Tarixga qarasak, eng katta o‘zgarishlar faqat texnologiyadan kelib chiqmaydi. Ular odamlarning dunyoni qanday ko‘rishi va tushunishi o‘zgarishi bilan yuz beradi. Buni paradigma o‘zgarishi deymiz. Qizig‘i shundaki, bu jarayon boshlanganida ko‘pchilik sezmaydi. Faqat u ro‘y berib bo‘lgandan keyingina buni anglaydi.
Paradigma qanday ishlaydi?
Paradigma – bu jamiyatning yashash va ishlash tizimi, go‘yo operatsion sistemasi kabi. Biz ko‘pincha uni so‘roq qilmasdan ichida yashaymiz. 1990-yillarda hech kim dasturiy ta’minotni CD disklarda sotib olishni g‘alati deb o‘ylamagan. 2000-yillarda esa ofisga qatnab ishlash tabiiy hol edi. Lekin keyin — “snap” — yangi model paydo bo‘ladi.
Orqaga qaraganda o‘zgarish aniq va oddiy ko‘rinadi: nega kimdir $500 turadigan CD-ROM sotib olishi kerak, agar shunchaki obuna bo’lish imkoni bo‘lsa? Nega odamlar ikki soat yo‘l yurib ofisga borsin, agar ishni noutbukdan qilish mumkin bo‘lsa?
O‘sha davrda bunday g‘oyalar jamiyat ko‘ziga noodatiy ko‘rinardi. Yangilikni birinchi bo‘lib sinaganlar ko‘pincha ajablanish va hatto shubha bilan qarshi olinardi. Ammo vaqt o‘tishi bilan ularga havas uyg‘onar, oxir-oqibat esa ularning izidan borish odatiy holga aylanardi.
Nega rivojlanayotgan bozorlar yanada muhim?
Silicon Valley’da paradigma o‘zgarishi — bu yangi unicorn (milliard dollarlik) kompaniya qurish imkoniyati. Rivojlanayotgan bozorlarda esa bu boshqacha — sakrab o‘tish imkoniyati.
Internet Hindistonda stasionar telefon bosqichini chetlab o‘tishga yordam berdi. Mobil to‘lovlar Keniyada bank infratuzilmasini o‘rnini bosdi. Yashil energiya esa O‘zbekistonga o‘nlab yillik ko‘mir davrini chetlab o‘tish imkoniyatini bermoqda. G‘arbda paradigma o‘zgarishi milliarderlarga yo‘l ochadi. Rivojlanayotgan bozorlarda esa butun millatning kelajagini o‘zgartiradi.
Bugungi siljishlar
Hozir Markaziy Osiyo va Yaqin Sharq kabi hududlarda bir nechta paradigma bir paytning o‘zida yuz bermoqda:
- Sun’iy intellekt (AI) endi faqat ingliz tili va global platformalarga tayanib qolmayapti, balki mahalliy tillar, madaniyat va ma’lumotlarning ham qiymatini ochib beryapti.
- Yashil energiya endi shunchaki ESG shiori emas — bu yashab qolish masalasi.
- Islomiy fintech — bir milliarddan ortiq an’anaviy bank xizmatidan chetda qolgan odamlarga yechim bermoqda.
- Masofaviy ish iste’dodlarning chet elga chiqib ketishiga ehtiyojni kamaytirmoqda.
Bu jarayonlarning har biri eski tizimdagi darzdir. Birgalikda qaralsa, ular oddiy darz emas — yangi tizimning asosiy chizmasi.
Xatolik shundaki, ko‘pchilik bu o‘zgarishlarni ixtiyoriy deb o‘ylaydi. Aslida ular majburiy. Dunyo yangi operatsion tizimga o‘tayotganda, siz unga moslashishingiz kerak. Aks holda eski tizimda qolib ketasiz.
G‘olib bo‘luvchi tadbirkorlar eng aqlli yoki eng boylari emas. Ular — o‘zgarishni erta ko‘rib, unga ishonib, qolgan dunyo ularga yetib kelguncha qurishni davom ettirgan odamlardir.
Paradigmadan yo‘l xaritasiga
Har bir paradigma o‘zgarishi — dunyo ustida yozilgan bir insho. Ba’zilar uni kech o‘qiydi. Ba’zilar esa uni o‘zlari yozadi. Dunyo sizga yangi paradigma olib kelishini kutmang. Uni o‘zingiz yarating.
Pivot.uz
















