Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
  • Login
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
Pivot

Microsoft 1 milliarddan ortiq foydalanuvchiga: parollar bilan xayrlashish vaqti keldi

by Gulnoza Sobirova
Mart 29, 2025
in Yangiliklar
Reading Time: 3 mins read
A A
Microsoft 1 milliarddan ortiq foydalanuvchiga: parollar bilan xayrlashish vaqti keldi
Share on FacebookShare on TwitterShare on Telegram

Microsoft milliardlab foydalanuvchilarni an’anaviy parollardan voz kechishga chaqirib, butunlay yangi xavfsizlik tizimiga o‘tmoqda. Kompaniya barcha foydalanuvchilarga parollarni bekor qilib, yanada xavfsiz va qulay usul — passkey’dan foydalanishni tavsiya qilishmoqda.

“Parollar davri o‘z nihoyasiga yetmoqda”,— deya e’lon qildi Microsoft. Har soniyada 7 000 ta parolga hujum to‘xtatilmoqda, bu o‘tgan yilga nisbatan deyarli ikki baravar ko‘p. Shu sababli, kompaniya butun dunyo bo‘ylab parolsiz xavfsizlikka o‘tishni tezlashtirmoqda.

Nima o‘zgaradi va qachondan boshlab?

2025-yil aprel oyi oxiriga qadar Microsoft foydalanuvchilari veb va mobil ilovalarda yangi kirish va ro‘yxatdan o‘tish interfeysini ko‘ra boshlaydi. Ushbu o‘zgarishning asosiy maqsadi — parollarga bo‘lgan ehtiyojni butunlay yo‘qotish.

Endilikda, yangi hisob yaratishda foydalanuvchilar faqatgina elektron pochta manzilini kiritishlari kifoya bo‘ladi. Parol o‘ylab topish va uni eslab qolish shart emas. Tizim sizning elektron pochtangizni yangi asosiy login ma’lumotiga aylantiradi. Shundan so‘ng, foydalanuvchilar parollarga nisbatan xavfsizroq va tezroq ishlovchi passkey o‘rnatishlari mumkin bo‘ladi.

Microsoft tasdiqlashicha, passkey imkon qadar barcha joylarda asosiy kirish usuliga aylantiriladi. Kompaniyaga ko‘ra, passkey nafaqat xavfsizroq, balki parol terishdan uch baravar tezroq ishlaydi.

Nega aynan passkey, kuchliroq parollar emas?

Microsoft bu borada aniq fikr bildirdi: “parollar xavfsizlik muammosiga sabab bo‘lmoqda”. Ularni taxmin qilish, o‘g‘irlash, qayta ishlatish yoki fishing yo‘li bilan qo‘lga kiritish mumkin. Ularni zaxira sifatida qoldirish ham foydalanuvchilarni xavf ostida qoldiradi.

“Biz milliardlab foydalanuvchilarni passkey tizimiga o‘tkazsak ham,” deydi kompaniya, “agar hisobga parol orqali kirish imkoni bo‘lsa, bu hali ham xavfsizlikka tahdid tug‘diradi.”

Sun’iy intellekt asosida tuzilgan firibgarlik va fishing hujumlari tobora kuchayib borayotgan davrda, Microsoft fikricha, ikki bosqichli tasdiqlash (2FA) kabi xavfsizlik choralari yetarli emas. Tahdidni butunlay yo‘qotishning yagona yo‘li, albatta, parollardan butunlay voz kechishdir.

Bugungi kunda millionlab foydalanuvchilar allaqachon parollarini o‘chirib tashlagan bo‘lsa-da Microsoft bu jarayon hali yakunlanmaganini ta’kidlaydi. Ularning asosiy maqsadi —fishingga chidamli, faqat passkey orqali ishlaydigan va kirish usullarini qo‘llab-quvvatlaydigan Microsoft hisoblarini yaratish.

Qolgan texnologik dunyo bu sur’atga moslasha olyaptimi?

Microsoft tez harakat qilayotgan bo‘lsa-da, boshqa yirik texnologik kompaniyalar hali bu borada bir xil pozitsiyada emas. Masalan, Google hanuzgacha parollarni zaxira sifatida saqlashga ruxsat bermoqda. Microsoft esa bu holatni xavfli deb hisoblaydi: agar parollar to‘liq olib tashlanmasa, foydalanuvchilar aynan passkey orqali bartaraf etilishi kerak bo‘lgan hujumlarga ochiq qolaveradi.

Xavfsizlik bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalar ham bu qarorni qo‘llab-quvvatlamoqda. Masalan, autentifikatsiya xizmatini ko‘rsatuvchi HYPR kompaniyasi yaqin ikki yil ichida aynan passkeylar ya’ni  FIDO standarti asosidagilari—eng ko‘p ishlatiladigan kirish usuliga aylanishi haqida bayonot berdi.

