Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
  • Login
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
Pivot

Mojaro shaxsiy tus oldi – Tramp va Ilon Mask janjali qanday oqibatlarga olib keladi?

by Gulnoza Sobirova
Iyun 10, 2025
in Hisobotlar
Reading Time: 4 mins read
A A
Mojaro shaxsiy tus oldi – Tramp va Ilon Mask janjali qanday oqibatlarga olib keladi?
Share on FacebookShare on TwitterShare on Telegram

Biznes va siyosat dunyosidagi eng nufuzli shaxslardan bo‘lgan Ilon Mask va Donald Tramp o‘rtasidagi ochiq mojarolar  jiddiy so‘z urushiga aylanib, Uoll-strit, Vashington va AQSh texnologiya siyosatining kelajagiga uzoq muddatli ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Ilgari ular deregulyatsiya, kosmik innovatsiyalar va konservativ yondashuvlar asosida yaqin ittifoqchi bo‘lishgan. Ammo bugun ularning aloqalari ziddiyatli tus olib, shaxsiy va professional mojarolarga sabab bo‘lmoqda. Quyida ularning mojarosida nima xavf ostida ekani va nimalar fosh bo‘lgani haqida qisqacha sharh keltirilgan.

$138 milliardlik qulash

Bu mojaroning ta’siri faqat so‘z bilan cheklanmadi — u moliyaviy bozorlarga ham darhol o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Tesla aksiyalari bir kunda 14% dan ko‘proqqa tushib, kompaniya bozor qiymatidan taxminan $138 milliard yo‘qoldi. Ilon Maskning shaxsiy boyligi esa $34 milliardga kamaydi. CFRA tahlilchisi Garrett Nelson investorlarni yanada beqarorlik kuchayishi mumkinligidan ogohlantirdi, ayrimlar esa MAGA tarafdorlari yordami yo‘qolishi Tesla uchun jiddiy zarba bo‘lishi mumkinligini aytishdi.

Avval Tramp Teslani Oq uy tadbirlarida targ‘ib qilgan, hatto bitta avtomobil ham sotib olgan edi. Endilikda esa u o‘sha mashinani sotmoqchi ekanligi haqida xabarlar tarqalmoqda. Ilgari Musk’ning elektromobil imperiyasini qo‘llab-quvvatlashga chaqirgan Savdo vaziri Xovard Lyutnik hozircha sukut saqlamoqda. Tesla’ni brend salbiylashuvi davrida himoya qilgan tarafdorlar bazasi esa endi bo‘linib ketgandek tuyulmoqda.

SpaceX xavf ostida

Mojaroni yanada chuqurlashtirgan holatlardan biri — Trampning SpaceX bilan bog‘liq davlat shartnomalarini bekor qilish tahdidi bo‘ldi. U Truth Social’da bu orqali “milliardlab mablag‘lar tejaladi” deb bayonot berdi. Tesla davlat mablag‘laridan unchalik foyda olmasa-da, SpaceX AQSh hukumati loyihalariga chuqur bog‘langan.

SpaceX hozirda NASA va Mudofaa vazirligi bilan tuzilgan $22 milliardga yaqin shartnomalarga ega. Artemis oyga parvoz dasturi, Xalqaro kosmik stansiyaga parvozlar va strategik mudofaa missiyalari aynan SpaceX texnologiyalariga tayangan. Har qanday siyosiy to‘siq AQShning kosmik siyosati barqarorligiga ham jiddiy tahdid solishi mumkin.

Mask mojaroga javoban SpaceX Dragon dasturini yopishini bildirgan edi, biroq keyin bu fikridan qaytdi.

Mask yangi siyosiy partiya tashkil etmoqchimi?

