Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
  • Login
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
Pivot

Nyu-York AI kompaniyalaridan ko‘proq javobgarlik talab qilmoqda

by Pivot
Oktabr 5, 2026
in Yangiliklar
Reading Time: 3 mins read
A A
Nyu-York AI kompaniyalaridan ko‘proq javobgarlik talab qilmoqda
Share on FacebookShare on TwitterShare on Telegram

5-oktabr kuni Nyu-York shahar kengashi sun’iy intellekt xavfsizligiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. Unda shahar kengashining barcha 51 a’zosi ishtirok etdi. OpenAI, Anthropic, Google va Meta vakillari AI texnologiyalarining xavflari hamda kompaniyalarning xavfsizlik choralariga oid savollarga javob berdi.

Yig‘ilish kompaniyalarning AI bo‘yicha jamoatchilik oldidagi qasamyod ostidagi ilk yirik chiqishlaridan biri bo‘ldi. Kompaniyalar avval kengash taklifini rad etgan, keyinchalik esa subpoena — majburiy chaqiruv bilan tahdid qilingach, ishtirok etishga rozi bo‘lgan. Meta esa boshidanoq o‘z vakilini yuborishga rozilik bergan.

Yig‘ilishda kompaniyalarning CEOlari emas, yuqori lavozimli vakillari qatnashdi. Anthropic nomidan Frontier Red Team rahbari Logan Graham, OpenAI nomidan policy development and operations rahbari Morgan Dwyer, Google nomidan AI va emerging technology policy direktori Alice Friend hamda Meta nomidan AI policy direktori Shane Cahill chiqish qildi.

Kengashning asosiy e’tibori AI modellarining o‘zidan ko‘ra, ular sabab yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan zarar va bunday holatlarda kompaniyalarning javobgarligiga qaratildi.

Kengash muhokama qilayotgan takliflardan biri AI tizimlarini bozorga chiqarishdan oldin mustaqil uchinchi tomon tomonidan tekshirishni talab qiladi. Taklifga ko‘ra, AI modeli Nyu-York shahrida sotilishi yoki qo‘llanishidan oldin uning xavfsizligi, ma’lumotlar maxfiyligi, tarafkashlik va boshqa jihatlari tekshirilishi kerak. Bundan tashqari, tizimda inson operatori orqali uni o‘chirish imkoniyati — “kill switch” bo‘lishi talab qilinadi. Talablarni buzgan kompaniyalar uchun 25 ming dollargacha jarima ko‘zda tutilgan.

Yana bir taklif AI kompaniyalaridan zarar ko‘rgan shaxslarga sud orqali kompensatsiya talab qilish imkonini berishni nazarda tutadi. Bunda zarar oldindan taxmin qilinishi mumkin bo‘lgan va kompaniya yetarli himoya choralarini ko‘rmagan bo‘lishi kerak.

Kengash AI xavfsizligi bilan bog‘liq hodisalarni ham nazorat qilishni rejalashtirmoqda. Masalan, shahar bilan ishlaydigan kompaniyalar AI sabab yuzaga kelgan xavfsizlik hodisalari haqida 24 soat ichida xabar berishi, bunday holatlar esa jamoatchilikka ochiqlanishi mumkin. AI tizimlari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlar uchun alohida javob rejasi yaratish ham taklif qilingan.

Yig‘ilishning yana bir yo‘nalishi — AI kompaniyalaridagi whistleblowerlar, ya’ni kompaniya ichidagi xavfli yoki qonunga zid amaliyotlar haqida xabar beradigan xodimlarni himoya qilish. Takliflardan biriga ko‘ra, AI bilan bog‘liq qonunbuzarliklar haqida xabar bergan shaxslar undirilgan jarima yoki mablag‘ning bir qismini olishi mumkin.

Bu tashabbuslar hali amaldagi qonun emas. 5-oktabrdagi yig‘ilishda ular muhokama qilinmoqda va yakuniy shakli keyinchalik o‘zgarishi mumkin. Nyu-York shahar kengashining rasmiy hujjatlarida ushbu takliflarning aksariyati hali “preconsidered” bosqichida ko‘rsatilgan.

Nyu-Yorkdagi jarayon AQShda AI kompaniyalari faoliyatini nazorat qilish bo‘yicha munozara kuchayib borayotganini ko‘rsatadi. Hozircha kompaniyalar asosan o‘z xavfsizlik tizimlariga tayanadi. Kengash esa ayrim talablarni qonunchilik orqali majburiy qilishni taklif qilmoqda.

