Uzum bu ro’yxatga birinchi marta kiritildi. Kompaniya Neobanking toifasida tan olindi — bu toifaga bank xizmatlarini asosan onlayn taqdim etuvchi moliyaviy kompaniyalar kiradi.
Hozirda Uzum Bank kartalaridan O’zbekistonda 6 milliondan ortiq foydalanuvchi foydalanadi.
Kompaniya bank, marketplace va boshqa xizmatlarini bitta ekotizimga birlashtirib rivojlantirmoqda.
CNBC va Statista reytingi har yili dunyo bo’yicha yetakchi fintex kompaniyalarni aniqlaydi va moliya sohasidagi raqamli o’zgarishlarni kuzatib boradi.