Keyingi qadam

Agar siz Microsoft hisobidan foydalansangiz, yaqin kunlarda yangi kirish usullarini ko‘rasiz. Sizdan parolingizni olib tashlash, elektron pochtangizni tasdiqlash va passkey o‘rnatish so‘raladi. Bu kichik o‘zgarish sizning xavfsizligingiz uchun juda katta ahamiyatga ega.

Microsoftning pozitsiyasi aniq: parollar bilan xayrlashish vaqti keldi. Endi boshqa platformalar va foydalanuvchilar bu yo‘lni davom ettirishi kerak.

Tayyorladi: Navro‘zaxon Bo‘riyeva

Previous Post

Olimlari sun’iy intellekt aslida qanday “o‘ylashini” aniqladi

Next Post

Ilon Mask X ijtimoiy tarmog‘ini $33 mlrdga sotdi

Gulnoza Sobirova

Related Posts

UzNIF IPO’si $600 milliondan ortiq mablag‘ jalb qildi

UzNIF IPO’si $600 milliondan ortiq mablag‘ jalb qildi

May 13, 2026
Markaziy Osiyoda $30 millionlik yangi GIG Fund ochildi

Markaziy Osiyoda $30 millionlik yangi GIG Fund ochildi

May 13, 2026
Yevropada Yandex’ning sho‘ba korxonasi Yango taksi xizmati foydalanuvchilari ma’lumotlarini Rossiyaga berganlikda gumonlanib, 100 million yevro miqdorida jarimaga tortildi

Yevropada Yandex’ning sho‘ba korxonasi Yango taksi xizmati foydalanuvchilari ma’lumotlarini Rossiyaga berganlikda gumonlanib, 100 million yevro miqdorida jarimaga tortildi

May 11, 2026
Qozog‘iston «Bayterak» majmuasidan «Soyuz-5» raketasining ilk parvozini muvaffaqiyatli amalga oshirdi

Qozog‘iston «Bayterak» majmuasidan «Soyuz-5» raketasining ilk parvozini muvaffaqiyatli amalga oshirdi

May 2, 2026
Next Post
Ilon Mask X ijtimoiy tarmog‘ini $33 mlrdga sotdi

Ilon Mask X ijtimoiy tarmog‘ini $33 mlrdga sotdi

2024-yilda O‘zbekistonning umumiy tashqi qarzi $10,8 mlrdga oshdi

2024-yilda O‘zbekistonning umumiy tashqi qarzi $10,8 mlrdga oshdi

Please login to join discussion
  • Trending
  • Comments
  • Latest

Maktabni tashlab, $6,2 million yig‘gan yigit: Nozomio hikoyasi

Oktabr 2, 2025
Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Yanvar 6, 2026
San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

Yanvar 4, 2025
Alipos startup received a $200,000 investment offer on the “Taqdimot” TV show

AliPos startapi Taqdimot ko’rsatuvida investorlardan $200,000 lik taklif oldi

Noyabr 25, 2025
Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

2025 yilda NATOning 1 milliard evrolik innovatsion jamg’armasi qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan VK turlari NATOning 24 ittifoqdoshi tomonidan qo’llab-quvvatlangan jamg’arma hozirgacha oltita VC fondiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.

Imzolashdan oldin har bir shartnomani AI o’qisa-chi?

Imzolashdan oldin har bir shartnomani AI o’qisa-chi?

May 15, 2026
UzNIF IPO’si $600 milliondan ortiq mablag‘ jalb qildi

UzNIF IPO’si $600 milliondan ortiq mablag‘ jalb qildi

May 13, 2026
Markaziy Osiyoda $30 millionlik yangi GIG Fund ochildi

Markaziy Osiyoda $30 millionlik yangi GIG Fund ochildi

May 13, 2026
Yevropada Yandex’ning sho‘ba korxonasi Yango taksi xizmati foydalanuvchilari ma’lumotlarini Rossiyaga berganlikda gumonlanib, 100 million yevro miqdorida jarimaga tortildi

Yevropada Yandex’ning sho‘ba korxonasi Yango taksi xizmati foydalanuvchilari ma’lumotlarini Rossiyaga berganlikda gumonlanib, 100 million yevro miqdorida jarimaga tortildi

May 11, 2026

Pivot

We are the Intelligence Platform for Founders & Investors in Emerging Markets — combining news, data, and community to unlock opportunities across GCC, Central Asia, and frontier ecosystems.

Follow us

Categories

  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar

Pages

  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English

Recent Post

  • Imzolashdan oldin har bir shartnomani AI o’qisa-chi?
  • UzNIF IPO’si $600 milliondan ortiq mablag‘ jalb qildi
  • Markaziy Osiyoda $30 millionlik yangi GIG Fund ochildi
  • Privacy policy

© 2025 Pivot

Welcome Back!

Sign In with Google
Sign In with Linked In
OR

Login to your account below

Forgotten Password?

Retrieve your password

Please enter your username or email address to reset your password.

Log In
No Result
View All Result
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
  • Login
  • Cart
  • uz Uzbek
  • en English

© 2025 Pivot

Are you sure want to unlock this post?
Unlock left : 0
Are you sure want to cancel subscription?