’arma hozirgacha oltita VC fondiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.

We are the Intelligence Platform for Founders & Investors in Emerging Markets — combining news, data, and community to unlock opportunities across GCC, Central Asia, and frontier ecosystems.

Follow us

Categories

  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar

Pages

  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English

Recent Post

  • AI sizning o‘rningizga fikrlay boshlasa nima bo‘ladi?
  • Elektrtexnika sanoatiga 2030-yilgacha $3 mlrd investitsiya jalb qilinadi
  • O‘zbek alifbosidagi yangi harflarga o‘tishda eski yozuvdagi hujjat va peshlavhalarga ruxsat beriladi
  • Privacy policy

© 2025 Pivot

Welcome Back!

Sign In with Google
Sign In with Linked In
OR

Login to your account below

Forgotten Password?

Retrieve your password

Please enter your username or email address to reset your password.

Log In
No Result
View All Result
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
  • Login
  • Cart
  • uz Uzbek
  • en English

© 2025 Pivot

Are you sure want to unlock this post?
Unlock left : 0
Are you sure want to cancel subscription?