Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
  • Login
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
Pivot

Midjourney Disney va Warner Bros’dan maxfiy promptlarni oshkor qilishni talab qilmoqda

by Pivot
Iyul 7, 2026
in Yangiliklar
Reading Time: 2 mins read
A A
Midjourney Disney va Warner Bros’dan maxfiy promptlarni oshkor qilishni talab qilmoqda
Share on FacebookShare on TwitterShare on Telegram

Sun’iy intellekt kompaniyasi Midjourney Gollivud studiyalari bilan davom etayotgan mualliflik huquqi bo’yicha sud ishida yangi talab bilan chiqdi. Kompaniya suddan Disney, Warner Bros. Discovery va Universal Pictures xodimlari Midjourney’dan qanday foydalangani haqidagi ma’lumotlarni taqdim etishni so’ramoqda.

Gap faqat studiyalar mualliflik huquqini buzgan deb ko’rsatgan tasvirlar haqida emas. Midjourney AI’ga yozilgan promptlar, yaratilgan tasvirlar va ichki ijodiy jarayonlarda AI qanday qo’llanilganiga oid hujjatlar ham ish uchun muhim ekanini ta’kidlamoqda.

Mojaro nimadan boshlangan edi?

2025-yilda Disney va Universal Midjourney ustidan sudga murojaat qilib, platforma foydalanuvchilarga oddiy matnli so’rov orqali mashhur qahramonlarning tasvirlarini yaratish imkonini berayotganini da’vo qilgan edi. Keyinchalik Warner Bros. ham ushbu da’voga qo’shildi.

Studiyalar fikricha, Midjourney ularning mualliflik huquqi bilan himoyalangan qahramonlarini ruxsatsiz yaratmoqda. Shu sababli ular har bir buzilgan mualliflik huquqi obyekti uchun 150 ming dollargacha tovon puli talab qilmoqda. Midjourney esa AI modellarini internetdagi tasvirlar asosida o’qitish AQSh qonunchiligidagi fair use tamoyiliga mos kelishini ta’kidlamoqda.

Sud avvalroq studiyalarga AI’dan foydalanish bo’yicha ayrim hujjatlarni taqdim etishni buyurgan. Biroq bu faqat tomoshabinlarga taqdim etilgan yakuniy mahsulotlarga tegishli bo’lgan. Midjourney esa bu yetarli emas, deb hisoblaydi. Kompaniya ichki storyboardlar, konsept-artlar, dastlabki eskizlar va AI yordamida yaratilgan boshqa materiallar ham oshkor qilinishi kerakligini so’ramoqda.

Agar studiyalar ham AI tizimlarini yaratish yoki rivojlantirish jarayonida mualliflik huquqi bilan himoyalangan materiallardan foydalangan bo’lsa, Midjourney bu holat butun industriya uchun odatiy amaliyot ekanini sudda ko’rsatishga urinadi.

Disney, Warner Bros. va Universal vakillari Midjourney talabini rad etmoqda. Ularning fikricha, kompaniya sud ishiga bevosita aloqasi bo’lmagan maxfiy ma’lumotlarni qo’lga kiritishga harakat qilmoqda.

Shuningdek, ular bu da’vo sun’iy intellekt texnologiyalariga qarshi emasligini, asosiy maqsad esa mualliflik huquqi bilan himoyalangan qahramonlarning ruxsatsiz yaratilishini to’xtatish ekanini ta’kidlamoqda.

Bu sud jarayoni faqat Midjourney va Gollivud studiyalari o’rtasidagi bahs emas. Qabul qilinadigan qaror generativ AI kompaniyalari qanday ma’lumotlarda modellarini o’qitishi mumkinligi, fair use tamoyili AI uchun qanchalik qo’llanishi va mualliflik huquqi qayerdan boshlanishiga oid muhim huquqiy mezonlarni belgilab berishi mumkin. Shu sababli bu ish nafaqat Midjourney, balki butun sun’iy intellekt sanoati diqqat bilan kuzatayotgan eng muhim sud jarayonlaridan biri hisoblanadi.

