Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
  • Login
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
Pivot

O‘zbekiston va Serbiya $1 million dollarlik qo‘shma venchur fond tashkil etadi

by Pivot
Oktabr 31, 2025
in Yangiliklar
Reading Time: 3 mins read
A A
O‘zbekiston va Serbiya $1 million dollarlik qo‘shma venchur fond tashkil etadi
Share on FacebookShare on TwitterShare on Telegram

Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich IT Park Uzbekistan faoliyati bilan tanishish maqsadida rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga keldi. U yerda Prezident IT Park’ning asosiy yo‘nalishlari, yutuqlari va O‘zbekistonning raqamli transformatsiyasiga qo‘shayotgan hissasi haqida batafsil ma’lumot oldi. Tashrif davomida Serbiya delegatsiyasiga mamlakatda amalga oshirilayotgan raqamli islohotlar, IT Park’ning strategik tashabbuslari hamda istiqboldagi rejalar taqdim etildi. Mehmonlar sun’iy intellekt, raqamli texnologiyalar va innovatsion mahsulotlar yo‘nalishida ishlayotgan IT Park rezidentlarining loyihalari bilan yaqindan tanishdilar.

Delegatsiya e’tiborini UniconSoft, Didox (Venkon) va Kpi.com kabi kompaniyalarning ilg‘or texnologik yechimlari tortdi. Ularning mahsulotlari raqamlashtirish, biznes jarayonlarni avtomatlashtirish va ma’lumotlarni boshqarish sohalariga yo‘naltirilgan bo‘lib, xalqaro bozorlarga eksport qilish imkoniyatiga ega.

Shuningdek, UzSpace Agency tomonidan taqdim etilgan masofadan turib kuzatuv va fazoviy ma’lumotlarni qayta ishlash texnologiyalari Serbiya delegatsiyasining katta qiziqishiga sabab bo‘ldi.

UZINFOCOM kompaniyasi ham o‘zining Palm ID, Uzinfocom ekotizimi, HRM.argos.uz, uGaz va DMed kabi loyihalarini namoyish etdi. Ushbu yechimlar davlat boshqaruvi, sog‘liqni saqlash tizimi va fuqarolarga ko‘rsatiladigan xizmatlarni raqamlashtirishga qaratilgan bo‘lib, serbiyalik mutaxassislar tomonidan yuqori baholandi.

Prezident Aleksandr Vuchich IT Park’da yaratilgan zamonaviy infratuzilma va qulay muhitni e’tirof etib, bunday markazlar yoshlarni xalqaro loyihalarga jalb qilish hamda innovatsion g‘oyalarni ro‘yobga chiqarishda muhim rol o‘ynashini ta’kidladi.

Hamkorlikning yangi bosqichi — qo‘shma IT korxona va venchur fond

Tashrif doirasida IT Park Uzbekistan va UZINFOCOM vakillari Serbiya delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazib, raqamli texnologiyalar sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar. Tomonlar Serbiyada qo‘shma IT korxona tashkil etish hamda Palm ID tizimini joriy etish bo‘yicha kelishuvga erishdilar. Shuningdek, 1 million dollarlik qo‘shma venchur fond tashkil etish rejalashtirilgan. Ushbu fond O‘zbekiston startaplarini Yevropa bozoriga, Serbiya startaplarini esa Markaziy Osiyo bozoriga olib chiqishga ko‘maklashadi.

O‘zbekiston tomoni server infratuzilmasiga investitsiya kiritish va Serbiyada tizimni texnik qo‘llab-quvvatlash uchun muhandislarni ishga jalb etishga tayyorligini bildirdi. Serbiya esa o‘z ichki bozorida ushbu texnologiyalarni joriy etish va keyinchalik Yevropa Ittifoqi bozoriga kengaytirishga tayyor ekanini tasdiqladi.

Kelgusidagi hamkorlik istiqbollari

Mazkur hamkorlik O‘zbekiston va Serbiya o‘rtasidagi texnologik aloqalarni yangi bosqichga olib chiqadi. Yaqin istiqbolda tomonlar quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirishni rejalashtirmoqda:

  • IT-autsorsing va KPO xizmatlarini rivojlantirish;
  • qo‘shma ta’lim va akseleratsiya dasturlarini yo‘lga qo‘yish;
  • xalqaro venchur fondlar va akseleratorlar bilan hamkorlikni kuchaytirish;
  • texnologik startaplarni xalqaro bozorlarga olib chiqish.