Mojaroga yana o‘t qo‘ygandek bo‘lib, Ilon Mask o‘z siyosiy partiyasini tuzish g‘oyasini o‘rtaga tashladi. U X (ilgari Twitter) platformasida so‘rovnoma o‘tkazdi va 5,6 milliondan ortiq foydalanuvchi ishtirok etdi, ulardan 80% “ha” deb ovoz berdi. Mark Cuban kabi taniqli shaxslar bu tashabbusni qo‘llab-quvvatladi. Mask bu ishga chinakam jiddiy kirishadimi yoki yo‘qmi — hali noma’lum. Ammo shunchaki bu fikrning o‘zi ham Respublikachilar partiyasi (GOP) uchun yangi noaniqliklar tug‘dirdi.

Mask uzoq vaqt davomida o‘z ijtimoiy tarmog‘i orqali konservativ fikrlar va siyosatlarni ilgari surib kelgan, jumladan Trampni ham qo‘llab-quvvatlagan. Ammo endilikda u chiziq tortayotgandek — va ehtimol uning tarafdorlarining bir qismini o‘zi bilan olib ketmoqda.

Respublikachilar ichida ayrimlar, masalan, vitse-prezident JD Vance, Trampni ochiqchasiga qo‘llashda davom etmoqda. Boshqalar esa, jumladan, xedj-fond rahbari Bill Ackman, mamlakat kelajagi uchun bu ikki kuchli shaxs o‘zaro yarashishi kerakligini aytmoqda. Mask rozi bo‘lgandek tuyuldi va “Adashmading,” deb javob qaytardi.

Mojaro shaxsiy tus oldi

Dastlab siyosiy qarama-qarshilikdek ko‘ringan bu mojaro endilikda ochiq shaxsiy dushmanlik darajasiga yetdi. Tramp Truth Social’da Mask haqida “uning sabri tugayapti” deb yozdi va uni Oq uy maslahatchilari safidan chiqarilganini da’vo qildi. U, shuningdek, Maskni elektromobil sohasidagi subsidiya siyosatiga qarshi chiqishda aybladi.

Bunga javoban Mask Trampni nosamimiylikda aybladi va “2020-yilda bo‘lmaganimda, u saylovda yutqazgan bo‘lardi” deya keskin bayonot berdi. Keyinchalik, mojaro yanada keskinlashdi: Mask Trampni Jeffrey Epstein bilan bog‘liq sirli fayllarga aloqadorlikda aybladi. Trampning Epstein bilan avvalgi aloqalari ma’lum, ammo Maskning da’volari bu munosabatlar ortida hozirgacha yashirin manfaatlar bo‘lishi mumkinligini ilgari surmoqda.

Keyin nima bo‘ladi

Mask va Tramp o‘rtasidagi bu parchalanish shunchaki shaxsiy ambitsiyalar to‘qnashuvi emas — bu milliardlab dollarlik davlat shartnomalari, avtonom avtomobillar siyosatining kelajagi va 2024 hamda 2028-yillardagi saylovlarga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan siyosiy kuchlar muvozanatining o‘zgarishiga taalluqlidir.

Bu ziddiyat doimiymi yoki ularning oldingi o‘zgaruvchan munosabatlaridagi yana bir sahifami — hozircha noma’lum. Ammo bitta narsa ayon: Amerikadagi eng qudratli tadbirkor va eng bahsli siyosiy arbob o‘rtasidagi ilgari strategik bo‘lgan ittifoq endi ochiq mojaroga aylangan — va bu mojaro real oqibatlarga olib kelmoqda.

