Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
  • Login
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
Pivot

Alisher Hasanov — 1000 dan ortiq startap asoschilari mentori va biznes maslahatchisi

by Pivot
Oktabr 30, 2025
in Intervyu
Reading Time: 4 mins read
A A
Alisher Hasanov — 1000 dan ortiq startap asoschilari mentori va biznes maslahatchisi
Share on FacebookShare on TwitterShare on Telegram

Har bir inson hayotida burilish nuqtalari bo‘ladi. Kimdadir bu birinchi ish, kimdadir muvaffaqiyat, kimdadir esa mag‘lubiyat. Alisher Hasanov uchun esa bu — o‘z startapi muvaffaqiyatsizlikka uchragan kun bo‘lgan. O‘sha paytda u tushkunlikka tushgan, lekin aynan shu tajriba unga eng muhim saboqlarni berdi: xatolar — bu yangi bosqichga chiqish imkoniyati.

Bugun u o‘sha saboqlarni yuzlab yosh asoschilarga yetkazmoqda. Hasanov — A9R akseleratori asoschisi, yuzlab muvaffaqiyatli startaplarga maslahat bergan tajribali ekspert va Markaziy Osiyoning eng faol startap mentorlaridan biri.

20 yildan ortiq tajriba

Alisher Hasanov IT sohasidagi faoliyatini 2000-yillarda boshlagan. U dastlab Rambler, Rutube va Moleskinerie.ru jamoalarida ishlagan.
Keyinchalik Yandex kompaniyasini Turkiya bozoriga olib kirgan — o‘sha davrda bu Yandex uchun eng muhim strategik yo‘nalishlardan biri edi. Shundan so‘ng u o‘z startapini yaratdi, ammo loyiha muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Hasanov bu davrni shunday eslaydi:

“O‘sha bankrotlik mening hayotimdagi eng katta burilish nuqtasi bo‘ldi. Shundan so‘ng men Rossiyadagi eng yirik akseleratorlardan biri — ФРИИ (IIDF.ru) ga taklif qilindim. U yerda men 1000 dan ortiq asoschilar bilan ishladim.”

Rossiya bozoridan so‘ng u o‘z faoliyatini Qozog‘istonda davom ettirdi — Astana Hub va Silkway Accelerator dasturlarida mentorlik qildi.
Qozog‘istonda u Codiplay, Kwaka va EasyTap kabi uchta startapni $100 million qiymatga olib chiqdi.

Portfoliodagi muvaffaqiyatli startaplar

Yillar davomida Alisher Hasanov AQSH, Rossiya, Turkiya, Avstraliya, BAA va Qozog‘iston bozorlarida faoliyat yuritayotgan ko‘plab startaplarga maslahat bergan. U ishlagan kompaniyalar orasida LegionFarm, DocsInBox, BestDoctor, YallaMart, EasyTap LTD, Embily va boshqalar bor.

Ba’zilarining natijalari quyidagicha:

  • LegionFarm — oyiga $1 million MRR ko‘rsatkichiga chiqdi, hozir AQSH bozorida faoliyat yuritmoqda.
  • DocsInBox — $400 dan $5 milliongacha o‘sishga erishdi.
  • EasyTap LTD — 217% MRR o‘sishiga erishdi.

Bu natijalarning orqasida bitta narsa yotadi — tajriba va to‘g‘ri yondashuv.

A9R — boshqa akseleratorlardan mutlaqo farqli

Bugun Hasanov o‘z tajribasini A9R orqali ulashmoqda. U buni shunchaki akselerator emas, balki asoschilar uchun real muammolarni hal qiluvchi tizim deb ataydi.

“Biz boshqa akseleratorlar kabi oldindan tayyorlangan rejalar yoki uzoq muddatli (1–5 yillik) strategiyalar asosida emas, balki kompaniyaning hozirgi, aniq va real muammolarini hal qilish ustida ishlaymiz. Aynan shu yondashuv bizga tez va barqaror o‘sishga erishish imkonini beradi,” — deydi Alisher Hasanov.

A9R’da asoschilar bir-biri bilan raqobatlashmaydi — bir-biridan o‘rganadi. Hozircha bir nechta Osiyo davlatlaridan asoschilar ishtirok etgan, endi esa A9R o‘z e’tiborini O‘zbekiston asoschilariga qaratmoqda.

A9R akselerator, birinchi batch

O‘zbekiston startap ekotizimi hali yosh

Alisher Hasanov intervyu davomida O‘zbekistonning startap bozoriga ham to‘xtalib o‘tdi. Unga ko‘ra, ishlar boshlangan, lekin hali qilinadigan ishlar ko‘p:

“Global miqyosda qaraganda, bizning ekotizimimiz hali yosh. Venchur fondlar, inkubatsiyalar va akseleratorlar birgalikda hamkorlikda ishlashlari kerak, bir-biriga raqobatchi bo‘lish emas. Bu davlat va jamiyat uchun zararli.”