Previous Post

Oʻzbekistonda davlat boshqaruvining yagona raqamli platformasi joriy etiladi

Next Post

Ben Xorovits venchur olamining kelajagi haqida

Pivot

Related Posts

Yandex Uzbekistan transport sohasi uchun birinchi milliy hakatonga hamkorlik qiladi

Yandex Uzbekistan transport sohasi uchun birinchi milliy hakatonga hamkorlik qiladi

Avgust 8, 2026
Markaziy Osiyo haqidagi AI animatsion film SIGGRAPH 2026 sahnasiga chiqdi

Markaziy Osiyo haqidagi AI animatsion film SIGGRAPH 2026 sahnasiga chiqdi

Avgust 6, 2026
Qozog’istonlik sotuvchilar Wildberries’dan Uzum Marketga ko’chishni boshladi

Qozog’istonlik sotuvchilar Wildberries’dan Uzum Marketga ko’chishni boshladi

Avgust 6, 2026
O‘zbekistonning AI moduli o‘rnatilgan “Samarkand-2028” sun’iy yo‘ldoshi 5-avgust kuni orbitaga uchiriladi

O‘zbekistonning AI moduli o‘rnatilgan “Samarkand-2028” sun’iy yo‘ldoshi 5-avgust kuni orbitaga uchiriladi

Avgust 4, 2026
Next Post
Ben Xorovits venchur olamining kelajagi haqida

Ben Xorovits venchur olamining kelajagi haqida

GPT-5.6 shu hafta ommaga taqdim etilishi kutilmoqda

GPT-5.6 shu hafta ommaga taqdim etilishi kutilmoqda

Please login to join discussion

false

  • Latest
  • Trending
  • Comments
Yandex Uzbekistan transport sohasi uchun birinchi milliy hakatonga hamkorlik qiladi

Yandex Uzbekistan transport sohasi uchun birinchi milliy hakatonga hamkorlik qiladi

Avgust 8, 2026
O’zbekiston-Qozog’iston savdosidagi to’siqlar 10-avgustdan bekor bo’ladi

O’zbekiston-Qozog’iston savdosidagi to’siqlar 10-avgustdan bekor bo’ladi

Avgust 8, 2026
Markaziy Osiyo haqidagi AI animatsion film SIGGRAPH 2026 sahnasiga chiqdi

Markaziy Osiyo haqidagi AI animatsion film SIGGRAPH 2026 sahnasiga chiqdi

Avgust 6, 2026
O‘zbekiston ilk bor Informatika bo‘yicha xalqaro olimpiadaga mezbonlik qiladi

O‘zbekiston ilk bor Informatika bo‘yicha xalqaro olimpiadaga mezbonlik qiladi

Avgust 6, 2026

Maktabni tashlab, $6,2 million yig‘gan yigit: Nozomio hikoyasi

Oktabr 2, 2025
Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Yanvar 6, 2026
San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

Yanvar 4, 2025
Alipos startup received a $200,000 investment offer on the “Taqdimot” TV show

AliPos startapi Taqdimot ko’rsatuvida investorlardan $200,000 lik taklif oldi

Noyabr 25, 2025
Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

2025 yilda NATOning 1 milliard evrolik innovatsion jamg’armasi qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan VK turlari NATOning 24 ittifoqdoshi tomonidan qo’llab-quvvatlangan jamg’arma hozirgacha oltita VC fondiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.

We are the Intelligence Platform for Founders & Investors in Emerging Markets — combining news, data, and community to unlock opportunities across GCC, Central Asia, and frontier ecosystems.

Follow us

Categories

  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar

Pages

  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English

Recent Post

  • Yandex Uzbekistan transport sohasi uchun birinchi milliy hakatonga hamkorlik qiladi
  • O’zbekiston-Qozog’iston savdosidagi to’siqlar 10-avgustdan bekor bo’ladi
  • Markaziy Osiyo haqidagi AI animatsion film SIGGRAPH 2026 sahnasiga chiqdi
  • Privacy policy

© 2025 Pivot

Welcome Back!

Sign In with Google
Sign In with Linked In
OR

Login to your account below

Forgotten Password?

Retrieve your password

Please enter your username or email address to reset your password.

Log In
No Result
View All Result
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
  • Login
  • Cart
  • uz Uzbek
  • en English

© 2025 Pivot

Are you sure want to unlock this post?
Unlock left : 0
Are you sure want to cancel subscription?