Bu tashabbuslar O‘zbekiston va Serbiya IT kompaniyalarining raqobatbardoshligini oshirish, innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning global texnologiya bozorida faol ishtirok etishiga xizmat qiladi.

Manba

Previous Post

Alisher Hasanov — 1000 dan ortiq startap asoschilari mentori va biznes maslahatchisi

Next Post

UzVC va SQB Ventures — Robosell startapiga 275 ming dollar investitsiya kiritdi!

Pivot

Related Posts

Qirg‘iziston Prezidenti IT-kompaniyalar va startaplar uchun 5 yillik soliq imtiyozlarini taqdim etdi

Qirg‘iziston Prezidenti IT-kompaniyalar va startaplar uchun 5 yillik soliq imtiyozlarini taqdim etdi

Iyun 15, 2026
Ilon Mask Forbesda milliarderlar ro‘yxatidan o‘chirildi

Ilon Mask Forbesda milliarderlar ro‘yxatidan o‘chirildi

Iyun 13, 2026
Apple AI poygasiga qaytdi: WWDC 2026 da yangi Siri taqdim etildi

Apple AI poygasiga qaytdi: WWDC 2026 da yangi Siri taqdim etildi

Iyun 12, 2026
Tojikiston IT Hub Dushanbe qurilishini boshladi

Tojikiston IT Hub Dushanbe qurilishini boshladi

Iyun 10, 2026
Next Post
UzVC va SQB Ventures — Robosell startapiga 275 ming dollar investitsiya kiritdi!

UzVC va SQB Ventures — Robosell startapiga 275 ming dollar investitsiya kiritdi!

Raqobatchilar startap uchun tahdid emas

Raqobatchilar startap uchun tahdid emas

Please login to join discussion

false

  • Latest
  • Trending
  • Comments
Qirg‘iziston Prezidenti IT-kompaniyalar va startaplar uchun 5 yillik soliq imtiyozlarini taqdim etdi

Qirg‘iziston Prezidenti IT-kompaniyalar va startaplar uchun 5 yillik soliq imtiyozlarini taqdim etdi

Iyun 15, 2026
Brokerlikdagi muammodan AI startapgacha: TheCarGo hikoyasi

Brokerlikdagi muammodan AI startapgacha: TheCarGo hikoyasi

Iyun 13, 2026
Ilon Mask Forbesda milliarderlar ro‘yxatidan o‘chirildi

Ilon Mask Forbesda milliarderlar ro‘yxatidan o‘chirildi

Iyun 13, 2026
The real capital in the AI age is not technology, but the Founder

Sun’iy intellekt davrida eng katta qiymat — bu asoschi

Iyun 12, 2026

Maktabni tashlab, $6,2 million yig‘gan yigit: Nozomio hikoyasi

Oktabr 2, 2025
Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Yanvar 6, 2026
San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

Yanvar 4, 2025
Alipos startup received a $200,000 investment offer on the “Taqdimot” TV show

AliPos startapi Taqdimot ko’rsatuvida investorlardan $200,000 lik taklif oldi

Noyabr 25, 2025
Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

2025 yilda NATOning 1 milliard evrolik innovatsion jamg’armasi qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan VK turlari NATOning 24 ittifoqdoshi tomonidan qo’llab-quvvatlangan jamg’arma hozirgacha oltita VC fondiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.

We are the Intelligence Platform for Founders & Investors in Emerging Markets — combining news, data, and community to unlock opportunities across GCC, Central Asia, and frontier ecosystems.

Follow us

Categories

  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar

Pages

  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English

Recent Post

  • Qirg‘iziston Prezidenti IT-kompaniyalar va startaplar uchun 5 yillik soliq imtiyozlarini taqdim etdi
  • Brokerlikdagi muammodan AI startapgacha: TheCarGo hikoyasi
  • Ilon Mask Forbesda milliarderlar ro‘yxatidan o‘chirildi
  • Privacy policy

© 2025 Pivot

Welcome Back!

Sign In with Google
Sign In with Linked In
OR

Login to your account below

Forgotten Password?

Retrieve your password

Please enter your username or email address to reset your password.

Log In
No Result
View All Result
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
  • Login
  • Cart
  • uz Uzbek
  • en English

© 2025 Pivot

Are you sure want to unlock this post?
Unlock left : 0
Are you sure want to cancel subscription?