5-iyun kuni Sankt-Peterburg Xalqaro Iqtisodiy Forumida (SPIEF) Prezident Shavkat Mirziyoyev bir taklif bilan chiqdi: O’zbekiston va Rossiya o’rtasida umumiy Raqamli ekotizim tuzish. Bu ekotizim raqamli savdo qoidalarini bir-biriga yaqinlashtirish, brendlarni umumiy platformalarda rivojlantirish, ish bilan bandlik dadrajasini ohirish va birgalikda AI mahsulotlari ishlab chiqarishni o’z ichiga oladi.
O’zbek tovarlarining Rossiya raqamli savdo platformalari va onlayn xizmatlari orqali sotilishi so’nggi bir necha yil ichida 3,5 baravarga oshib, $1,5 mlrdni ko’rsatmoqda.
Taklif nimalarni o’z ichiga oladi
Mirziyoyev taklif qilgan umumiy Digital Ecosystem to’rtta aniq yo’nalishdan iborat:
- Qoidalarni qayta yaratish — raqamli savdo va shahar raqamli xizmatlari bo’yicha qoidalarni chegaralararo tizizmga o’tkazish, ikki bozorda faoliyat yuritadigan biznes uchun to’siqlarni olib tashlash.
- Brendlarni rivojlantirish — o’zbek va rus kompaniyalariga bir-birining yirik raqamli platformalarida tizimli yoki imtiyozli kirish imkoniyati berish.
- Yagona raqamli bandlik platformasi —kadrlar yollash, tasdiqlash va mehnat unumdorligini oshiradigan umumiy ma’lumotlar tizimi.
- AI mahsulotlari yaratish — logistika, fintech va davlat xizmatlarida ishlatilishi mumkin bo’lgan AI ilovalarini hamkorlikda ishlab chiqish.
Bu O’zbekiston tech sektori uchun nima anglatadi
O’zbekistonning startup ekotizimi jadal rivojlanmoqda. Global Startup Ecosystem Index 2026 ma’lumotlariga ko’ra, mamlakat bir yil ichida 227% ekotizim o’sishini qayd etdi — barcha o’rganilgan mamlakatlar ichida eng katta bir yillik natija. StartupBlink uni «2026-yilning Startup Mamlakati» deb e’lon qildi. Toshkent dunyoning eng yaxshi startup shaharlari ro’yxatida 121 pog’ona ko’tarilib, 229-o’ringa chiqdi.
Lekin ekotizim reytingi daromad olib kelmaydi. Har qanday rivojlanayotgan tech bozori uchun eng katta savol —startaplar o’z mahsulotlarini qayerda sotadi?
Rossiya, barcha geosiyosiy murakkabliklariga qaramasdan, mintaqadagi eng yirik raqamli iste’mol bozorlaridan biri bo’lib qolmoqda. Wildberries, Ozon va boshqa rus platformalari o’zbek tadbirkorlar va dasturiy ta’minot kompaniyalari allaqachon foydalana boshlagan katta auditoriyaga ega — va o’sha $1,5 mlrdlik e-commerce raqami buning natijasidir. Rasmiy Digital Ecosystem esa bu o’sishni yanada qo’llab-quvvatlaydi.
O’zbek startaplari — ayniqsa fintech, logistika tech va e-commerce uchun — bu har qadamda noaniq qoidalar bilan kurashmasdan, 140 millionlik bozorga kirish imkonini demakdir.
Shu haftaning o’zida O’zbekiston forum markazida yangi «Yevroosiyo Texnologik Industrializatsiya Kamari» bo’yicha kelishuvlar imzoladi. IT Park Uzbekistan Gonkong bosh ijrochisi Jon Li Ka-chiuni qabul qilib, Osiyoning yetakchi moliyaviy markazlaridan biri bilan alohida tech va investitsiya yo’lagini ochdi. Aprel oyida esa IT Park Uzbekistan va Qozog’istonning Astana Hub birgalikda Janubi-Sharqiy Osiyo B2B bozorlarini nishon olgan Malayziyadagi tech markazni ishga tushirdi.
O’zbekiston raqamli hamkorlikni diversifikatsiya qilmoqda — Rossiya, Gonkong, Janubi-Sharqiy Osiyo, Xitoy Har bir hamkorlik alohida bozor segmentini va alohida strategik ehtiyojni anglatadi.
Prezidentning SPIEF’dagi taklifidainson kapitallini markazga qo’ygan. U raqamlashtirish ortidan «inson har qanday katta o’zgarishning doim markazida qolishini» alohida ta’kidladi. Infratuzilma va investitsiya ko’rsatkichlari ustun bo’lgan forumda bu urg’u e’tiborga loyiq.
O’zbekiston endi faqat ekotizim yaratish bilan cheklanmaydi — u bu ekotizimni katta tashqi bozorlarga ulashga harakat qilmoqda. SPIEF taklifi buning eng aniq ifodasidir: real savdo impulsi bilan qo’llab-quvvatlangan, Rossiyaning ulkan bozori bilan tizimli raqamli integratsiya.