Yosh asoschilarga maslahat

U yosh asoschilarga bir narsani eslatadi:

“Xato qilishdan qo‘rqmang, lekin avvalgi xatolarni takrorlamang. Har bir muvaffaqiyatsiz urinish — keyingi muvaffaqiyat uchun tayyorgarlikdir,” — deya ta’kidlaydi Alisher Hasanov.

O’zbek founderlarining xatolari haqida

“Eng katta xatolardan biri — ego, ya’ni kibrning balandligi. Maslahatni tinglamaslik va xatolarda davom etish — bu ahmoqlik,” — deydi Alisher Hasanov.

O’zgarishga va o’sishga tayyor bo’lgan asoschilarni A9R 2-batchda kutamiz!

Quyidagi havola orqali ro’yxatdan o’ting

Previous Post

TechCrunch Disrupt 2025’da Startup Battlefield g‘olibi: Glīd

Next Post

O‘zbekiston va Serbiya $1 million dollarlik qo‘shma venchur fond tashkil etadi

Pivot

Related Posts

Startap qurish uchun kapital emas, muhit kerak — Founders Hub asoschisi bilan suhbat

Startap qurish uchun kapital emas, muhit kerak — Founders Hub asoschisi bilan suhbat

Aprel 22, 2026
ISFT O‘zbekistonda asoschilar avlodini qanday tarbiyalamoqda?

ISFT O‘zbekistonda asoschilar avlodini qanday tarbiyalamoqda?

Fevral 18, 2026
O‘zbekiston o‘z milliardlarini qayerga «ko‘myapti»?

O‘zbekiston o‘z milliardlarini qayerga «ko‘myapti»?

Fevral 4, 2026
O‘zbekistonlik dasturchi qizning global arenadagi yutuqlari 

O‘zbekistonlik dasturchi qizning global arenadagi yutuqlari 

Yanvar 11, 2026
Next Post
O‘zbekiston va Serbiya $1 million dollarlik qo‘shma venchur fond tashkil etadi

O‘zbekiston va Serbiya $1 million dollarlik qo‘shma venchur fond tashkil etadi

UzVC va SQB Ventures — Robosell startapiga 275 ming dollar investitsiya kiritdi!

UzVC va SQB Ventures — Robosell startapiga 275 ming dollar investitsiya kiritdi!

Please login to join discussion
  • Trending
  • Comments
  • Latest

Maktabni tashlab, $6,2 million yig‘gan yigit: Nozomio hikoyasi

Oktabr 2, 2025
Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Yanvar 6, 2026
San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

Yanvar 4, 2025
Alipos startup received a $200,000 investment offer on the “Taqdimot” TV show

AliPos startapi Taqdimot ko’rsatuvida investorlardan $200,000 lik taklif oldi

Noyabr 25, 2025
Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

2025 yilda NATOning 1 milliard evrolik innovatsion jamg’armasi qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan VK turlari NATOning 24 ittifoqdoshi tomonidan qo’llab-quvvatlangan jamg’arma hozirgacha oltita VC fondiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.

Yevropada Yandex’ning sho‘ba korxonasi Yango taksi xizmati foydalanuvchilari ma’lumotlarini Rossiyaga berganlikda gumonlanib, 100 million yevro miqdorida jarimaga tortildi

Yevropada Yandex’ning sho‘ba korxonasi Yango taksi xizmati foydalanuvchilari ma’lumotlarini Rossiyaga berganlikda gumonlanib, 100 million yevro miqdorida jarimaga tortildi

May 11, 2026
AI hammani ishsiz qoldiradi(mi?)

AI hammani ishsiz qoldiradi(mi?)

May 8, 2026
INMerge Innovation Summit o’zining Roadshow seriyasini INMerge Tashkent bilan davom ettirdi

INMerge Innovation Summit o’zining Roadshow seriyasini INMerge Tashkent bilan davom ettirdi

May 6, 2026
O’zbek IT kompaniyalari nima uchun xorijga chiqolmaydi?

O’zbek IT kompaniyalari nima uchun xorijga chiqolmaydi?

May 5, 2026

Pivot

We are the Intelligence Platform for Founders & Investors in Emerging Markets — combining news, data, and community to unlock opportunities across GCC, Central Asia, and frontier ecosystems.

Follow us

Categories

  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar

Pages

  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English

Recent Post

  • Yevropada Yandex’ning sho‘ba korxonasi Yango taksi xizmati foydalanuvchilari ma’lumotlarini Rossiyaga berganlikda gumonlanib, 100 million yevro miqdorida jarimaga tortildi
  • AI hammani ishsiz qoldiradi(mi?)
  • INMerge Innovation Summit o’zining Roadshow seriyasini INMerge Tashkent bilan davom ettirdi
  • Privacy policy

© 2025 Pivot

Welcome Back!

Sign In with Google
Sign In with Linked In
OR

Login to your account below

Forgotten Password?

Retrieve your password

Please enter your username or email address to reset your password.

Log In
No Result
View All Result
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
  • Login
  • Cart
  • uz Uzbek
  • en English

© 2025 Pivot

Are you sure want to unlock this post?
Unlock left : 0
Are you sure want to cancel subscription?