Agar bu tashabbuslar qabul qilinsa, Nyu-York AI kompaniyalaridan faqat model yaratishni emas, balki uni mustaqil tekshirtirish, favqulodda holatda o‘chirish, xavfsizlik hodisalarini oshkor qilish va foydalanuvchilarga yetkazilgan zarar uchun javob berish kabi talablarni ham bajarishni so‘raydi.

Shu sababli 5-oktabrdagi majlisni faqat navbatdagi AI muhokamasi sifatida emas, AI kompaniyalari ustidan nazorat qanday shakllanishi mumkinligini ko‘rsatadigan qonunchilik jarayonining bir qismi sifatida ko‘rish mumkin.

Previous Post

Meta’ning Muse AI-agenti AQSh App Store’da 1-o‘ringa chiqdi

Next Post

Dunyoda ishlayotgan sanoat robotlari soni 5 milliondan oshdi

Pivot

Related Posts

Turkiya 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarni cheklaydi

Turkiya 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarni cheklaydi

Oktabr 12, 2026
Anthropic $42 mlrd zarar ko‘rganiga qaramay $2 trlnga baholanishi mumkin

Anthropic $42 mlrd zarar ko‘rganiga qaramay $2 trlnga baholanishi mumkin

Oktabr 12, 2026
AI aktyorlarni almashtiryaptimi? Endi ularning raqamli qiyofasi ham litsenziyalanmoqda

AI aktyorlarni almashtiryaptimi? Endi ularning raqamli qiyofasi ham litsenziyalanmoqda

Oktabr 12, 2026
Yandex’dagi uzilishlar O‘zbekiston bozoriga qanday ta’sir qiladi?

Kapital bozorini tartibga soluvchi yangi qonun loyihasi ikkinchi o‘qishga tayyorlanmoqda

Kapital bozorini tartibga soluvchi yangi qonun loyihasi ikkinchi o‘qishga tayyorlanmoqda

Please login to join discussion

false

  • Latest
  • Trending
  • Comments
Turkiya 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarni cheklaydi

Turkiya 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarni cheklaydi

Oktabr 12, 2026
Anthropic $42 mlrd zarar ko‘rganiga qaramay $2 trlnga baholanishi mumkin

Anthropic $42 mlrd zarar ko‘rganiga qaramay $2 trlnga baholanishi mumkin

Oktabr 12, 2026
AI aktyorlarni almashtiryaptimi? Endi ularning raqamli qiyofasi ham litsenziyalanmoqda

AI aktyorlarni almashtiryaptimi? Endi ularning raqamli qiyofasi ham litsenziyalanmoqda

Oktabr 12, 2026
Yandex’dagi uzilishlar O‘zbekiston bozoriga qanday ta’sir qiladi?

Yandex’dagi uzilishlar O‘zbekiston bozoriga qanday ta’sir qiladi?

Oktabr 12, 2026

Maktabni tashlab, $6,2 million yig‘gan yigit: Nozomio hikoyasi

Oktabr 2, 2025
Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Yanvar 6, 2026
Andijonlik asoschi bilan ochiq suhbat: Higgsfield AI ortidagi Alex Mashrabov

Andijonlik asoschi bilan ochiq suhbat: Higgsfield AI ortidagi Alex Mashrabov

Noyabr 16, 2025
San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

Yanvar 4, 2025
Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

2025 yilda NATOning 1 milliard evrolik innovatsion jamg’armasi qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan VK turlari NATOning 24 ittifoqdoshi tomonidan qo’llab-quvvatlangan jamg’arma hozirgacha oltita VC fondiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.

We are the Intelligence Platform for Founders & Investors in Emerging Markets — combining news, data, and community to unlock opportunities across GCC, Central Asia, and frontier ecosystems.

Follow us

Categories

  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar

Pages

  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English

Recent Post

  • Turkiya 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarni cheklaydi
  • Anthropic $42 mlrd zarar ko‘rganiga qaramay $2 trlnga baholanishi mumkin
  • AI aktyorlarni almashtiryaptimi? Endi ularning raqamli qiyofasi ham litsenziyalanmoqda
  • Privacy policy

© 2025 Pivot

Welcome Back!

Sign In with Google
Sign In with Linked In
OR

Login to your account below

Forgotten Password?

Retrieve your password

Please enter your username or email address to reset your password.

Log In
No Result
View All Result
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
  • Login
  • Cart
  • uz Uzbek
  • en English

© 2025 Pivot

Are you sure want to unlock this post?
Unlock left : 0
Are you sure want to cancel subscription?