Tayyorladi: Navro‘zaxon Bo‘riyeva

Previous Post

Meta Scale AI’ga 10 milliard dollarlik sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda

Next Post

BRIKS banki O‘zbekiston a’zoligiga rozilik berdi

Gulnoza Sobirova

Related Posts

Oʻzbekistonda startapni qanday roʻyxatdan oʻtkazish kerak? (Rezidentlik va imtiyozlar)

Oʻzbekistonda startapni qanday roʻyxatdan oʻtkazish kerak? (Rezidentlik va imtiyozlar)

Oktabr 4, 2026
Microsoft Azure Container Apps Express’ni umumiy foydalanishga chiqardi

Microsoft Azure Container Apps Express’ni umumiy foydalanishga chiqardi

Oktabr 2, 2026
TechRadar oktabr oyida sinovdan o‘tkazgan eng yaxshi gadjetlarni jamladi

TechRadar oktabr oyida sinovdan o‘tkazgan eng yaxshi gadjetlarni jamladi

Oktabr 2, 2026
Verifix va EasyTap Markaziy Osiyoda yagona mehnat infratuzilmasini yaratadi

Verifix va EasyTap Markaziy Osiyoda yagona mehnat infratuzilmasini yaratadi

Oktabr 1, 2026
Next Post
BRIKS banki O‘zbekiston a’zoligiga rozilik berdi

BRIKS banki O‘zbekiston a’zoligiga rozilik berdi

Asoschiga yo‘naltirilgan. Natijaga qaratilgan. Global fikrlovchi — O‘zbekistonda 15 nafar asoschi uchun eksklyuziv akselerator dasturi ishga tushdi

Asoschiga yo‘naltirilgan. Natijaga qaratilgan. Global fikrlovchi — O‘zbekistonda 15 nafar asoschi uchun eksklyuziv akselerator dasturi ishga tushdi

Please login to join discussion

false

  • Latest
  • Trending
  • Comments
Turkiya 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarni cheklaydi

Turkiya 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarni cheklaydi

Oktabr 12, 2026
Anthropic $42 mlrd zarar ko‘rganiga qaramay $2 trlnga baholanishi mumkin

Anthropic $42 mlrd zarar ko‘rganiga qaramay $2 trlnga baholanishi mumkin

Oktabr 12, 2026
AI aktyorlarni almashtiryaptimi? Endi ularning raqamli qiyofasi ham litsenziyalanmoqda

AI aktyorlarni almashtiryaptimi? Endi ularning raqamli qiyofasi ham litsenziyalanmoqda

Oktabr 12, 2026
Yandex’dagi uzilishlar O‘zbekiston bozoriga qanday ta’sir qiladi?

Yandex’dagi uzilishlar O‘zbekiston bozoriga qanday ta’sir qiladi?

Oktabr 12, 2026

Maktabni tashlab, $6,2 million yig‘gan yigit: Nozomio hikoyasi

Oktabr 2, 2025
Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Yanvar 6, 2026
Andijonlik asoschi bilan ochiq suhbat: Higgsfield AI ortidagi Alex Mashrabov

Andijonlik asoschi bilan ochiq suhbat: Higgsfield AI ortidagi Alex Mashrabov

Noyabr 16, 2025
San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

Yanvar 4, 2025
Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

2025 yilda NATOning 1 milliard evrolik innovatsion jamg’armasi qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan VK turlari NATOning 24 ittifoqdoshi tomonidan qo’llab-quvvatlangan jamg’arma hozirgacha oltita VC fondiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.

We are the Intelligence Platform for Founders & Investors in Emerging Markets — combining news, data, and community to unlock opportunities across GCC, Central Asia, and frontier ecosystems.

Follow us

Categories

  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar

Pages

  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English

Recent Post

  • Turkiya 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarni cheklaydi
  • Anthropic $42 mlrd zarar ko‘rganiga qaramay $2 trlnga baholanishi mumkin
  • AI aktyorlarni almashtiryaptimi? Endi ularning raqamli qiyofasi ham litsenziyalanmoqda
  • Privacy policy

© 2025 Pivot

Welcome Back!

Sign In with Google
Sign In with Linked In
OR

Login to your account below

Forgotten Password?

Retrieve your password

Please enter your username or email address to reset your password.

Log In
No Result
View All Result
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
  • Login
  • Cart
  • uz Uzbek
  • en English

© 2025 Pivot

Are you sure want to unlock this post?
Unlock left : 0
Are you sure want to cancel subscription?